Bunyodkor PFK: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20: Qator 20:
'''Bunyodkor PFK''' (Bunyodkor Professional futbol klubi; sobiq '''Quruvchi PFK''') - [[Toshkent]] shahri jamoasi. [[O'zbekiston Oliy Ligasi]] vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egalladi. [[2008]]-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi.<ref>[http://pfc-kuruvchi.com/uzb/news_details.asp?newsID=704 "Quruvchi" bundan buyon endi "Bunyodkor" deb yuritiladi]</ref>
'''Bunyodkor PFK''' (Bunyodkor Professional futbol klubi; sobiq '''Quruvchi PFK''') - [[Toshkent]] shahri jamoasi. [[O'zbekiston Oliy Ligasi]] vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egalladi. [[2008]]-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi.<ref>[http://pfc-kuruvchi.com/uzb/news_details.asp?newsID=704 "Quruvchi" bundan buyon endi "Bunyodkor" deb yuritiladi]</ref>


2008-yil iyulida [[Samuel Eto'o]], [[Andrés Iniesta]], [[Carles Puyol]] va [[Cesc Fàbregas]] [[FC Barcelona|Barcelona]]-Bunyodkor hamkorligi<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=682 "Barselona" bilan shartnoma imzolandi]</ref> dasturi doirasida Toshkentga [[master-klass]] koʻrsatish uchun kelib ketishdi.Ispanlarning master-klassi ham muvaffaqiyatli oʻtdi]</ref> Oz vaqt oʻtib, 22-avgust kuni jamoaga [[Luiz Carlos Nascimento Júnior|Luizão]] qabul qilingani xabar qilindi.<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=745 Luizao - №%5]</ref> 25-avgust kuni esa yana bir transfer - braziliyalik [[Rivaldo]]ning "Bunyodkor" klubiga taklif etilgani eʼlon qilindi.
2008-yil iyulida [[Samuel Eto'o]], [[Andrés Iniesta]], [[Carles Puyol]] va [[Cesc Fàbregas]] [[FC Barcelona|Barcelona]]-Bunyodkor hamkorligi<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=682 "Barselona" bilan shartnoma imzolandi]</ref> dasturi doirasida Toshkentga [[master-klass]] koʻrsatish uchun kelib ketishdi. Oz vaqt oʻtib, 22-avgust kuni jamoaga [[Luiz Carlos Nascimento Júnior|Luizão]] qabul qilingani xabar qilindi.<ref>[http://www.bunyodkor.uz/uzb/news_details.asp?newsID=745 Luizao - №%5]</ref> 25-avgust kuni esa yana bir transfer - braziliyalik [[Rivaldo]]ning "Bunyodkor" klubiga taklif etilgani eʼlon qilindi.
Klub tarixi
Klub tarixi



19-Yanvar 2012, 11:14 dagi koʻrinishi

{{{nomi}}}
Bunyodkor logo.jpg
Toʻliq nomi Bunyodkor Professional Futbol Klubi
Laqabi Qaldirgʻochlar
Asos solingan 6-iyul, 2005
Stadion MHSK stadioni
Stadion hajmi 15000
Rahbari  UZB Isoq Akbarov
Murabbiyi  UZB Mirjalol Qosimov
Musobaqasi
2007–08
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Bunyodkor PFK (Bunyodkor Professional futbol klubi; sobiq Quruvchi PFK) - Toshkent shahri jamoasi. O'zbekiston Oliy Ligasi vakili. Bunyodkor PFK 2008-yili Oliy Ligada birinchi oʻrinni egalladi. 2008-yilning 4-avgustidan klub nomi oʻzgartirildi.[1]

2008-yil iyulida Samuel Eto'o, Andrés Iniesta, Carles Puyol va Cesc Fàbregas Barcelona-Bunyodkor hamkorligi[2] dasturi doirasida Toshkentga master-klass koʻrsatish uchun kelib ketishdi. Oz vaqt oʻtib, 22-avgust kuni jamoaga Luizão qabul qilingani xabar qilindi.[3] 25-avgust kuni esa yana bir transfer - braziliyalik Rivaldoning "Bunyodkor" klubiga taklif etilgani eʼlon qilindi. Klub tarixi

«BUNYoDKOR» FUTBOL KLUBI TARIXI


Asosiy ma'lumot:

Nomi: «Bunyodkor» futbol klubi

Tashkil etilgan sana: 6 iyul 2005 yil

Klub ranglari: Oq, ko'k, qizil


Yutuqlari:

2008 yil O'zbekiston chempioni

2007 yil chempionati kumush sovrindori

2008 yil O'zbekiston Kubogi sohibi

2007 yil O'zbekiston Kubogi finalchisi

2008 yil OFK ChL yarim finalchisi

2007 yil O'zbekiston birinchi ligasi g'olibi

2006 yil O'zbekiston ikkinchi ligasi g'olibi

Server Jeparov – 2008 yil O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi

Server Jeparov – 2008 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi


Murabbiylar:

Mavzur Umarxo'jaev 2005 yil

Hikmat Ergashev 2006 – 2007 yillar

Mirjalol Qosimov 2008 yil

ZIKO, Artur Antunesh Koimbra 2008 yil

Amet Memet 2009 yil

Luiz Felippe Skolari 2009 yil apreldan shu kungacha


Tarixi:

«Bunyodkor» futbol klubi havaskorlik jamoasidan O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qit'a chempionlar ligasi yarim finalchisigacha bo'lgan yo'lni to'rt yil ichida toqat bilan bosib o'tdi.

2005 yilda Toshkent viloyati chempionatida (2-liga) ishtirok etayotib, jamoa O'zbekiston birinchi ligasiga chiqish uchun kurashish huquqini beruvchi yo'llanmani qo'lga kiritdi. “Quruvchi” bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddaladi va 2006 yilda milliy birinchilikning birinchi divizionida o'ynay boshladi. "Quruvchi" Hikmat Ergashev rahbarligi ostida 38 ta uchrashuv (27 g'alaba, 5 ta durang va 6 ta mag'lubiyat) o'tkazib, dastlabki urinishda liga turnirida g'olib chiqdi va 2007 yil oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

2007 yil mavsumi "Quruvchi" uchun oliy ligada debyut davri bo'ldi. Toshkent klubi mamlakat miqyosidagi bir nechta rekordlarni bir yo'la yangiladi (masalan, eng ko'p urilgan va eng kam o'tkazib yuborilgan to'plar soni, favoritlar bilan o'yinlarda olingan ochkolar soni bo'yicha). Bundan tashqari, "Quruvchi" hujumchisi Ilhom Mo'minjonov chempionatning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

2007 yil mavsumida "Quruvchi" oliy ligada 30 ta uchrashuv o'tkazdi (22 ta g'alaba, 5 ta durang va 3 ta mag'lubiyat, urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 62 - 16) va 71 ta ochko to'plab, O'zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta kumush medallarni qo'lga kiritdi. "Quruvchi" mamlakat Kubogida ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqdi. Finalda "Quruvchi" mamlakat chempioni "Paxtakor" ga qarshi maydonga tushdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqti durang natija - 0:0 bilan tugadi. Penaltilar seriyasida "Quruvchi" futbolchilariga omad kulib boqmadi (6-7).

- O'ta qisqa vaqt ichida bizning jamoa shu qadar o'sdiki, nafaqat O'zbekiston, balki Osiyoda ham yuqori o'rinlarga da'vogarlik qila boshladi, - deya bu o'zgarishlarni izohladi klub vitse-prezidenti Tavakkal Ismoilov. – Sport natijalari bilan bir qatorda zamonaviy professional futbol klubiga mos keladigan klub infratuzilmasi ham yaratildi. Xususan, bizning muassasislarimiz va homiylarimiz soni keskin ravishda o'sdi. Ularning asosiy qismi O'zbekiston iqtisodiyotining yaratuvchanlik jabhasida faoliyat yuritadi. Shuni hisobga olgan holda, biz klub nomini "Bunyodkor" deb o'zgartirishga qaror qildik.

2008 yil "Bunyodkor" FK tarixidagi eng omadli yil bo'ldi. Mavsum boshlanishi oldidan jamoa tarkibi sezilarli darajada mustahkamlandi, mamlakatimizning eng yosh murabbiylaridan biri Mirjalol Qosimov klubga bosh murabbiy bo'ldi. Yoz oxirida «Bunyodkor» FK jahon chempioni Rivaldo, braziliyalik himoyachi Luizao va chililik hujumchi Villyanueva bilan shartnoma imzoladi. Mamlakat terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan Qosimov o'rniga taniqli mutaxassis – ZIKO taklif etildi. U Mirjalol Qosimov boshlagan ishni oxiriga etkazdi. Braziliyalik murabbiy rahbarligida jamoa mamlakat chempioni va O'zbekiston Kubogi sohibi nomini qozondi.

2009 yil boshida «Sport Park Toshkent» sport-kompleksining keng miqyosli qurilishi boshlandi. Qiymati 150 million dollar bo'lgan bu noyob loyiha 35 ming tomoshabinga mo'ljallangan ikki qavatli arena va usti yopiq tribunalarni o'z ichiga olgan futbol stadionidan iborat. Loyiha o'z futbol akademiyasiga mo'ljallangan ettita, shu jumladan, ikkita sun'iy maysa bilan qoplangan mashg'ulot maydoni, mehmonxona, qayta tiklanish va restoran majmuini o'z ichiga oladi.


[4]

Tarkibi

Amplua Futbolchi
1  UZB DR Ignatiy Nesterov
3  TKM HM Goçguly Goçgulyýew
4  UZB HM Hayrulla Karimov
6  UZB HM Anvar Ghofurov
7  UZB YH Aziz Haydarov
9  UZB HM Shavkat Salomov
12  UZB DR Murod Zukhurov
14  UZB HM Shavkat Raimqulov
15  UZB HJ Miraziz Jalalov
18  UZB YH Timur Kapadze
19  UZB YH Jasur Hasanov
20  UZB HJ Anvarjon Soliev
22  UZB YH Victor Karpenko
23  UZB HM Sahob Juraev
24  UZB HM Anzur Ismailov
25  UZB DR Pavel Bugalo
28  UZB YH Ruslan Melziddinov
30  UZB YH Server Djeparov
32  UZB DR Mukhiddin Khudoyrov
35  UZB YH Sandjar Turaqulov
33  UZB HM Abdughahhor Hojiakbarov


Manbalar

Ishoratlar