Chexiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k r2.7.1) (Bot Oʻchirdi: ps:د چېک جمهوریت
k r2.6.7) (Bot Oʻchirdi: ps:د چېک جمهوريت
Qator 428: Qator 428:
[[pnb:چیک]]
[[pnb:چیک]]
[[pnt:Τσεχία]]
[[pnt:Τσεχία]]
[[ps:د چېک جمهوریت]]
[[ps:د چېک جمهوريت]]
[[pt:República Checa]]
[[pt:República Checa]]
[[qu:Chiksuyu]]
[[qu:Chiksuyu]]

27-Noyabr 2011, 18:09 dagi koʻrinishi

Chex Respublikasi
Česká republika
ShiorPravda vítězí!
(Haqiqat g’alaba qozonadi!)
Madhiya: Kde domov můj?
(Mening vatanim qayer?)
Location of Chexiya
Poytaxt Praga
Eng katta shahar Praga
Rasmiy til(lar) Chex tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Milosh Zeman
Petr Nečas
Mustaqillik (Chexoslovakiya bo`linishida)
• Sana
1-yanvar 1993
Maydon
• Butun
78,866 km2 (116-oʻrin)
• Suv (%)
2.0
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
10,532,770 (78-oʻrin)
• Zichlik 133/km2
YIM (XQT) 2009-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ 190,264 mil. (42-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$ 18 135
Pul birligi Chex Koruna (CZK)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma EZ
Telefon prefiksi 420
Internet domeni .cz

Chexiya (chex.:Česko/Česká republika, talaffuzi:Chesko/Cheska republika) markaziy Yevropadagi davlat. Poytaxti Praga shahri. Chexiya g’arbdan Germaniya (810 km.), shimoldan Polsha (762 km.), sharqdan Slovakiya (252 km.) va janubdan Avstriya (466 km.) davlatlari bilan chegaraga ega. Chexiya 3 ta yirik tarixiy viloyatlarga bo’linadi – Chex, Morava va Slezska. Chexiya 10 milliondan ortiq (2008) aholiga ega.

KIRISH

Barchamizga ma’lumki, Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan, rivojlanib kelayotgan yosh mamlakatlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu davlatning bu kunga qadar bosib o’tgan yo’llari va bugungi kundagi istiqbollari haqida gap boradi. Bunda Chexiyaning qanday mustaqil davlatga aylangani, sobiq Chexoslovakiya tarkibida bo’lganda qanday amaliy kasb etganligi ko’zda tutilgan. Ushbu maqolada bundan tashqari, Chexiyaning xalqaro munosabatlar sub’yekti sifatida namoyon bo’lishi, boshqa davlatlar, xususan O’zbekiston bilan diplomatik aloqalari to’g’risida so’z yuritilgan. Maqolaning maqsadi shundan iboratki, u Markaziy Yevropa mintaqasiga kiruvchi kichik davlat-Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi yo’nalishlarini tahlil qiladi. Postsovet hamjamiyati davlatlari, jumladan Chexiya bilan bevosita bog’liq XX asr oxirlaridagi o’zgarishlardan keyin bu davlatlarning Yevropa va transatlantika strukturalariga integratsiyalashuv jarayoni boshlandi. Xullas, Chexiya Respublikasining bugungi kunga qadar bosib o’tgan barcha rivojlanish yo’nalishlari yoritib berilgan. Shu o’rinda men Chexiya Respublikasining 1- Prezidentining quyidagi so’zlarini keltirib o’tmoqchiman: “Har bir ko’chada ikkitadan non do’koni, bir juft shirinliklar do’koni, ikkita pivo bari va ko’plab magazinlar bo’lishi lozim, asosiysi ularning hammasi xususiy bo’lishi kerak.”


Muallifdan: Aliqulov Mirzohid

TARIXI

Chexiya Respublikasi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, chex yerlari dastlab IX asr oxirida, bu yerlar birlashgan vaqtdan beri ma’lum. O’sha davrlarda Chexiya qirolligi sezilarli darajada kuchga ega edi, lekin diniy konfliktlar ( XV asrdagi gusit urushlari va XVII asrdagi o’ttiz yillik urush kabilar) qirollikni barbod qildi. Keyinchalik u Gabsburglar ta’siriga tushadi va Avstriya-Vengriyaning bir qismiga aylanadi.

Chexiyaning davlat sifatida shakllanishi 9-asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. 1526-1918 yillarda Chexiya Avstriya monarxiyasi. I – Jahon Urushidan keyin bu davlatning barbod bo’lishi natijasida Chexiya, Slovakiya va Karpat rusi birlashdilar va mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tuzdilar. Bu voqea Antanta davlatlarining aktiv qo’llab – quvvatlashi bilan 1918-yil noyabrda yuz berdi. Chexiya Respublikasining 1 – Prezidenti etib Tomash Garrig Masarik saylandi. Bu davlatda yetarli darajada nemis millatiga mansub kishilar istiqomat qilishgan va bu narsa Chexoslovakiyaning qaytadan shakllanishiga sabab bo’ldi. O’shanda Germaniya 1938-yil Myunxen bitimiga binoan Sudet viloyatini anneksiya qilishga erishdi va bu Slovakiyaning ajralishiga olib keldi. Chexiya hududi esa Germaniya tomonidan 1939-yil okkupatsiya zonasiga aylantirildi( Bogemiya va Moraviya protektoratlari). II – Jahon Urushidan Chexoslovakiya Sovet ittifoqi ta’siriga tushadi. 1968-yilda Aleksandr Dubchek boshchiligidagi mamlakat liderlarining partiya boshqaruvini liberallashtirishga va “ Praga bahori ” inqilobi paytida “insoniy shaxs sotsializmini” qurishga urinishlari Varshava Shartnomasiga binoan armiya hujumlari bilan tugadi. 1989-yili Chexoslovakiya “ Baxmal “ revolyutsiyasi oqibatida rivojlanishning sotsializm yo’nalishidan voz kechdi. 1993-yil 1- yanvarda mamlakat tinch yo’l bilan 2 qismga bo’lindi va Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalari tashkil topdi.

1918-1992 (ikkinchi jahon urushi davridan tashqari) yillarda esa Chexoslovakiya davlati tarkibida bo’lgan. 1969 yil 1-yanvarda rasman suveren davlat sifatida Chexoslovakiya sotsialistik respublikasi tarkibida  federativ Chexiya sotsialistik respublikasi (1990 yildan boshlab Chexiya respublikasi) tashkil topgan. 1993-yil 1-yanvardan boshlab Chexiya mustaqil davlat deb e’lon qilindi; shuningdek shu kundan boshlab Chexiya respublikasi konstitutsiyasi kuchga kirdi.

Chexiya suveren, demokratik va parlamentli respublikadir. Davlat boshlig’i prezident. Ikki palatali qonun chiqaruvchi davlat organiga ega. Chexiya NATO va Yevropa Ittifoqi a’zosi.

Ma'muriy bo'linishi

Chexiya 13 ta (kraj) viloyatga bo'linadi:

Ma'muriy bo'linishi


Ahol. = Aholisi; Ahol.zich. = Aholi zichligi;
YaIM = Yalpi Ichki Maxsulot (million CZK); YaIM  / kishi = YaIM / kishi boshiga (CZK da)
Viloyatlar Markazi Ahol. Maydoni (km²) Ahol.zich. (/km²) YaIM YaIM /kishi
A Praga (poytaxt) 1,170,571 496 2,360 637,704 547,096
S Markaziy Bohemiya Praga 1,144,071 11,015 104 288,888 253,912
C Janubiy Bohemiya České Budějovice 625,712 10,057 62 150,970 251,106
P Plzeň Plzeň 549,618 7,561 73 137,911 216,639
K Karlovy Vary Karlovy Vary 304,588 3,315 92 65,789 216,639
U Ústí nad Labem Ústí nad Labem 822,133 5,335 154 188,041 229,146
L Liberec Liberec 427,563 3,163 135 94,451 229,146
H Hradec Králové Hradec Králové 547,296 4,758 115 133,767 244,549
E Pardubice Pardubice 505,285 4,519 112 116,639 230,880
M Olomouc Olomouc 635,126 5,159 123 134,376 211,467
T Moraviya-Sileziya Ostrava 1,257,554 5,535 227 280,210 222,638
B Janubiy Moraviya Brno 1,123,201 7,067 159 285,855 254,684
Z Zlín Zlín 590,706 3,964 149 131,789 222,885
J Vysočina Jihlava 517,153 6,926 75 121,318 234,530
CZ Chexiya Praga 10,220,577 78,868 130 2,767,717 271,161

GEOGRAFIYASI

Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-g’arb va g’arbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan, va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti bo’lmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir. Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qo’shilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta o’lka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil ko’rinishga ega. G’arbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka tog’i joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qo’ynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini o’z ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar. Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va g’arbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng ko’p diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi o’rinlarda slovaklar, Vetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya o’rtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq. Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi. U yerda 1,118 ming aholi yashaydi. 2008-2009-yilgi iqtisodiy inqiroz munosabati bilan Chexiya xorijlik ishchilari sonini kamaytirishga yo’naltirilgan chora- tadbirlar ko’rmoqda. Shunisi ma’lumki, Chexiya fuqarolarining 59 % Xudoga ishonmaydi, ya’ni ular ateistdir. Eng ko’p dinga sig’inuvchilar katolik oqimini(26,8 %) va protestantlik oqimini (2,5 %) tashkil qiladi. Pravoslavlik oqimiga sig’inuvchilar esa 3 %.

O’ZIGA XOS USTUN TOMONLARI

Chexiya Respublikasi – industrial mamlakat hisoblanadi. Mamlakatdagi asosiy yetakchi tarmoqlar – yonilg’i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyoviy, yengil va oziq – ovqat sanoati hisoblanadi. Postkommunistik davlatlar orasida Chexiya eng barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiy tizimga ega davlatdir. Aholi fon boshiga Yalpi Ichki Mahsulot tayyorlash bo’yicha Sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida 1 – o’rinda turadi. 1995-yilda Chexiya sobiq kommunistik davlatlar orasida birinchi bo’lib “ Iqtisodiy hamkorlik va Rivojlanish tashkilotiga ” a’zo bo’ldi. Chexiya pul birligi krona hisoblanadi. U 1995 – yilda muomalaga kiritilgan. 2004-yil 1- mayda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar qatoridan joy oladi va unga a’zo bo’lgan kundan boshlab uning iqtisodiy o’sish su’rati ancha ko’tarildi. Bugungi kunda Chexiya YIMi 211,698 mlrd.ni tashkil qiladi. Qora metallurgiya va harbiy sanoat avtomobil va elektrotexnika sanoati hisobidan o’z ahamiyatini yo’qotdi. Tashqi savdo saldosi bo’yicha mamlakat aholi jon boshiga dunyoda Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiyadan keyingi o’rindi turadi. Chexiya Respublikasi Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida birinchilardan bo’lib keng ko’lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan, iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha o’z mintaqasida etakchi o’rin egallab turgan davlatdir. Chexiyaning [["Eriell Korporeshn", "Marts TsZ", "Tomas Praga", "ChKD Nove Energo", "Ayveks-ChR", "Yason Trevel", "Yantsen"]] kabi kompaniyalari hozirgi kunda jahonning eng samarali va kuchli kompaniyalaridandir. Chexiyaning "Cheshka Sporitelna", "Investichni a postovni bank", "Komerchni bank", "Chek eksport bank" kabi banklari butun dunyoda mashhur va deyarli barcha davlatlaridagi banklar bilan o’zaro aloqa o’rnatgan, xususan O’zbekiston Respublikasi banklari bilan ham.

CHEXIYA RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI

Konstitutsiyaga muvofiq Chexiya parlamentar Respublika hisoblanadi. Davlat boshlig’i ( Prezident ) bilvosita parlament tomonidan 5 yilga saylanadi. U ichki va tashqi siyosat yo’nalishlarini aniqlaydigan bosh vazirni tayinlaydi. Chexiya parlamenti 2 palatali: deputatlar palatasi va senatdan iborat. Chexiya Respublikasi xalqaro munosabatlarda Markaziy Yevropada demokratik va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy , barqaror davlat pozitsiyasidan maydonga chiqadi. U nafaqat o’zining uzoq muddatli manfaatlarini himoya qiladi, balki Yevropa va butun jahon hamjamiyati rivoji uchun javobgarlik hissini o’ziga oladi. Chexiya Respublikasi sobiq Chexoslovakiya xalqaro ahvollarining barcha ijobiy tomonlariga tayanadi. Bunda unga federatsiyaning tinchlik yo’li bilan bo’linishi yordam berdi. Chexiya Respublikasi o’zining tashqi siyosatini olib boradigan xalqaro hamjamiyat xalqaro tashkilotlarga integratsiyaning turli darajasi bilan davlatlar birlashuvini, suveren davlatlar o’zaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Sovuq urush tugaganidan va ikki qutblik dunyoning barbod bo’lishidan so’ng xavfsizlik bilan bog’liq holatlar, jahon iqtisodiyotining globalizatsiya va liberalizatsiya jarayonlari, davlatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligining yuksalishi, fan va texnika rivojlanishi natijasida xalqaro tashkilotlar va integratsion birlashmalar doirasida ko’p tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish ahamiyati sezilarli darajada o’sdi. Asrlar davomida Markaziy Yevropa mamlakatlari global jahon siyosati sub’yekti emas, balki ob’yekti bo’lishgan. Bunga sabab bu mintaqa mamlakatlari qulay geografik mintaqada joylashgan. Ikkala Jahon urushlari ham ushbu mintaqada boshlandi, chunki unda jahonning eng yirik davlatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning liniyasi aks etadi. Chexoslovakiya Federativ Respublikasi qulaganidan so’ng (1993-yil 1- yanvar) Chexiya va Slovakiya jahon siyosiy xaritasidan yangi davlatlar qatoridan o’rin oldi. Asosiy geografik xarakteristikasini hisobga oladigan bo’lsak, ikkala davlat ham Kichik Yevropa davlatlari kategoriyasiga mansub. Kichik davlatda kuch ishlatish pozitsiyasi nuqtai nazaridan katta salohiyati bo’lmaydi, shuning uchun u ko’proq asoslangan va o’ylangan tashqi siyosiy va geopolitik strategiya qo’llashi lozim. Chexiya Respublikasining zamonaviy tashqi siyosati bir necha faktorlar ta’siri ostida shakllandi. Ulardan eng muhimi Yevroatlantika integratsiyasi hisoblanadi. Bu o’rinda 3 ta katta bosqichni aytib o’tish lozim: Birinchi bosqich ( 1993 – 1997 – yillar ). Xalqaro munosabatlarning sub’yekti sifatida yangi Chexiya mamlakatinig paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu davrda boshqaruvchi siyosiy elitalarning ideologik qarashlari asosan tashqi siyosat kurslariga ta’sir ko’rsatdi. Ikkinchi bosqich ( 1997 – 2003 – yillar ). Bunga Yevroatlantika integratsiyasi bo’yicha rivojlanishning jadallashuvi xosdir. Chexiya Respublikasi tashqi siyosat kursiga ta’sir ancha susaydi. Chexiya xalqaro aloqalarining bayon etilgan ko’p tomonlama ekanligiga qaramasdan, Yevroatlantik strategiyasi bugun ham ustun kelmoqda. Uchinchi zamonaviy bosqich ( 2003 – yildan buyon ). Chexiya tashqi siyosatini konsepsiyalashni, uzoq muddatli istiqbollar va qisqa muddatli rejalar qatori qurishni ko’zda tutadi. Tashqi siyosatni olib borishda asosiy o’rinni bosh vazir va tashqi ishlar vaziri egallaydi. Rasman oxirgi qaror Prezidentga tegishli bo’lsada, boshqaruv shakli nuqta’I nazaridan to’g’ri kelmaydigan davlat boshlig’ining qarashlari ko’pincha inobatga olinmaydi. Aynan shuning uchun ikkala Chexiya Respublikasi Prezidentlari Vatslav Gavel (1993-2003) va Vatslav Klaus (2003-yildan buyon) kamdan – kam muhim tashqi siyosiy masalalar bo’yicha umumiylikka murojaat qilishgan. Bundan tashqari Chexiya tashqi siyosatida yana bir o’ziga xos tomon bor : U nihoyat darajada jonlantirib ko’rsatiladi. Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining dasturiy bayonotiga muvofiq tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari belgilab olingan: • Yevropa Ittifoqi doirasida integratsiyani rivojlantirish; • NATO, YI va BMT strukturalarida faol qatnashish; • Mintaqaviy hamkorlikning rivojlanishi uchun chegaradosh mamlakatlar bilan yaqin qo’shnichilik munosabatlarini qo’llab – quvvatlash; • Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama va ko’p tomonlamalik asosida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish. Bu kabi ustuvor yo’nalishlarga muvofiq tashqi siyosatning bir necha geostrategik yo’nalishlari ham belgilangan: • Yevropa siyosati; • Xavfsizlik sohasidagi siyosat; • Mintaqaviy hamkorlik; • Transatlanti mamlakatlaridan tashqaridagi mamlakatlar bilan munosabatlaridagi siyosat; • Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik. Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada o’zini o’nglab olishi uchun unga YI, AQSH va Rossiya bilan mustahkam aloqalar zarur. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining muhim aspektlari bo’lib iqtisodiy diplomatiya va xorijda mamlakatni shunday ataladigan namoyishi ataladi. 2003 – yilgi konsepsiyaga muvofiq ikki tomonlama va ko’p tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyanig parametrlari biroz cheklanadi. Biroq mamlakatni namoyish etishning istiqbolli metodi sifatida nohukumat darajada xalqaro hamkorlik ajralib turadi. 2005 – yilgi konsepsiya Chexiya Respublikasini xorijda yanada to’liqroq namoyish etish masalalarini ochib beradi. Bunda chet el investitsiyalarini jalb etishni oshirish 1-navbatda turizm sektorini ko’zda tutadi. Chexiya Respublikasi tashqi siyosatining yangi bosqichida bir necha ichki ziddiyatlarni qayd etish mumkin. “Markaziy Yevropada” tashqi siyosiy “Vertikal qurishga ” urinish hozircha ancha muvaffaqiyatsiz. AQSH tomonidan Chexiya va Polsha hududida raketa hujumidan mudofaa tizimi qurilishi to’g’risida xabarlar tarqalgan ilk paytlardayoq ushbu tashabbus qizg’in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Rossiya ushbu harakat ortida mintaqa xavfsizligi uchun katta bir xatarni ko‘rdi. Rasmiy Vashington esa bu bor-yo‘g‘i raketa hujumi ehtimolida qo‘llanadigan tizim ekanini bildirdi. Oxir-oqibat, ushbu tashabbus har ikki davlat - Polsha va Chexiya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Ayni paytda mudofaa borasida ko‘p tomonlama siyosat olib borishga urinayotgan Chexiya rahbariyati oldida ana shu muhim masalada qat'iy to‘xtamga kelish, milliy mustaqillik va xavfsizlik o‘rtasidagi oltin o‘rtaliqni topish vazifasi ko‘ndalang turibdi.

XALQARO TASHKILOTLARGA A’ZOLIGI

Chexiya Respublikasi siyosiy, gumanitar iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan barcha muhim regional tashkilotlar a'zosi hisoblanadi. 90 - yillar boshlarida Varshava Shartnomasi va O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi qulaganidan so'ng Markaziy Yevropa mamlakatlari o'z mintaqasi doirasida Yevropa Ittifoqiga keyingi integratsiyalar maqsadida ichki integratsiyalarni o'tash zarurligini yaxshi angladilar. Aniq siyosiy xarakterga ega "Vishegrad gruppasi" ga 1991 - yil 15 - fevralda Polsha, Vengriya va sobiq Chexoslovakiya Respublikasi tomonidan tashkil qilindi. Bu umumiy manfaatlar sohasidagi hamkorlik bo'yicha mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Asosiy maqsad Markaziy Yevropaning erkin savdo hududini yaratish. Bundan tashqari bu tashkilot madaniyat, san'at, ta'lim va texnik sohalarni ham qamrab oladi. 1992-yilda Erkin savdo to'g'risidagi Markaziy Yevropa shartnomasi ( CEFTA ) tuzildi. Maqsad - shu mamlakatlar o'rtasida o'zaro iqrisodiy munosabatlarni liberalizatsiyalashdan iborat. Bugungi kunda asoschi davlatlardan tashqari (Vishegrad guruhi) Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya kiradi. Bu shartnoma ochiq hisoblanadi unga a'zo bo'lish uchun belgilangan shartlarni bajargan har qanday xohlagan davlatga imkon beradi. Markaziy va umumyevropa integratsiya yo'nalishidagi bu davlatlar faolligiga qaramasdan ulardan har biri o'zining milliy manfaati yo'lida mustahkam turadi. Ba'zida ular o'rtasida qandaydir raqobatni sezish mumkinki, ularning G'arbiy Yevropa strukturasiga integratsiya jarayoning 1-davrlarida aks etdi. Yevropa Ittifoqiga a'zolik 1993-yilda Chexiya Respublikasi Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish istagini bildirgan. A'zolikka rasmiy arizasi 3 yildan keyin taqdim etildi. 2004 yil 1 - mayda Chexiya Respublikasi 9 ta nomzod mamlakatlar qatori Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishga muyassar bo'ldi va bu bilan a'zo mamlakatlar soni 15 tadan 25 taga ko'paydi. Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish bilan bir vaqtda Chexiya Respublikasi Shengen bitimini ham imzoladi va 2007-yil 21-dekabrdan Chexiyaning quruqlikdagi hamda 2008-yil mart oyi oxirlaridan xalqaro aeroportlarda ham chegara nazorati bekor qilindi. Chexiya Respublikasi uchun Yevropacha yo'nalish 1-darajada turadi. U o'z oldiga YI ga to'la huquqli a'zolikka erishish vazifasini qo'ygan. Mirek Topolanek hukumati Shengen zonasiga kirgandan so'ng, qisqa muddat ichida Chexiya Respublikasi ma'muriy amoliyotini muvofiqlashtirish majburiyatini olgan edi. Chexiya Respublikasining Yevropa siyosatini bugungi kunda 2006-2007-yillar Tashqi Ishlar Vaziri bo'lgan Vitsepreizdent - Aleksandr Vondra o'tamoqda. Chexiya Respublikasi 2009-yil boshidan 6 oy muddatga YI kengashi rais davlati bo'ldi. Chexiya Respublikasi, Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oldi. Chexiya Respublikasi davlat rahbari Vatslav Klus, 6 oy mudatlik Yevropa ittifoqi davr rahbarligini yuritadi. Chexiya Respublikasi, vazifani 7-Yanvar kuni rasmiy marosim bilan Fransiyadan davr oladi. Yevropa ittifoqi davr rahbarligini Fransiyadan davr oladigan Praga boshqaruvi, davr rahbarligi bo’yicha, “kurraviy moliyaviy inqiroz”, “energiya” va “tashqi aloqalar” mavzulari ustida to’xtalishi kutilmoqda. Chexiya Respublikasi raislik vazifalari hukumat dasturida to'liq va aniq ko'rsatilgan: • Tashqi siyosatning uzoq vaqtli tamoyillaridan kelib chiqish; • Chexiya Respublikasi pozitsiyasi YI ning boshqa a'zolari pozitsiyasi bilan taqqoslaganda ancha kuchli ko'rinadigan masalalarni muhokama qilish uchun olg'a surish; • YI va jahonda Chexiya Respublikasi obro'sini oshirish; • O'z mamlakatida umumiy fikrga tayanish; • Siyosiy faoliyatning shaffofligini qo'llab-quvvatlash. Yevropa İttifoqi Davr Raisi Chexiya Respublikasi Tashqi İshlar Vaziri, Karel Schwarzenberg, Turkiya Yevropa İttifoqi a’zoligini qo’llab- quvatlaganligini bildirdi. France 24 Kanalining savollariga javob bergan Schwarzenberg, Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozyning nazariyalariga qo’shilmaganliklarini bildirib, “Chexiya Respublikasi sifatida bizning rasmiy uslubimiz, Turkiyani Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lishi deb “ aytganligini yozmoqda. Chexiya Tashqi İshlar Vaziri, AQSH Prezidentining Turkiyani Yevropa İttifoqi a’zoligiga bergan himoyasi mavzusida esa, “ Yevropa İttifoqi bilan tegishli qarorlar Yevropa İttifoqi ichida olinadi. Ba’zan tashqaridan qilingan ijobiy talqinlar ham aksi jihatdan natija berishi mumkin” dedi. Chexiya Respublikasi raisligi uchun " Yevropa to'siqlarsiz " shiori tanlandi. Biroq Lissabon strategiyasini amalga oshirish aniq muammoga aylandi. Prezident Vatslav Klaus Lissabon shartnomasiga qarshi parlamentda uni rad etishni va konstitutsion sudga yo'naltirishni bildirdi. Aslida Yevropa umumiy konstitutsiyasi proekti 2005-yil fransiya va Niderlandiyadagi umumiy saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan so'ng 2008-yilda Irlandiyada shunday ahvol kuzatildi. 2009-yilfa esa Irlandiya bunga roziligini berdi. Keyingi yillarda chexiya ham o'z noroziligini bildirdi va nihoyat 2009-yilning noyabr oyi boshida Chexiya Respublikasi Prezidenti V. Klaus Lissabon Shartnomasini oxirgi bo'lib ratifikatsiya qildi va u 1-dekabrdan kuchga kirdi. Chexiyaning Yevropa valyutasiga o'tish masalasini ko’radigan bo’lsak, Chexiya prezidenti Vaslav Klaus 2007-yil 27-aprelda bu masala yuzasidan referendum o'tkazishga chaqirdi. Klausning fikricha, referendumda Chexiya aholisining ko'pchiligi milliy valyuta - kronadan voz kechishga xohish bildirgan taqdirda mamlakat yevro hududiga kirishi kerak. Chexiyada chiqadigan qator gazeta va jurnallar sahifalarida Klausning shu mavzudagi maqolasi chop etildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: "Har qanday milliy valyuta davlatning muhim ramzidir. Mazkur ramzdan voz kechish masalasini faqat mamlakat fuqarolari hal qiladi".

Xabarlarga ko'ra, Chexiya moliya vazirligi mamlakatning yevro hududiga o'tish muddatini 2012 yilga belgilamoqda. BMT ga a'zoligi Bizga ma'lumki, BMT I-Jahon Urushidan keyin tasdiqlangan Millatlar Ligasi faoliyatini davom ettirdi. 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskodagi Chexoslovakiya vakolatxonasi 49 davlat bilan birgalikda BMT ning Nizomini imzoladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti ( OECD )ga a'zoligi 1995-yil 21-dekabr, Chexiya Respublikasi rasman bu tashkilotga a'zo bo'ldi, biroq unga a'zo bo'lish harakati bir necha yil avval boshlangan edi.

NATO ga a'zoligi 1999-yil 12-mart Chexiya Respublikasi NATO xavfsizlik tizimiga a'zo bo'ldi. Unga a'zo bo'lishga qadar davlat birlashgan delegat maqomiga erishgan edi va tashkilotning "Tinchlik uchun sherikchilik" dasturiga qo'shildi. AQSH bilan bir necha harbiy-siyosiy o'zaro faoliyat chizig'iga ega munosabatlar asosiy o'rinni egallaydi: NATO doirasida sherikchilik Afg'oniston va Iroq missiyalarida ishtirok etish va terrorizmga qarshi kurash. NATO ga a'zo bo'lgach Chexiya Respublikasi Ittifoq bayrog'i ostida xorijiy harbiy va insonparvarlik missiyalariga qatnashib kelmoqda. Chexiya askarlari bugungi kunda NATO buyrug'i ostida Kosova va Afg'onistonda ish yuritmoqda. Chexiya harbiy missiyasi Afg'onistonfa 2002-yildan amalga oshirilmoqda. Ularning asosiy vazifalari radio-kimyoviy himoya bilan bog'liq. Iroqda ham 2003 - yil mart oyidan chex askarlari harbiy ob'yektlarni himoyalash funksiyasini o`tamoqda. Vashington bilan iki tomonlama munosabatlar oxirga paytda ikki muhim mavzuda namoyon bo’lmoqda: AQSH ning raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish va Chexiya fuqarolarinign AQSH ga chqishda viza tartibining bekor qilinishi bilan bog’liq. Viza muammosi yetarli darajada muvaffaqiyatga erishdi. Lekin Yevropaning ko’pgina siyosatshunos olimlari Chexiya Respublikasi tashabbusini umumyevropa birdamligini buzish deb qaramoqda. 2008 – yil noyabr oyidan boshlab Chexiya Respublikasi fuqarolarida AQSH ga chiqish uchun viza olishga hojat qolmadi. Vashington 2007 – yil yanvarda rasman mamlakatda raketa hujumidan mudofaa tizimini joylashtirish taklifi bilan Chexiya Respublikasi hukumatiga murojaat qilgan edi. Muzokaralar jarayonida shu narsa a’yon bo’ldiki Chexiya Respublikasi fuqarolarining katta qismi bu g’oyani qo’llamasligiga qaramasdan, Chexiya Respublikasi hukumati Vashingtonga yon berishga intilmoqda. Chexiya hududida AQSH harbiy bazasini bunyod etilishi mamlakatning milly suverenitetiga daxldor bo’lgan masaladir. Bu muhim savollarga esa odatda referendum yo’li bilan javob topilishi lozim. Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari bilan munosabatlar “muhim” deb qaraladi, lekin ular ustuvor deb e’tirof etilmaydi. Rossiya, Ukraina va boshqa MDH davlatlari bilan harbiy – strategik masalalarni Chexiya NATO va OSCE ( Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ) doirasida muhokama qiladi. Rossiya bilan munosabatlardagi eng muhim masalalar keyingi kelajakda “ Radar muammosi ” dagi qarama-qarshiliklar va Kavkazdagi mojarolarni hal qilish bo’lib turibdi. AQSh prezidenti Barak Obama Jorj Bush davrida ishlab chiqilgan reja - Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi o’rnatish qarorini o’zgartirib, Chexiya va Polshada bunday yirik qurilmalar o’rnatilmaydi demoqda. Amerika muqobil usullar ustida o’ylanmoqda. Obamaning aytishicha, AQSh va Yevropa birinchi navbatda qisqa va o’rta masofaga uchadigan raketadan himoyalanishi kerak. Eron aynan shu xildagi qurolni sinovdan o’tkazgan. Bush paytidan qolgan loyihaga qarshilik bildirib kelgan Rossiya Obamaning qaroridan mamnun. AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, Yevropa shimoli va janubida (Polsha va Chexiyada) sensor va raketani nishonga oluvchi qurilmalar joylash, shuningdek dengiz kuchlarini ishga solish muhokamada. O’z navbatida AQSh va Rossiya generallari Vashingtonning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish rejasini muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiya tizim unga qarshi qaratilgan degan fikrda. Amerika esa tizimdan maqsad Erondan Yevropaga chiqarilishi mumkin bo’lgan raketa hujumi ehtimolining oldini olishdan iborat, deydi. AQSh taklif qilayotgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Polsha va Chexiyada o’rnatiladi. Tizim sobiq Sovet Ittifoqi chegaralari yaqinida joylashadi. Rossiya strategik raketa kuchlari qo’mondoni general Nikolay Solovsov tizimni Rossiyaga tahdid deb biladi. Agar Polsha va Chexiya hukumatlari AQSh tizimining o’z hududida joylashtirilishiga ijozat bersa, Rossiya mazkur davlatlarni potensial nishon sifatida ko’radi, deydi general. AQSh Davlat kotibi Kondoliza Rays general Solovsovning mulohazalarini “noo’rin” deb atadi. “Menimcha, Eron yadro dasturi kasb etgan xavf barchaga ravshan. Shunga yarasha chora ko’rilishi tabiiy. Biz o’z xavfsizligimizni ta’minlamoqchimiz”, dedi Kondoliza Rays. Agar Eron Amerikaga qit’alararo raketa hujumini amalga oshiradigan bo’lsa, Polsha va Chexiya raketani urib tushirish uchun eng qulay joy hisoblanadi. AQSh raketa mudofaasi agentligi direktori general-leytenant Genri Oberingning so’zlariga qaraganda, mudofaa tizimi o’z ichiga Yevropada 10 ta, Alyaskada 40 ta va Kaliforniyada 4 ta raketa urib tushirish moslamalarini oladi. “Qurilish ishlari taxminan 3-4 yil oladi”, deydi AQSh generali. AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, Rossiya Qo’shma Shtatlarning bu rejalaridan ancha avval xabardor qilingan va Vashington bu masalada Moskva bilan muzokara qilishda davom etadi. Qo'shma Shtatlar Rossiyaning Polsha yaqinida qisqa masofali ballistik raketalar o'rnatish rejasiga norozilik bildirmoqda. Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiyaning bu harakati AQShning Polsha va Chexiyada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasiga javobdir. Dmitriy Medvedev Rossiya raketalarini Kaliningradda, Polsha va Litva chegarasiga yaqin joyda o'rnatmoqchi. Nishonni 300 kilometrgacha bo'lgan masofadan turib urib tushiradigan "Iskandar" deb nomlanuvchi bu raketalar AQSh mudofaa tizimiga qarama-qarshi qo'yilmoqda. Bundan tashqari, deydi Medvedev, AQShning Chexiya va Polshadagi tizimiga Rossiya elektron to'siq qo'yishga harakat qiladi. Davlat departamenti so'zlovchisi Shon Makkormakning aytishicha, AQSh tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas va Kreml buni tushunishi kerak. "Rossiya qaroridan norozimiz. Chunki Chexiya va Polshadagi mudofaa tizimi Eron kabi davlatlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan. Rossiya tizimdan xavotirlanmasa ham bo'ladi, chunki u Polshaga qo'yiladigan oz sonli raketalarni bemalol urib tushira oladi," deydi Makkormak. Pentagon rasmiylari Kremlni tinchlantirishga urinib, Rossiyaga o'z mudofaa tizimini nazorat qilishni taklif qilganini ta'kidlaydi.

O’ZBEKISTON BILAN DIPLOMATIK ALOQALARI

Chexiya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1993 – yil 1 – yanvarda o’rnatilgan. 2004 – yil oktabr oyida Chexiya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ochilishi bilan ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar yangi bosqichga ko’tarildi.

Chexiya Respublikasi Ozbekiston Respublikasining mustaqilligini 1992 – yil 24 – yanvarda tan oldi. 

Ikkala davlat o’rtasidagi siyosiy muloqot asoslari 1997-yil 14-16-yanvardagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog’idan boshlangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Chexiya Respublikasi Prezidenti Vatslav Klaus 2004 – yil 12 – 15 – sentabrda rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Chexiya Respublikasi Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida birinchilardan bo’lib keng ko’lamli siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan, iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha o’z mintaqasida etakchi o’rin egallab turgan davlatdir.

          O’zbekistonning ushbu mamlakat bilan munosabatlari do’stlik va hamkorlik, o’zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslanadi. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan birdek manfaatdor, hamkorlikni kengaytirish borasida muntazam muloqot yo’lga qo’yilgan. Xalqaro muammolarga nisbatan qarashlarimiz ham mushtarak.

Prezident Vatslav Klausning tashrifi - Chexiya davlat rahbarining O’zbekistonga ilk rasmiy tashrifi. 13 sentyabr' kuni Do’rmon qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo’ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Vatslav Klaus shohsupaga ko’tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o’tdilar. Yakkama-yakka suhbat chog’ida Prezidentlar o’zaro munosabatlarning bugungi ahvolini tahlil etib, istiqbollarini muhokama qildilar, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalar tarixidagi muhim voqea ekanligi qayd etildi. Oliy darajadagi O’zbekiston-Chexiya muloqoti o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarishi ta`kidlandi. Prezident Islom Karimov qayd etganidek, O’zbekiston uchun Chexiya bilan siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va boshqa sohalardagi aloqalar muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Chexiyani ishonchli sherik deb biladi va uning mintaqamizdagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun bu davlatni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Chexiya ham O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi o’zining ishonchli hamkori hisoblaydi. O’zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi. Chexiya O’zbekistonning mintaqada integratsiyani rivojlantirish, xavfsizlikni ta`minlash borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholaydi. Mamlakatlarimiz Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning faoliyatiga, terrorchilik va diniy ekstremizmga, noqonuniy muhojirlik va qurol-yarog’ savdosiga, uyushgan jinoyatchilik va narkobiznesga qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e`tibor beradi. Prezidentlarning muloqoti ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tartibdagi muzokarasida davom etdi. Muzokarada savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ijtimoiy sohadagi aloqalarni faollashtirishga oid masalalar asosiy o’rin egalladi. 2004 yilning 1 mayidan - Chexiya Evropa Ittifoqiga qo’shilganidan keyin 1993 yilda imzolangan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi hukumatlaro bitim o’z kuchini yo’qotdi. Shu munosabat bilan tomonlar iqtisodiyot, sanoat va ilmiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik bo’yicha yangi bitimni ishlab chiqdi va u 2004 yil 28 iyun' kuni imzolandi. Bu hujjatga muvofiq ikki mamlakat o’rtasida eng ko’p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Iqtisodiy munosabatlarimiz Prezident Islom Karimovning 1997 yilning yanvarida Chexiyaga rasmiy tashrifi chog’ida imzolangan sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi muassasalar va milliy banklarning hamkorligi to’g’risidagi qator muhim hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mamlakatimizda chexiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 30 korxona mavjud. Ular xalq iste`moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, dori-darmon ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat ko’rsatmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida Chexiyaning "Eriell Korporeshn", "Marts TsZ", "Tomas Praga", "ChKD Nove Energo", "Ayveks-ChR", "Yason Trevel", "Yantsen" kabi kompaniyalari ro’yxatdan o’tgan. O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Chexiyaning "Cheshka Sporitelna", "Investichni a postovni bank", "Komerchni bank", "Chek eksport bank" kabi banklari bilan aloqa o’rnatgan. "Asaka" banki "Obxodni bank" bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston va Chexiya savdo-sanoat palatalari o’rtasidagi hamkorlik ishbilarmonlar kengroq faoliyat ko’rsatishiga xizmat qilmoqda. Bulardan tashqari sayyohlik, sug’urta, farmatsevtika, neft-gaz, kimyo sanoati korxonalari yaqindan hamkorlik qilyapti. O’zbekistonga Chexiyaning tramvay va trolleybuslari keltirilmoqda. "V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" davlat aktsiyadorlik jamiyati bilan Chexiya mudofaa vazirligi o’rtasida harbiy-transport samolyotlarini etkazib berish borasida muzokara olib borilmoqda. Ayni paytda O’zbekiston-Chexiya hamkorligida 16 loyiha ishlab chiqilmoqda. Hamkorlik ko’lami keng. Lekin muzokaralarda mustahkam huquqiy asos mavjudligiga qaramay, o’zaro savdo hajmi tomonlarni qoniqtiradigan darajada emasligi ta`kidlandi. Bu boradagi ko’rsatkich o’tgan yili 39,4 million, joriy yilning yanvar'-iyun' oylarida esa 16 million AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston Chexiyaga asosan paxta tolasi, matolar, ayrim rangli metallarni sotadi, Chexiyadan esa uskunalar, rezina buyumlar va dori-darmon oladi. Ishbilarmonlar yanada faolroq ishlasa, hamkorlikni kuchaytirsa, bu ro’yxatni ancha kengaytirish mumkin bo’lur edi. Buning uchun imkoniyatlar mavjud. Binobarin, O’zbekistonda Chexiya mahsulotlariga, Chexiyada O’zbekiston mahsulotlariga talab va ehtiyoj bor. Ikki mamlakat iqtisodiyotida bir-biriga to’g’ri kelmaydigan tarmoqlar deyarli yo’q, aksincha, ko’pgina sohalarda ular bir-birini to’ldira oladi. Prezident Islom Karimovning ta`kidlashicha, O’zbekiston va Chexiya ishbilarmonlarini bir-biriga tanishtirishning hojati yo’q. Mamlakatimizda "Tatra", "Shkoda" kabi kompaniyalarni yaxshi tanishadi. Ikki tomonlama manfaatli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish uchun yanada kengroq qulaylik yaratish kerak. O’zbekiston bu yo’nalishda hamkorlikkka tayyor. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoatidagi hamkorlik istiqbolli. Lekin ishga solinmagan imkoniyatlar ham ko’p. Masalan, Chexiya O’zbekiston paxtasini uchinchi davlat orqali sotib oladi. Mevalar va poliz ekinlarini qayta ishlash borasidagi aloqalar ham talab darajasida emas. Ta`kidlash joizki, savdo-iqtisodiy munosabatlar xususida ikki tomon hamfikr. Prezident Vatslav Klaus Chexiya ishbilarmonlarining katta delegatsiyasi bilan kelganining boisi ham shunda. Ijtimoiy-madaniy hamkorlik doirasida O’zbekistonning yosh iste`dodlari 1994 yildan buyon Chexiyaning Liditsa shahrida o’tadigan an`anaviy Jahon bolalar ijodiyoti ko’rgazmasida qatnashib keladi. Chexiya hukumati o’zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar uchun har yili grantlar ajratmoqda. Fanlar akademiyalari, Qishloq va suv xo’jaligi, Xalq ta`limi, Sog’liqni saqlash vazirliklarining ilmiy muassasalari o’rtasida materialshunoslik, tibbiyot, mikroelektronika, yadro fizikasi, mashinasozlik, farmakologiya kabi sohalarda yaqin hamkorlik qaror topgan. Muloqot chog’ida bu yo’nalishlardagi hamkorlikni ham yanada kengaytirishga kelishib olindi. Muzokara yakunida Islom Karimov va Vatslav Klaus O’zbekiston va Chexiya Prezidentlarining qo’shma bayonotiga imzo chekdilar. O’zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan "Chexoslovenska obxodni banka A.S." o’rtasida kredit bitimi imzolandi. Jurnalistlar bilan uchrashuvda Islom Karimov va Vatslav Klaus muzokara natijalari haqida so’zlab, muloqot o’zaro ishonch ruhida o’tganini ta`kidladilar. Muhokama etilgan barcha masalalar bo’yicha fikrlar bir joydan chiqqani qayd etildi. Muzokaralar, imzolangan hujjatlar o’z samarasini berishiga, ya`ni o’zaro hamkorlik barcha sohalarda yangi pog’onaga ko’tarilishiga ishonch bildirildi. Chexiya Prezidenti Vatslav Klaus O’zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev hamrohligida "Interkontinental" mehmonxonasiga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon ikki mamlakat ishbilarmonlarining anjumanida nutq so’zlab, ularni hamkorlikni yanada kengaytirishga chaqirdi. Vatslav Klaus Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining talabalari, professor va o’qituvchilari bilan uchrashdi. Mehmon fan-ta`lim sohasidagi hamkorlik umumiy hamkorlikda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Chexiya Prezidentiga Milliy universitetning Faxriy doktori unvoni berildi. Oliy martabali mehmon Xotira va qadrlash maydonidagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo’ydi. Oliy martabali mehmon O’zbekiston tarixi davlat muzeyini ziyorat qildi. Uzoq o’tmishimizga, madaniy-ma`naviy merosimiz nihoyatda boy va qadimiy ekaniga alohida e`tibor qaratdi. Yaqin tariximiz - mustaqillikning qo’lga kiritilishi, istiqlol yillarida amalga oshirilgan o’zgarishlar bilan tanishar ekan, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarga yuksak baho berdi.










Ishoratlar


Ma'lumotlar


Bu maqola juda qisqa.

nothumb

Iltimos, maqolani kengaytiring.

Andoza:Link FA Andoza:Link FA