Samarqand viloyati: Versiyalar orasidagi farq
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: eu:Samarkanda probintzia |
Luckas-bot (munozara | hissa) k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: lt:Samarkando vilajetas |
||
Qator 79: | Qator 79: | ||
[[it:Regione di Samarcanda]] |
[[it:Regione di Samarcanda]] |
||
[[ja:サマルカンド州]] |
[[ja:サマルカンド州]] |
||
[[lt:Samarkando vilajetas]] |
|||
[[ms:Wilayah Samarqand]] |
[[ms:Wilayah Samarqand]] |
||
[[nl:Samarkand (provincie)]] |
[[nl:Samarkand (provincie)]] |
7-Mart 2011, 11:45 dagi koʻrinishi
| ||||
---|---|---|---|---|
Markaz | Samarqand | |||
Eng yirik shaharlar | Samarqand Kattaqurg`on Bulung`ur | |||
Maydon - Butun |
OʻzR: 6- oʻrinda 16,400 km² | |||
Aholi - Butun |
OʻzR: 3-oʻrinda 2,322,000 | |||
ISO Qisqartmasi | UZ-SA | |||
Avtomobil Nomeri | 14 | |||
Viloyat taomi | Palov |
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil bo`lgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining o`rta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari g`arb va shimoli-g`arbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi- sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi go`zal vohadan iborat bo`lib, bu voha uncha keng bo`lmay sharqdan-g`arbga tomon Zarafshon va Turkiston tog` tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sug`oriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni (2930,9 ming kishi. 2006)jihatidan Samarqand viloyati Farg`ona viloyati bilan deyarli bir xil bo`lib, ular respublikada birinchi va ikkinchi o`rinlarni bo`lishib oladilar.
Viloyat hududi 16,8 ming km2 Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni bo`yicha Qoraqolpog`iston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi o`rinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulung`ur, Go`zalkent, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg`om, Paxtachi, Samarqand. Toyloq, Urgut, Chelak va Qo`shrabot tumanlari. Shaharlar soni 11 ta (Samarqand, Bulung`ur, Jomboy, Juma, Ishtihon, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Urgut, Chelak).
Ko`hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo`lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo`lib, u 1924- 1930 yillarda O`zbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
Tumanlar
N | Tuman nomi | Tuman markazi | N | Tuman nomi | Tuman markazi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Bulungʻur | Bulungʻur | 8 | Oqdaryo | Loyish |
2 | Ishtixon | Ishtixon | 9 | Paxtachi | Ziyodin |
3 | Jomboy | Jomboy | 10 | Payariq | Payariq |
4 | Kattaqoʻrgʻon | Payshanba | 11 | Pastdargʻom | Juma |
5 | Qoʻshrabot | Qoʻshrabot | 12 | Samarqand | Gulobod |
6 | Narpay | Oqtosh | 13 | Toyloq | Toyloq |
7 | Nurobod | Nurobod | 14 | Urgut | Urgut |
Havolalar