Qarshi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Dinamik-bot (munozara | hissa)
k Bot Oʻchirdi: ro:Karși
Tahrir izohi yoʻq
Qator 138: Qator 138:
[[ro:Karși]]
[[ro:Karși]]
[[ru:Карши]]
[[ru:Карши]]
[[sco:Qarshi]]
[[sv:Karsji]]
[[sv:Karsji]]
[[uk:Карші]]
[[uk:Карші]]

23-Yanvar 2011, 06:01 dagi koʻrinishi

nothumb Qarshi shahri nothumb
Fayl:Qarshi-kokgumbaz.jpg
[[Image:{{{Shahar_belgisi}}}|140px]]
Tashkil topgan sanasi
Er. av. VIII asr
Maydoni
100 km²
Aholisi
235300 kishi
Shahar hokimi S.H. Tursunov
Pochta indeksi
180100
Telefon kodi
8-10-998-75
Vebsayt www.qarshi.uz

Qarshi (Қарши; Mo`g`ulcha: Харш, arabcha: نسف - Nasaf; arabcha: نخشب - Naxshab, Behbudiy) O`zbekiston janubidagi shahar va viloyat markazi. Joylashuvi: 38° 51' 48N 65° 47' 52E. 27 asrdan ko`proq tarixga ega bu shahar hozirda O`zbekistonning neft va gaz sanoati markazidir. Shaharda temir yo`li vokzali,[1] aeroport mavjud. Futbol klubi - "Nasaf"

Qarshi shevasi

Shahar aholisi o`ziga xos shevada gaplashadi. Eng sezilarli belgilaridan biri "chi" qo`shimchasini qo`shishdir. Masalan, adabiy tildagi kelardi Qarshi shevasida kelaychiydi yoki kelaychidi tarzida ishlatiladi.

  • Hozirgi zamon davom fe'li -opti yoki -yopti shaklida yasaladi: ketopti, o`qiyopti, kelopti
  • "qayerga", "qayoqqa" - "qerga", "qaqqa";
  • "boramiz", "kelamiz" - "borouza", "kelouza"
  • so`zning oxiridagi -k tovushi "-y"ga aylanadi: eshik - eshiy, teshik - teshiy, etik - etiy
  • -lar qo`shimchasidan oxirgi -r harfi tushib qoladi: ula (ular), kelila (kelinglar) va hk.
  • -siz 2-shaxs ko`plik qo`shimchasidan ham -z tushib qoladi: qilopsila (qilayapsizlar), ketopsilami (ketayapsizlarmi). Bu o`z navbatida ba'zi tushunmovchilikka olib keladi. Sila nima qilopsila? (Sizlar nima qilayapsizlar?) jumlasi agar o`zidan kattalarga nisbatan aytilganda, xuddi "sen"lagandek tuyuladi, aslida unday bo`lmasa ham.
  • Fors-tojikcha ba'zi so`zlarni qo`llashadi: paypoq - jilop, ushoq - norizgi (нон резги so`zidan), qalpoq - kallapo`sh va hk.

Tarixi

Ilk tarixi (er.av. VIII-IV asrlar)

Qarshi shahrining tarixi eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Yerqo`rg`onda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida, ayni shu davrda Qarshi shahar sifatida shakllanganligi va qalin devor bilan o`ralganligi ma'lum bo`ldi. Yirik savdo yo`llariga yaqin joylashgan bu shahar So`g`diyonaning yirik shaharlaridan biriga aylandi.

Er.av. 545-539 yillarda Kir II sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, So`g`diyona, Marg`iyona viloyatlari va sak qabilalarini o`ziga bo`ysindirdi. Naxshab ham So`g`diyonaning bir qismi sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga o`tdi.

Ellin madaniyati davri (er.av. IV-II asrlar)

Naxshab eramizdan avvalgi IV asrda makedoniyalik Iskandar tomonidan ishg`ol qilindi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ellin madaniyati keng tarqaldi.

Naxshab so`zi ilk bor hozirgi Afg`oniston hududidan topilgan, er.av. 328 yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, Shahrisabz) himoya devorlarini tuzatish uchun o`z askarlarini jo`natganligi xabar qilingan.

Islomgacha bo`lgan davr (er.av. II - eramizning VII asri)

Miloddan avvalgi II asrda Naxshab Parfiyona davlati tarkibiga kirdi. Bu davrda Naxshab ikki qatlamli devor bilan o`ralgan. Ikkinchi himoya devori 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turgan. Yerqo`rg`on tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda bo`lib, har 60 metrda yarim doirali minoralar bo`lgan. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, o`q-yoychilar xonalari mavjud bo`lgan.

Xionitlar va eftalitlar davrida Naxshab gullab yashnadi, So`g`d vohasining savdo, hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi.

V asrda shaharda dahshatli yong`in yuz berdi. Butun shahar yonig kul bo`ldi. Undan keyin Naxshab tiklangan bo`lsa-da, turk hoqonlari va sosoniylar xujumlari natijasida xarobaga aylandi. Faqat VI asr oxiri VII asr boshlaridagina tashlandiq shahar xarobalari ustida kulollar maxallasi bunyod etildi va asta-sekin shahar o`zini tiklay boshladi.

Islom fathidan keyingi Naxshab

VIII asrning boshida Mavarounnahrning boshqa shaharlari kabi Naxshab ham fath etildi. Shahar esa endi Nasaf deb atala boshladi. Shaharda ilk masjid qurildi. Istaxri, Ibn Xavqal va Muqaddasiy kabi musulmon jo`g`rofiyunlarining bergan ma'lumotiga ko`ra, Naxshab qalin devor bilan o'ralgan va to`rt darvozaga ega bo`lgan.

Savdo yo`llarining xavfsizligi, tarixda birinchi chek tizimi yo`lga qo`yilishi, islomdan oldingi savdogarlardan olinadigan soliqlarning bekor qilinishi butun xalifalikda bo`lgani kabi Nasafda ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keldi.

IX asrning boshida Nasaf Somoniylar tarkibiga kirdi. XI asrda qoraxoniylar qo`liga o`tdi. Mo`g`ullar bosqini arafasida Nasaf Xorazm sultonligi tarkibiga kirar edi.

Mo`g`ullar davrida Nasaf (XIII-XIV asrlar)

XIII asrning 20-yillarida Nasaf Chingizxon tarafidan vayron etildi. Aholining ko`pchiligi qirib yuborildi. Masjid va madrasalar vayron etildi.

XIV asrning boshlariga kelib Nasaf o`zining mavqeini birmuncha tiklay boshladi. 1320 yilda Chig`atoy ulusini qo'lga kiritgan Kebekxon Nasafni o`zining poytaxtiga aylantirdi. Nasafga muhabbati baland bo`lgan Kebekxon undan biroz quyiroqda saroy qurdirdi va bu saroy el orasida "Qarshi" yani mo`g`ulcha 'saroy' degan nom bilan mashhur bo`ldi. Nasaf aholisi sekin-asta Qarshi atrofiga ko`chib o`ta boshladi. Mana shu paytdan boshlab Qarshi Nasafning ikkinchi nomiga aylandi va XIX asrga kelib Nasaf nomini iste'moldan chiqardi.

Qiziq ma'lumot: Kebekxon pul islohoti o`tkazgan. Uning chiqargan pullari xalq orasida "kepaki" deb atala boshlangan. Qizig`i shundaki, rus tilidagi "kopeyka" so`zi bilan bu so`z talaffuz jihatdan juda yaqin. Kebekxon davrida mo`g`ullarning Rusya ustidagi ta'sirini hisobga oladigan bo`lsak, "kopeyka"ning "kepaki"dan olingani unchalik ajablanarli emas.

Temuriylar davrida Nasaf (XIV-XVI asrlar)

Amir Temur strategik ahamiyatga molik bo`lgan Nasafni himoya devori bilan o`ratdi. Ammo, Amir Temurning vatani bo`lgan Keshning mavqei ko`tarilishi natijasida Nasaf biroz etibordan qoldi. Shuning uchun temuriylar davridan biron ko`zga ko`rinarlik yodgorlik qolmagan.

Shayboniylar, ashtarxoniylar davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar)

Qarshi shayboniylar hukmronligi ostiga o`tgandan so`ng tez rivojlana boshladi. Shayboniylar davrida Qashqadaryo daryosi ustiga ko`prik qurildi va bu inshoat hozirgacha saqlanib qolgan. Undan tashqari Ko`kgumbaz jome' masjidi kabi obidalarning ko`pchiligi aynan shayboniylar davrida barpo etilgan.

Qarshi Buxoro amirligi davrida (XVIII-XX asrlar)

1785 yilda Amir Shoh Murod o`zini amir deb e'lon qildi va Buxoro xonligi amirlikka aylantirildi. Buxoro amirligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega bo`lgan shahriga aylandi. Hatto nufuzi va hajmi jihatdan Samarqandni ham ortda qoldirgan Qarshi, Buxoro amirligi valiahdlarining (yani taxt vorislarining) rasmiy qarorgohi bo`lib qoldi.

Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon 1898 yildan 1910 yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajardi.

Sho`rolar davrida Qarshi

1919 yilda Mahmudxo`ja Behbudiy Qarshida qatl etilgandan so`ng, shahar 1926 yildan 1937 yilgacha Behbudiy deb atala boshladi.[2] Ammo, keyinchalik aholi ko`nikkan Qarshi nomi qaytarildi.

Sho`rolar davrida Qarshi asosan qishloq xo`jaligiga asoslangan Qashqadaryo viloyatining markaziga aylandi. Shaharda boshqa shaharlar kabi sho`rolar arxitekturasiga oid binolar qurildi. Bir-biridan uncha farq qilmaydigan, ko`rimsiz ko`p qavatli binolar o`zbek mahallalariga muqobil o`laroq ko`plab qurila boshladi. Bu esa Qarshining qadimiylik ulug`vorlik siyog`ini yo`qotishiga olib keldi. Ba'zi masjid-madrasalar omborxona hatto qiynoqlar qo`llanadigan turmaxonalarga aylantirildi. "Toshturma" degan sovuq nomga ega bo`lgan bunday turmalardan biri shaharning 2700 yilligi yubileyiga qadar o`z vazifasini bajarib keldi.

Osori atiqalari

Ko`kgumbaz masjidi

XVI asrda shayboniyxonlar davrida insho etilgan bu masjid ko`rkam, musaffo osmonni eslatuvchi ko`k gumbazi sababli shunday atalgan. Ancha qismi asrlar davomida buzilib ketgan bu masjidning faqat peshtoqi va gumbazi saqlanib qolgan.

Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyi munosabati bilan qayta ta'mirlandi. Hozirgacha jome' masjid vazifasini bajarib kelmoqda.

Qashqadaryo ko`prigi

XVI asrga oid bu ko`prik shayboniylar davrida qurilgan bo`lib, o`z asrining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu ko`prik XX asrning o`rtalarigacha voha ahliga xizmat qilgan.

Abu Ubayd ibn al-Jarroh maqbarasi

Xuddi Samarqanddagi Qusam ibn Abbos qabri singari soxta bo`lgan bu maqbara,[3] Amir Temur buyrug`iga binoan barpo etilgan. Hozirda, mutaassib va sodda qashqadaryoliklarning sig`inadigan, Abu Ubayd ibn al-Jarrohdan madad so`raydigan, ba'zi mullalar uchun mo`may daromad manbai bo`lgan makonga aylangan.

Boshqa obidalar

Yuqorida tilga olingan yodgorliklardan tashqari Xo`ja Abdulaziz va Qilichbek, Odina, Bekmir, Sharofboy kabi masjid va madrasalari mavjud.

Mashhur kishilari

Qarshi shahridan bir qancha taniqli olimlar, shoir, faylasuflar yetishib chiqqan. Hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al-Mustag`firiy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyoviddin Naxshabiy, Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos alloma Najmiddin Nasafiy, kalom ilmining namoyandasi Abul Mu`in Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir me'morlar Ali Nasafiy, Olim Nasafiy va boshqalar shular jumlasidandir.

Yana o`qing

Mavzuga oid bog`lamalar

Manbalar