Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 10: | Qator 10: | ||
Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning «[[Chiniqish]]» (1964), «[[Dagrez oʻg’li]]» (1973), «[[Umid]]» (1974), «[[Meʼmor]]» (1974), «[[Chotqol yoʻlbarsi]]» (1977), «[[Ildizlar va yaproqlar]]» (1981), «[[Temur Malik]]» (1986), «[[Ilon oʻchi]]» (1995), «[[Turon malikasi]]» (1998) romanlari bir necha bor koʻp tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga «[[Umid]]» va «[[Meʼmor]]» romani katta obroʻ keltirdi. «[[Me’mor]]» romanida hayot oʻta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning isteʼdod va izlanishlari shu romanlarda koʻzga aniq tashlanadi. |

Mirmuhsin Oʻzbekiston Respublikasi |
Mirmuhsin [[Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati]] (1974), «[[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]]» (1981). |
||
Uning uch jildlik (1971—1973), toʻrt jildlik (1981—1984) asarlari toʻplami chop etilgan. |
Uning uch jildlik (1971—1973), toʻrt jildlik (1981—1984) asarlari toʻplami chop etilgan. |
||
Qator 28: | Qator 28: | ||
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]] |
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]] |
||
[[Category:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]] |
[[Category:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]] |
||
[[Category:Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati]] |
30-Avgust 2006, 20:05 dagi koʻrinishi
Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «Qizil O’zbekiston» gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat «Sharq Yulduzi», «Mushtum» va «Guliston» jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Shoir Mirmuhsin ilk toʻplamlari «Er yurak», «Vatan»ni 1942 yilda chop ettirgan. U koʻplab sheʼrlar, «Usta G’iyos», «Doʻlan» (1947), «Yashil qishloq» (1948), «Qadrdonlar» (1954), «Shiroq» (1967), «Nevara» singari dostonlar, «Adib va Ziyoda» (1957) sheʼriy roman muallifi.
Oʻzbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida oʻziga xos oʻringa ega. Uning «Dorbozlar» (1956), «Jamila» (1957), «Hikoyalar» (1959), «Qizil durralar» (1961), «Sozanda» (1963) singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. «Arab hikoyalari», «Iskandariya koʻrfazi», «Moʻtilal», «G’urbatdagi odam», «Chodrali ayol» hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi.
Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning «Chiniqish» (1964), «Dagrez oʻg’li» (1973), «Umid» (1974), «Meʼmor» (1974), «Chotqol yoʻlbarsi» (1977), «Ildizlar va yaproqlar» (1981), «Temur Malik» (1986), «Ilon oʻchi» (1995), «Turon malikasi» (1998) romanlari bir necha bor koʻp tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga «Umid» va «Meʼmor» romani katta obroʻ keltirdi. «Me’mor» romanida hayot oʻta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning isteʼdod va izlanishlari shu romanlarda koʻzga aniq tashlanadi.
Mirmuhsin Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1974), «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» (1981).
Uning uch jildlik (1971—1973), toʻrt jildlik (1981—1984) asarlari toʻplami chop etilgan.
Asarlari
- Mirmuhsin. Meʼmor. T.: «Sharq» — 2001.
- Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va sanʼat — 1986.
Adabiyotlar
- Normatov U., Abdullayev O. Ijodning qoʻsh qanoti. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1981.
- Nasriddinov F. Mirmuhsin. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1962.
Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan. | |
Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring. |