Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:Mehnat shuhrati ordeni sohibalari
Qator 21: Qator 21:
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Category:Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari]]
[[Category:Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari]]
[[Category:Mehnat shuhrati ordeni sohibalari]]
[[Category:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari]]
[[Category:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]
[[Category:Oʻzbekiston xalq yozuvchilari]]
[[Category:Xalqaro Yassaviy mukofoti sohiblari]]
[[Category:Xalqaro Yassaviy mukofoti sohiblari]]

28-Avgust 2006, 21:45 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.

Muhammad Ali 1992—2002 yillar davomida AQSHning Washington Universitetida Oʻzbek tili va adabiyotidan saboq bergan.

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami oʻzbek, rus, qoraqalpoq tilllarida chop etildi. Uning besh dostoni «Boqiy dunyo»(1979) sheʼriy romani ijodida muhim oʻrin eqallaydi. Muhammad Ali oʻzbek xalqininq XIII—XIV asrlardagi hayotini «Sarbadorlar»(1989) roman-dialogiyasida aks ettirdi. Bir necha yildan beri u Amir Temur xarakteri, u barpo etgan saltanat haqida asarlar yaratishni rejalashtirmoqda. 2003 yilda «Ulugʻ saltanat» romanining birinchi kitobi chop etildi.

«Oʻz-oʻzingni anglab yet» (1988), «Haqiqatdan chekinma, tarix!» (1990), «Qafasdagi bulbullar» (1996), «Men koʻrgan Amerika» (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi «Ramayana»ni (1978), qoraqalpoq eposlari «Shahriyor», «Mastonposhsho»ni (1985), R Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini ozbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali Ozbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureanti, Oʻzbekiston Xalq yozuvchi (1992), «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi (1999).


Asarlari

  • Saylanma. T: Adabiyot va sanat nashriyoti. 1997.
  • Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti,1989.
  • Ulug saltanat. Roman T: «Sharq» NMK- 2003.

Andoza:Pass

Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.