Husniddin Sharipov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:Mustaqillik medaliga egalar
Qator 26: Qator 26:
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Category:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Category:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari]]
[[Category:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari]]
[[Category:Mustaqillik medaliga egalar]]
[[Category:Mustaqillik medali sohibalari]]
[[Category:Mehnat shuhrati ordeniga egalar]]
[[Category:Mehnat shuhrati ordeniga egalar]]

28-Avgust 2006, 21:25 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Husniddin Sharipov 1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri.

Namangan oʻrmon xoʻjalik idorasida injenerlik qildi (1954—1956), viloyat gazetasida adabiy xodim va mas’ul kotib boʻlib ishladi. 1960 yildan «Oʻzbekiston madaniyati» gazetasida adabiy kotib, keyin «Sharq yulduzi» jurnali sheʼriyat boʻlimiga mudir boʻldi (1962—1969, 1976—1977, 1982—1983). 1984—1993 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi.

«Navoiy» deb atalgan dastlabki sheʼri 1948 yilda, birinchi sheʼriy kitobi — «Nihol» 1956 yilda bosilib chiqqan. XX asrning oltmishinchi yillarida «Koʻngil buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1963), «Tuproqqa qasida», «Yerning qalbi» (1965), «Men sizga aytsam» (1968) sheʼriy toʻplamlari, yetmishinchi yillarda «Lirika» (1970), «Dostonlar» (1978) kitobi va «Bir savol» sheʼriy romani (1973), saksoninchi yillarda esa «Hayajonli daqiqalar» (1980), «Oh, goʻzal» (1981), «Xirmon» (1985), «Yana visol» (1987) hamda ikki jildli «Saylanma» asarlari (1983) nashr etildi. U bolalar uchun «Ukajonlarimga» (1963), «Bu yogʻi nima boʻladi» (1973), «Chavandoz» (1974) kitoblarini yaratgan. Shoirning «Seni sevaman» (1958), «Ota oʻgʻil» (1964), «Afsona» (1975), «Chollar va kampirlar» (1979), «Yor istab» (1993) kabi peʼsalari markaziy va viloyat teatrlarida sahnalashtirildi. Toshkent nashriyotlarida «Vsyo tot je ya» (1970), «Privet ot Satvaldi» (1977), «Sovetskiy pisatel» nashriyotida «Samoye dorogoye» (1980) kitobi rus tilida bosilib chiqqan. Uning oʻzi J. Lafonten, I. Turgenev, U. Uitmen, V. Mayakovskiy, B. Brext, P. Neruda, R. Hamzatov asarlarini oʻ'bekchaga tarjima qilgan.

Soʻnggi yillarda H. Sharipovning «Yor istab» (1992) sheʼriy toʻplami, «Ming ikkinchi kecha» (1992) va «Qaltis yurish» (1999) dostonlari, «Doʻstim Tojiddin» (2001) nomli hujjatli qissasi, «Asiringman» (2003) nomli saylanma asarlari nashr etildi. Eng sara asarlari, ruschadan tashqari, ukrain, ozarbayjon, tojik, oʻrdu, polyak, turk, belorus tillariga tarjima etilgan.

Shoir ijodining qamrovi keng: u fazokor parvozidan ham, dehqon kuymanishlaridan ham, ayol qalbi goʻzalligidan ham birday zavq oladi. Holat va ruhiy harakat ifodasida aniqlikni, tilda lutfni sevadi.

H. Sharipov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1983), «Mustaqillik» medali (1992) va «Mehnat shuhrati» ordeni (2000) bilan taqdirlangan.


Asarlari


Adabiyot

  • O. Sharafiddinov. Nihol chinor boʻlibdi. Kitobda: H. Sharipov, Saylanma, I jild. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983.

Andoza:Pass

Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.