Kuchala: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Qator 9: Qator 9:




{{stub}}
{{chala}}

4-Sentyabr 2022, 11:00 dagi koʻrinishi

Kuchala, chayonoʻt (Arum korolkowii Rgl.) — 1) kuchaladoshlar oilasiga mansub tuguvaqli, koʻp yillik, zaharli oʻt. Boʻyi 40—50 sm. Bargi shapaloq, uzun bandli. Barg bandining ostki qismi qin hosil qilib, poyani oʻraydi. Gullari ayrim jinsli, toʻpguli soʻtasimon. Yuqori qismida changchi, quyida esa urugʻchi gullar joylashgan. Toshkent, Fargʻona va Samarqand viloyatlarining togʻ o`rmonlaridagi zax yerdarda oʻsadi. May oyida gullaydi, urugʻi iyunda pishadi. Tugunagida saponin, kraxmal, mevasida karotinoid, likopin bor. Tugunagidan tayyorlangan tolqon xalq tabobatida ilon va chayon chaqqanda, kunjut moyiga qorilgan tolqonidan pishirilgan non bavosirni, asalga qorilgan K. tolqoni esa pesni davolashda qoʻllanadi. Yanchilgan tugunagini unga qorib sichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilarni zaharlaydigan xoʻrak tayyorlanadi; 2) koʻpchilik daraxt oʻsimliklar (qayin, terak, tol) ning shingilsimon toʻpguli; gullaganidan (urugʻchi K.) yoki urugʻlaganidan keyin (changchi K.) yaxlit toʻkiladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil