Yunon-Baqtriya podsholigi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TXiKiBoT (munozara | hissa)
MelancholieBot (munozara | hissa)
Qator 24: Qator 24:
[[ru:Греко-бактрийское царство]]
[[ru:Греко-бактрийское царство]]
[[sh:Grčko-Baktrijsko Kraljevstvo]]
[[sh:Grčko-Baktrijsko Kraljevstvo]]
[[vi:Vương quốc Hy Lạp-Bactria]]
[[zh:大夏 (国家)]]
[[zh:大夏 (国家)]]

27-Noyabr 2009, 17:19 dagi koʻrinishi

Yunon-Baqtriya podsholigining taxminiy xaritasi

Yunon-Baqtriya podsholigi Oʻrta Osiyo hududida eramizdan avvalgi 250-125 yillarda mavjud boʻlgan davlatdir.

Tarix

Eramizdan avvalgi 256-yilda Parfiya, Baqtriya va Soʻgʻdiyona Salavkiylar davlatidan ajralib chiqdi. Baqtriya strapi Diodot o`zini shoh deb e'lon qildi va mintaqada gegemonlik uchun kurash boshladi. Bunga javoban, Arshaxidlar Parfiyada hokimiyatni qo`lga kiritdi. So`g`diyona esa Baqtriya hukmronligi ostiga o`tdi. Eramizdan avvalgi 230-yilda So`g`diyona strapi Yevtidem Diodotning vorisini taxtdan ag`dardi. Yunon-Baqtriya bilan Parfiya o`rtasida savdo yo`llarini nazorat qilish borasida doimiy urushlar bo`lib turgan. Eramizdan avvalgi 209-208-yillarda salavkiy hukmdori Buyuk Antiox III Salavkiylar saltanatini qayta tiklash uchun sharqqa yurish boshlaydi. 207-yilda u Parfiyani mag`lubiyatga uchratib, Yunon-Baqtriyaga qarshi harbiy yurish qiladi. Antiox qo`shinlari Yevtidem ustidan g`alaba qozonadi va Yunon-Baqtriya poytaxti Baqtrani qamal qiladi. Qamal ikki yil davom etgan. Nihoyat Yevtidem Antiox bilan tinchlik sulhini tuzishga erishadi. O`z navbatida u Antioxga o`zining barcha jangchi fillarini topshiradi. Yevtidemning o`g`li Demetriy esa salavkiylar malikasiga uylanadi. Magnesiya jangida rimliklar tomonidan salavkiylarga qattiq talofot yetkazilishi natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi salavkiylarning ittifoqchilari bo`lgan janubiy knyazliklarni o`ziga bo`ysundirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Eramizdan avvalgi 187 yilda otasi Yevtidemning vorisi Demetriy Araxosiyani zabt etadi va Hindiston sari yo`l oladi. Demetriy Shimoliy Hindistonda o`z qo`shinlari bilan ancha muddat qolib ketadi. Bundan foydalangan uning sarkardalaridan biri - Yevkradit 171 yilda Baqtra hokimiyatini qo`lga kiritadi. Yevkraditning podshohligi tarixda "behisob shaharlar podshohligi" degan nom olgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, eramizdan avvalgi 165 yilda Yettisoyga (Semirechya) yuechjilarning qadami tekkan. Ular Sirdaryo orqali Amudaryo sohillari tomon yo`l olgan. Ular Baqtriyani egallashga ham muvaffaq bo`lgan. 155 yilda Yevkradit navbatdagi yurishlarning birida o`z o`g`li tomonidan o`ldiriladi. Xuddi shu davrlarda Yunon-Hind podshohligi tashkil topgan edi. 141-128 yillar Yunon-Baqtriya podshohligining tanazzulga yuz tutish davri bo`ldi. Taxminlarga ko`ra, yuechshilar Baqtriyani qo`lga kiritgandan so`ng shoh Geliokl Paropamisada yoki Araxosiyada hokimiyatni saqlab qolgan. O`rta Osiyo ikki yuz yil ellinlar dunyosining bir qismi bo`ldi. Bu davr O`rta Osiyo tarixida jiddiy iz qoldirgan. So`g`d va Baqtriya ellin-makedon harbiy guruhlariga tayangan strapiyalarga aylandi. Hirot, Marv kabi yangidan-yangi shaharlar vujudga keldi. Mintaqada yunon standartlari bo`yicha tangalar zarb etildi. Mintaqaga yunon xudolari panteoni, yunon adabiyoti va teatri kirib keldi. Mahalliy va yunon madaniyatining o`zaro sintezi sodir bo`ldi.