Iroda Aliyeva: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
{{stub → {{chala (xato haqida xabar berish)
Qator 5: Qator 5:


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{stub}}
{{chala}}
{{DEFAULTSORT:Aliyeva, Iroda}}
{{DEFAULTSORT:Aliyeva, Iroda}}
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]

3-Sentyabr 2022, 14:30 dagi koʻrinishi

Iroda Mirzaxonovna Aliyeva (17-dekabr 1929, Toshkent – 7-iyun 1989, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Toshkent san’at institutini bitirib (1951), Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrida ishladi (1951–72), 1972–89 yillar "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida aktrisa. Nasiba ("Ogʻriqtishlar"), Muqaddas ("Chin muhabbat"), Shirin ("Bir sevgi afsonasi"), Guzin ("Turkiya haqida hikoya"), Kamola (R. Tagorning "Halokat" romani asosida yaratilgan inssenirovka – "Gang daryosining qizi"), Maryam ("Jazoir, mening vatanim"), Asal ("Sarvqomat dilbarim"), Nazokat ("Parvona") rollarida Aliyeva muvaffaqiyat qozondi va lirik rollar ijrochisi sifatida tanildi. Yuksak texnika, mukammal sahna nutqiga ega boʻlgan Aliyeva qahramonlarining dunyoqarashi va ichki kechinmasini oʻziga xos sharqona xususiyat, nazokat bilan ifodalashga erishgan. Kinoaktyor teatr-studiyasida Nina (A. Kason, "Yetti faryod", 1973), Enaga (A. Korneychuk, "Platon Krechet", 1974) va boshqa rollarni ijro etdi. Kinoda: "Akmal, ajdaho va malika" (1980), "Akmalning yangi sarguzashtlari" (1983) filmlarida yalmogʻiz kampir obrazini yaratdi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil