Linch sudi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Almabot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: arz:لنشيه
ArthurBot (munozara | hissa)
Qator 17: Qator 17:
[[Turkum:Irqchilik]]
[[Turkum:Irqchilik]]


[[ar:إعدام بدون محاكمة]]
[[ar:إعدام دون محاكمة]]
[[arz:لنشيه]]
[[arz:لنشيه]]
[[cs:Lynčování]]
[[cs:Lynčování]]

8-Sentyabr 2009, 00:56 dagi koʻrinishi

Linch sudi yoki linchlash tushunchasi ostida (inglizcha: lynching, the Lynch law), (Linch familiyali bir necha tarixiy shaxs nomiga - biri, Charlz, sudya, mustaqillik uchun urush vaqtida linchlashni qoʻllagan; ikkinchisi, Uilyam, kapitan, Pensilvaniyada 1780-yili sudsiz tan jarohatlarini yetkazib jazolash - ammo oʻldirmaslik haqidagi "Linch qonuni"ni kiritgan), jinoyat yoki ijtimoiy qonunlarni buzganligi haqida sezilgan kishini sudsiz va tergovsiz oʻldirish, odatda koʻcha olomoni bilan oʻldirish tushuniladi.

Sudsiz oʻldirish hamma zamon va hamma xalqlarda tarqalgan, ammo terminning oʻzi hamda alohida ijtimoiy voqea sifatida Linch sudi, rasmiy huquqchilik bilan parallel holda XIX va XX-asrda AQSHda paydo boʻladi. Linch sudining 85%i janubiy shtatlarga toʻgʻri keladi.

Shimolliklar-karpetbeggerlarga osib qoʻyish bilan tahdid soluvchi minnesotalik gazetadagi karikatura 1868. AQSH Demokratik partiyasining ramzi boʻlgan eshak Ku-Kluks-Klanning abbreviaturasini olib ketmoqda.

Linch sudining sistematik praktikaga aylanganini 1860-yillarning ohiriga, Fuqarolar urushidan soʻng AQSHning Janubi Shimol tomonidan harbiy bosqinga tortilgan paytga taqash lozim; yerlar shimoliy ishbilarmonlar, karpetbeggerlar tomonidan optom sotib olinardi, urush paytida mutlaq ozod deb eʻlon qilingan qora tanli aholi esa sobiq xoʻjayinlardan qasd olar edi. Shimoliy bosqinchilarga va ayniqsa ozodlikka chiqqan negrlarga qarshi kurash uchun sudsiz oʻldirishlarni keng praktika qilgan Ku-Kluks-Klan sirli jamiyati tashkil qilinadi. Bu (Birinchi deb nomlanadigan) Ku-Kluks-Klan shahdlik bilan federal hokimiyat tomonidan 1870-yillarda barbod etiladi, ammo negrlarga qarshi terror toʻxtamaydi. Qullikning oʻrniga qonunchilik bilan tasdiqlangan (Jim Krou qonunlari) segregatsiya hamda negrlar boʻysunishi lozim boʻlgan yozilmagan etiket keladi. Umumiy qonunga qarshi har qanday jinoyatda sezilgan (oʻldirish, oʻgʻrilik, oqlarni zoʻrlash), Jim Krou qonunlari va yozilmagan qoidalarni buzgan negr linchlashga torttirilishi mumkin edi; koʻp hollarda oʻldirish va zoʻrlashda ayblov yoqtirmagan odamdan qutulish uchun bahona boʻlishi mumkin edi. Linchlashga zabastovkalarning ishtirokchilari, negr-fermerlar (yerini tortib olish maqsadida) va oq tanlilarning iqtisodiy ishlariga halaqit beradigan boshqa kishilar tortilardilar. Linchlashning choʻqqisi 1892-yilga (151 qurbon), yangi toʻlqin 1910-yillarga toʻgʻri keldi; oʻsha paytda "Millatning uygʻonishi" filmida kuylangan ikkinchi Ku-Kluks-Klan tashkil topadi.

Negrlar bilan bir qatorda, kamroq boʻlsa ham, oq tanli anglo-amerikanlar hamda boshqa kamchiliklar, eng avvalo italyanlar (mafiya bilan hamkorlikda sezilib), yevreylar, inglizzabon katoliklar linchlashga tortilar edilar.

Dulutda uch negrning linchlanishi, Minnesota, 1920-yil. Otkritka

Linchlash odatda osish orqali amalga oshirilardi, ammo qiynoqlar va gulxanda yoqish bilan ham yoʻlanardi. Koʻp hollarda Linch sudida faqatgina boshqarilmaydigan olomonlar emas, balki qonuniy sudyalar, kichik shaharlarning hokimlari, sheriflar ishtirok etishardi; linchlash oʻtkazilish vaqti va joyi haqida, haqqoniy oʻlimga tortish kabi, oldindan habar berilardi, u yerga suratchilar kelardilar, ayrim hollarda sirkdagi kabi koʻrsatuvlar uyushtirilardi. 1900-yillarda osib qoʻyilgan negrlar va Linch sudining quvnoq va kulayotgan ishtirokchilari tasvirlangan otkritkalar modaga chiqadi; linchchilar ularning qarindoshlariga "Oyi, chap tarafda - man", kabi soʻzlar bilan yuborardilar. Federal hokimiyat bu kabi pochta mahsulotlarni 1908-yilda taʻqiqlaydi, ammo u noqonuniy tarzda 1930-yillargacha chop etilgan va aylangan. Linch sudlari koʻpincha federal hokimiyat tomonidan tanqidga uchrasa ham (ayniqsa AQSHning Respublikan partiyasi tomonidan), hech qanday qarshilik qoʻllanmasdi: janubiy shtat va grafliklarning hokimiyati linchlashda negrlarning "bezorliklari"dan ilohiy himoyani koʻrishar edi. Shunday hollar ham boʻlganki, qonuniy sud bilan oqlangan sud zalidan chiqayotgan negrni olomon darrov osishga sudragan va sudya bunga qarshilik koʻrsatmagan. XX-asrning birinchi yarmida linchlashning ishtirokchilarini javobga tortish holatlari juda kamdir. Linchlash bilan kurashni ommaning fikri bosimi ostida prezident-demokratlar (AQSHning Demokratik partiyasi qullik Janub bilan bogʻliqligiga, koʻpchilik daholarining esa Ku-Kluks-Klan bilan bogʻlariga qaramay) - F.D.Ruzvelt (1936-yilda janubiy tanlovchilarni ovozini yoʻqotishga qoʻrqib, linchlashga qarshi qonunlarni qabul qilmagan) va ayniqsa G. Trumen boshlaydilar. Ikkinchi Jahon urushidan soʻng linchlash yakkam-dukkam praktikaga aylanib, odatda Ku-Kluks-Klan kabi guruhlarning terrori bilan boʻladi va har gal tekshirishga tortiladi. Kennedi va L. Jonson paytidagi Jim Krouning qonunlarini yakson qilinishi va negrlarning huquqlarini tenglashtirilishi negrlarga qarshi aktsiyalarning huquqiy qoʻllovidan mahrum etdi.