Olmaliq: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Mant qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 39: Qator 39:
| aholi = 121 109
| aholi = 121 109
| sanalgan yil = 2014
| sanalgan yil = 2014
| aholi = 133 400
| sanalgan yil = 2021
| aholi = 133400
| aholi = 133400
| sanalgan yili = 2021
| sanalgan yili = 2021

20-Iyul 2022, 17:55 dagi koʻrinishi

Olmaliq
shahar
42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722 G OKoordinatalari: 42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent Viloyati
Hukumat
Iqlim turi Keskin Kontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2021)
133 400
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar, ruslar, qirim tatarlari
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 10
Olmaliq xaritada

Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951–yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974–yilda 92,3 ming; 1959–yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954–yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963–yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.

Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Kovul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmoqda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chiqarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Olmaliq filiali,«Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, 23ta umumiy o'rta taʼlim maktablari, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Olmaliqda "Ramazoni Sharif" masjidi faoliyat yuritadi.Yana bir masjidning esa qurilish ishlari davom etyapti. Ushbu masjid "Hilol" masjidi.

Hokimlari

  • Zakirov Abdurashid Abdusattorovich
  • Po'latov Shuhrat Artykovich (2011–2015) [1]
  • Mirkasim Mahmadam Mirazadovich - 2017–yil 18–avgust.
  • Karimov O'ktamjon Dexkanovich01.08.2018 dan [2]

Manbalar