Andijon viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rubinbot (munozara | hissa)
k Bot Oʻchirdi: it:Regione di Andijon
SieBot (munozara | hissa)
Qator 56: Qator 56:
[[fa:استان اندیجان]]
[[fa:استان اندیجان]]
[[fi:Andižanin alue]]
[[fi:Andižanin alue]]
[[fr:Andijan (province)]]
[[fr:Province d'Andijan]]
[[gl:Provincia de Andijon]]
[[gl:Provincia de Andijon]]
[[he:מחוז אנדיז'ן]]
[[he:מחוז אנדיז'ן]]
[[id:Provinsi Andijan]]
[[id:Provinsi Andijan]]
[[it:Regione di Andijon]]
[[it:Regione di Andijan]]
[[ja:アンディジャン州]]
[[ja:アンディジャン州]]
[[nl:Andizan (provincie)]]
[[nl:Andizan (provincie)]]

10-Avgust 2009, 20:58 dagi koʻrinishi

nothumb Andijon viloyati nothumb
Markaz Andijon
Eng yirik shaharlar Andijon
Asaka
Xonobod
Maydon

   - Butun

OʻzR: 12- oʻrinda

4,200 km²

Aholi

   - Butun
   - Zichlik

OʻzR: 5-oʻrinda

1,899,000
{{{Aholi_zichlik}}} kishi/km²

ISO Qisqartmasi UZ-AN
Avtomobil Nomeri 17
Viloyat taomi Andijon Palovi

Andijon viloyati. Bu viloyat 1941 yilning 6 martida tashkil topgan. Andijon viloyati Farg`ona vodiysidagi O`zbekistonning uch viloyatidan biri bo`lib, u shu vodiyning sharqiy qismini egallaydi. Viloyat shimol, shimoli-sharq va janubda Qirg`iziston, g`arbda Farg`ona viloyati, shimoli-g`arbda Namangan viloyatlari bilan chegaralanadi. Viloyatning g`arbiy qismida biroz ko`tarilgan (balandligi 400-500 metr bo`lgan) tekisliklar, uning sharqiy qismida esa Farg`ona va Oloy tog` tizmalari tarkibiga kiruvchi adirlar bor. Andijon viloyati - O`zbekistonning eng sharqida, vodiyning Qirg`iziston bilan chegarasida joylashgan. Aholisi eng zich bo`lgan viloyat. Aholisi 2394,1 ming kishi (2006 yil. Umumiy maydoni 4.3 ming km2. Eng asosiy shaharlari Andijon shahri, aholisi 361,3 ming kishi (2007 yil 1 yanvar xolati bo'yicha), Asaka, va Shahrihondir. Asosiy sanoat avtomobilsozlik (Asaka shahi) va u bilan bog`liq sohalar, yengil sanoat (pahtani qayta ishlash, oziq ovqat). Asosiy qazilma boylilari neft (Jalolquduq tumani). 90chi yillar boshida Andijon viloyati O‘zbekistonning asosiy neft qazish zonasi hisoblanagan. Yillik 3 mln tonna neftning yarmidan ko`pi shu yerda qazib olingan. Viloyatda quyidagi universitetlar bor: Andijon qishloq ho`jalik instituti, Andijon meditsina instituti, Andijon Davlat Universiteti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti va Andijon chet tillar universiteti

Viloyat 14 qishloq tumanlariga bo`linadi. Bular quyidagilardan iborat: Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo`z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko`l, Paxtaobod, Ulug`nor, Xo`jaobod, Shahrixon, Qo`rg`ontepa. Shaharlar soni o`n bitta: Andijon, Asaka, Marhamat, Oxunboboyev, Paxtaobod, Poytug`, Xo`jaobod, Qorasuv, Qo`rg`ontepa, Xonobod, Shahrixon. Viloyat markazi Andijon shahri bo`lib, u bilan Toshkent orasidagi masofa 477 km-ga teng.

Markazi Andijon.

Tuman: (Markazi)

  1. Andijon (Kuyganyor)
  2. Asaka (Asaka)
  3. Baliqchi (Baliqchi)
  4. Buloqboshi (Buloqboshi)
  5. Bo`z (Bo`z)
  6. Jalolquduq (Oxunboboyev)
  7. Izboskan (Poytug`)
  8. Marhamat (Marhamat)
  9. Oltinko`l (Oltinko`l)
  10. Paxtaobod (Paxtaobod)
  11. Ulug‘nor (Oqoltin)
  12. Xo`jaobod (Xo‘jaobod)
  13. Shahrixon (Shahrixon)
  14. Qo`rg`ontepa (Qo‘rg‘ontepa)

Shaxar statusida: Andijon, Asaka, Xonobod, Shahrixon va Qorasuv.