Tuman (tabiiy hodisa): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MelancholieBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: bn:কুয়াশা
k Bot Qoʻshdi: ga:Ceo
Qator 33: Qator 33:
[[fr:Brouillard]]
[[fr:Brouillard]]
[[fur:Fumate]]
[[fur:Fumate]]
[[ga:Ceo]]
[[he:ערפל]]
[[he:ערפל]]
[[hr:Magla]]
[[hr:Magla]]

10-Avgust 2009, 12:43 dagi koʻrinishi

Ushbu maqola tabiiy hodisa haqidadir. "Tuman" soʻzining boshqa maʼnolari uchun Tuman maqolasiga qarang.

Santa-Barbara (Kaliforniya, AQSh) shahridagi ikki manzara: chap tomonda ochiq ob-havo, oʻng tomonda esa tuman.

Meteorologiyada tuman atamasi ostida suv bugʻlari, tomchilari yoki muz parchalarining kondensatsiyalashib, yer sirtiga yaqinlashishi va natijada havo shaffofligining kamayishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, tuman yer sirtidagi bulutdir.

Tumanlar hosil boʻlishi suv bugʻining atmosferadagi kondensatsiya yadrolari (tayanch nuqtalari) atrofida yigʻilishi va kondensatsiyalanishidan boshlanadi. Suv tomchilaridan iborat tumanlar odatda −20 °C dan yuqori havo harorati sharoitida kuzatiladi, biroq bunday tuman shakllari −40 °C atrofidagi haroratda ham paydo boʻlgan hollari maʼlum. Bundan quyi haroratlarda muz tumanlari hosil boʻladi.

Tumanlar aholi punktlarida boshqa joylardagiga nisbatan koʻproq hosil boʻladi. Bunga sabab shahar havosida kondensatsiya yadrolari (masalan, avtomobil tutuni va boshqa yonish mahsulotlari) koʻproq boʻlishidir.

Transport vositalari ishiga xalal bergani tufayli ob-havo bashoratlarida boʻlajak tumanlar alohida eslatib oʻtiladi.