Aleksandr: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Khasan azim1 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{boshqa manolari|Iskandar Zulqarnayn|Iskandar|Iskandar (maʼnolari)}}
'''Aleksandr''', '''Iskandar Maqduniy''' ([[Yunon tili]]: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella – 323.13.6, Bobil) – makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.
'''Aleksandr''', '''Iskandar Maqduniy''' ([[Yunon tili]]: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella – 323.13.6, Bobil) – makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.
[[Fayl:Alexander1256.jpg|thumb|]]
[[Fayl:Alexander1256.jpg|thumb|]]

24-Iyun 2022, 06:45 dagi koʻrinishi

Ushbu maqola Iskandar Zulqarnayn haqidadir. Iskandar soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Yunon tili: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella – 323.13.6, Bobil) – makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.

Fayl:Alexander and Bucephalus – Battle of Issus mosaic – Museo Archeologico Nazionale – Naples BW.jpg
Alexander and Bucephalus – Battle of Issus mosaic – Museo Archeologico Nazionale – Naples BW
Achaemenid Empire

Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan ta’lim olgan, harbiy ishni ot-asidan oʻrgangan. 336 yil Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan.

334 yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema boʻlgan.

Aleksandr Granik (334 yil), Iss (333 yil) va Gavgamela (331 yil) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. A. Eronning markaziy shaharlari – Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan.

Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish

Samarqandda Aleksandr tomonidan o’z d’osti Klitni oldirishi, Kastanie rasmi, 19 asr

Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. A. shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda A. boshi va boʻyniga tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.

Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar).

Hindistonga yurish

Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmogʻi) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qoʻshini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi boʻladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qoʻshinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmogʻi) boʻyidan ortga qaytishga majbur boʻladi.A. oʻz davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik koʻrish asnosida bezgak kasaliga yoʻliqib vafot etgan.A. yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar choʻzilgan boʻlib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari boʻlmagan bu saltanat A. vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san’at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 yil) Aleksandr haqida koʻplab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular oʻrta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.

Adabiyotlar

  • Kovalev S. I., Aleksandr Makedonskiy, L., 1937;
  • Trever K., Aleksandr Makedonskiy v Sogde, "Vestnik istorii", 1947, № 5;
  • Bertels Ye. E., Roman ob Aleksandre i yego glavnie versii na Vostoke, M.– L., 1948.