Ohaktoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
[[Fayl:White Cliffs of Dover 2 (Piotr Kuczynski).jpg|thumb]]
[[Fayl:White Cliffs of Dover 2 (Piotr Kuczynski).jpg|thumb]]
'''Ohaktoshlar''' — [[Karbonatli jinslar|karbonatli choʻkindi togʻ jinslari]]. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki [[Organizm|organizmlarning]] skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va [[Karbonatlar|karbonat]]) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida Ohaktoshlar marmarta aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800&nbsp;kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800&nbsp;kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonda]] koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlash-ma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmokda.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
'''Ohaktoshlar''' — [[Karbonatli jinslar|karbonatli choʻkindi togʻ jinslari]]. Tarkibi 50%dan ortiq kalsiydan yoki [[Organizm|organizmlarning]] skeleti qoldiqlaridan, baʼzan aragonit minerali (CaCO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va [[Karbonatlar|karbonat]]) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar; kvars, opal va xalsedon qoʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chakikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpincha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil qiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga qarab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm natijasida Ohaktoshlar marmarga aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarqalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻliq boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800&nbsp;kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800&nbsp;kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) sifatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom-ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. [[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonda]] koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmoqda.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>


== Manbalar ==
== Manbalar ==

21-Iyun 2022, 09:40 dagi koʻrinishi

Ohaktoshlarkarbonatli choʻkindi togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsiydan yoki organizmlarning skeleti qoldiqlaridan, baʼzan aragonit minerali (CaCO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar; kvars, opal va xalsedon qoʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chakikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpincha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil qiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga qarab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm natijasida Ohaktoshlar marmarga aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarqalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻliq boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning erishini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) sifatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom-ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlashma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmoqda.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil