Paradoks: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni to'g'riladim, matnni to'liq va tushunarli holatga aylantirdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k →‎Shuningdek qarang: paradokslar ro'yhati umumiylashtirilgan ro'yhatga almashtirildi
Qator 6: Qator 6:


== Shuningdek qarang ==
== Shuningdek qarang ==
* [[Paradokslar roʻyxati]]
* [[Paradokslar umumiy ro'yhati]]


== Manbalar ==
== Manbalar ==

28-May 2022, 00:23 dagi koʻrinishi

Paradoks (qadimgi yunoncha: παράδοξος — „kutilmagan“, „gʻalati“) — koʻpchilik tomonidan qabul etilgan anʼanaviy fikr, tajribaga oʻz mazmuni yoki shakli bilan keskin zid boʻlgan, kutilmagan mulohaza, muhokama. Har qanday paradoks „shubhasiz toʻgʻri“ (asoslimi, asossizmi, bundan qatʼiy nazar) hisoblangan u yoki bu fikrni inkor etishdek koʻrinadi. „paradoks“ terminining oʻzi ham dastlab antik falsafada har qanday gʻalati, original fikrni ifodalash uchun ishlatilgan.

Mantiqda paradokslar formal mantik, qoidalariga rioya qilib fikr yuritishda baʼzan yuzaga keladi. Mantiqda paradokslarni haqiqatdan chekinish, deb bilish oʻrinlidir. Shuning uchun antinomiya, aporiya, ziddiyat paradoksning sinonimlari deb hisoblash mumkin. Paradoks bir-birini istisno qiluvchi ikki fikrni bab-baravar isbot qilish mumkinligini bildiradi. Mantiqiy paradokslar, odatda, mantiqiy asoslari toʻla aniqlanmagan na-zariyalarda uchraydi.

Ilmiy muhokamada paradoks paydo boʻlishining asosiy sababi inson bilish jarayonining murakkab dialektik harakterga egaligi va bunda shakl va mazmunning oʻzaro ziddiyatli munosabatda boʻlishidadir. Paradokslarni bartaraf etishning universal yoʻli yoʻq. Mantiq va matematikada ayrim paradokslarni bartaraf qilish usullari ishlab chiqilgan.[1]

Shuningdek qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil