Tilshunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qushdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4: Qator 4:
'''Tilshunoslik''', lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.

Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang [[Diaxroniya]], [[Sinxroniya]]). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.
Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va [[Soʻz birikmasi|soʻz birikmalari]] sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang [[Diaxroniya]], [[Sinxroniya]]). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.

T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.

19-Aprel 2022, 12:58 dagi koʻrinishi

Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.

Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.

Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang Diaxroniya, Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.

T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.

T. muammolarini oʻrganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. av. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. av. 5 —4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning "Grammatika"si va boshqalar). Soʻzlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-asr). Qad. yunon T.ning kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bogʻliq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon T. asosida lotin T. vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari).

Keyinchalik arab (Bagʻdod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-asrlardagi asarlari) va turkiy (Koshgʻariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai boʻladi. Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining "Devonu lugʻotitturk", "Muqaddimat uladab" asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-asr lardan boshlab taraqqiy qildi.

M. V. Lomonosovning "Rus fammatikasi" asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi.

Uygʻonish davrida antik dunyo madaniy merosiga boʻlgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy yevropa tillarini mantiqiy asosda oʻrganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qoʻllanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini oʻrganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning , tillar oilalarining , asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va boshqalarda muvaffaqiyatlarga erishdi. T.dagi qiyosiytarixiy yoʻnalishning rivojlanishiga nemis olimlari F. Bopp, Ya. Grimm, A. F. Pott, A. Shleyxer, A. Dits, daniyalik R. K. Rask, chexiyalik Y. Dobrovskiy, avstriyalik F. Mikloshich, rus olimi A. X. Vostokov va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Umumiy T. asoslari, tilni "faoliyat" va "faoliyat mahsuli" sifatida tushunish, tilning tashqi va ichki shakli haqidagi taʼlimot, tillarning tipologii tasnifi va boshqa muammolar nemis olimi V. Gumboldt tomonidan ishlab chiqildi. Uning fikrlari 19—20-asrlar gʻarb T.ning bir qancha yoʻnalishlari rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumboldt T. mantiqiylikdan qutulishi va oʻz metodiga ega boʻlishi kerakligini, tilning tizim xususiyatiga egaligini, uning 2 jixdti — tovush va maʼnosi borligini qamda ijtimoiy hodisaligini asosli bayon qildi. 19-asr oʻrtalarida A. Shleyxer T.da biologik nazariyalarni qoʻllashga urinib koʻrdi.

Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va boshqalar) maktabi shakllanib, u asosiy eʼtiborni jonli tillarni oʻrganishga karatdi. Ushbu maktab vakillari qiyosiytarixiy T.ning rivojini yangi bosqichga olib chiqdilar. 19-asrda hindevropashunoslikning asosiy tarmoqlari (ellinistikayunonshunoslik, romanistika, germanistika, slavyanshunoslik, keltshunoslik va boshqalar) batamom shakllanib boʻldi. Hindevropa tillari uchun ishlab chiqilgan qiyosiytarixiy metod tamoyillari ushbu oilaga kirmaydigan boshka tillarga ham tatbiq etildi. Shu tarika semitologiya, turkiyshunoslik, finugorshunoslik, afrikashunoslik kabi sohalar shakllanadi. T.ning 20-asr boshlaridagi rivojlanishida Ferdinand de Sossyurnnnt asarlari, birinchi navbatda, "Umumiy tilshunoslik kursi" (1916) muhim rol oʻynadi. Sossyur tilning belgi nazariyasini yaratdi, sinxroniya va diaxroniya, ichki lingvistika, tashki lingvistika va boshqa muammolarni tadqiq qildi. F. de Sossyur gʻoyalari keyinroq paydo boʻlgan lingvistik strukturalizm maktablarida: Praga lingvistik maktabi — funksional tilshunoslik, Kopengagen lingvistik toʻgaragi (glossematika), Jeneva maktabi, Amerika deskriptiv (tavsifiy) T.da yanada rivojlantiriladi.

Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yoʻnalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yoʻnalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yoʻnalishga qoʻshiladi), neyrolingvistika va boshqa Materialistik dunyoqarashning keng yoyilishi bilan eksperimental fonetika va lingvistik geografiya xam rivojlana boshladi. Keyinchalik T.da yangi yoʻnalish va boʻlimlar: psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, semiotik lingvistika, transformatsiyey lingvistika, matn lingvistikasi va boshqa paydo boʻladi. Hozirgi xorijiy T.da materialistik nazariyalar bilan bir qatorda idealistik tamoyillarga asoslangan nazariyalar ham (mas., lisoniy nisbiylik nazariyasi yoki yangi gumboldtchilik) mavjud.

Oʻzbek T. tarixi Mahmud Koshgʻariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzok, tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 15-asrdan 20-asr 20-yillarigacha oʻzbek tilini oʻrganishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor berildi (qarang Leksikografiya, Lugʻat), koʻplab ikki tilli (oʻzbekchaforscha, oʻzbekchaturkcha, oʻzbekcharuscha va aksincha tartibda) lugʻatlar tuzildi — T.ning leksikologiya va leksikofafiya boʻlimlari rivojlandi. Oʻzbek tilini hozirgi maʼnoda oʻrganish 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Shoʻro davrida olib borilgan til siyosati, rus tilining jamiyatdagi mavqeini haddan ziyod oshirib koʻrsatish oqibatida tilni, til hodisalarini oʻrganish, tavsif va tadqiq etishda (ayniqsa, oʻzbek tili grammatikasini oʻrganishda) muayyan kamchilik va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsada, oʻzbek T. rivojlanib, maʼlum yutuklarga erishdi. Oʻzbek T. rivojiga Fitrat, K Ramazon, Otajon Hoshim, S. Ibrohimov, Olim Usmon, 3. Maʼrufov, Faxri Kamol, A. Gʻulomov, F. Abdullayev, Sh. Shoabduragʻmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, M. Asqarova, X. Doniyorov, Sh. Shukurov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, E. Begmatov kabi olimlarimiz, rus tilshunoslaridan Ye. D. Polivanov, A. K. Borovkov, K. K. Yudaxin, A. N. Kononov, A. M. Shcherbak, V. V. Reshetov va boshqa katta xissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda T. muammolari Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Tip va adabiyot institutoʻ, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining tilni oʻrgatish bilan bogʻliq kafedralari tomonidan oʻrganiladi, maxsus "Oʻzbek tili va adabiyoti" jurnali nashr etiladi. == Adabiyot ==

  • Obsheye yazikoznaniye. Formoʻ sushestvovaniya, funksii, istoriya yazika, M., 1970; Obsheye yazikoznaniye. Vnutrennyaya struktura yazika, M., 1972; Obsheye yazikoznaniye. Metodi lingvisticheskix issledovaniy, M., 1973; Berezin F. M ., Istoriya lingvisticheskix ucheniy, 2izd., M., 1984; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998; Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Lingvistika (lotincha: lingua - til) - til haqidagi fan (k,. Tilshunoslik).[1]

Qiyosiy tilshunoslik-tillarning universal xarakterlarini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan fandir. Tarixiy tilshunoslik-tillarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va oʻzgarishini oʻrganuvchi fandir.Ramziddin

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil