Assimilyatsiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rtfroot (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Rtfroot (munozara | hissa)
Qator 5: Qator 5:


* [[Metabolizm]]
* [[Metabolizm]]
* [[Dissimilyasiya]]


== Adabiyotlar ==
== Adabiyotlar ==

3-Aprel 2022, 07:41 dagi koʻrinishi

Assimilyatsiya (lotincha: assimulatio – birikish, oʻzlashtirish, oʻxshatish) – (biologiyada) tirik organizmlar uchun xos boʻlgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur mu-rakkab moddalar hosil boʻlishi. Assimilyatsiya – ti-riklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Assimilyatsiya jarayonida organizmning oʻsishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida foydalanila-digan moddalar toʻplanishi ta’minla-nadi. Termodinamika nuqtai nazaridan organizmlar ochiq sistema boʻlib, ularga tashqi muhitdan energiya kelib turadi. Tirik organizmlar uchun quyosh nuri dast-labki energiya manbai hisoblanadi. Yer yuzida uchraydigan barcha tirik organizmlar energiya manbalaridan foydalanish xususiyatlariga koʻra avtotrof va gete-rotrof guruhgaajratiladi. Faqat avto-troflar (yashil oʻsimliklar) quyoshning energiyasidan fotosintez jarayonida or-ganik moddalar (uglevodlar, oqsillar, yogʻlar) sintez qilishi mumkin. Xemosin-tezlovchi mikroorganizmlardan tashqari barcha organizmlar (geterotroflar) tay-yor organik moddalarni Assimilyatsiya qiladi, ya’ni ulardan energiya manbai yoki qurilish materiali sifatida foydalanadi. Assimilyatsiya jarayonida geterotroflar organizmida oqsillar dastlab aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni biologik individu-allik xususiyatini yoʻqotadi, soʻngra har bir organizmning oʻzi uchun xos boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Tirik organizmda uni tash-kil etuvchi qismlarning yan-gilanishi parchalanish (dissimilyatsiya) va sintezlanish (Assimilyatsiya) tufayli toʻxtovsiz davom etadi. Mas, katta yoshdagi odam organizmida oqsillar taxminan 2,5 yil da-vomida toʻliq almashinadi. Assimilyatsiyaning institutensivligi va bu jarayonning dissimi-lyatsiyaga nisbati organizmlar turi hamda yoshiga bogʻliq. Assimilyatsiya organizmlar oʻsayotgan davrda, ya’ni yosh hayvonlar organizmida, oʻsimliklarning butun hayoti davomida jadal kechadi. Assimilyatsiya anabolizm jarayoniga oʻxshash, lekin undan oziqning iste’mol qilinishi va organizmda oziq moddalarning toʻplanishi, ya’ni hujayradan tashqarida boradigan jarayonlarni ham oʻz ichiga olishi bilan farq qiladi.

Yana q.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil