Hukumat: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13: Qator 13:


Oʻzbekistonda H. Vazirlar Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. H. tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi (yana q. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]]).
Oʻzbekistonda H. Vazirlar Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. H. tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi (yana q. [[Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi]]).
== Manbalar ==

{{manbalar}}
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}



27-Fevral 2022, 09:31 dagi koʻrinishi

Hukumat boshqaruvi shaklk boʻyicha davlatlar. 2021-yil ma'lumotlari asosida.
  Prezidentlik respublikasi, prezidentning toʻliq hokimligi
  Parlament respublikasi, preziddntning ijro hokimligi parlamentga bog'liq
  Aralash respublika
  Parlamentlik konstitutsion monarxiya, monarx haqiqiy hokimiyatga ega emas
  Konstitutsion monarxiyalar, monarx haqiqiy hokimiyatga ega, ba'zida (har doim emas) zaif parlament bilan
  Konstitutsiyad mustaxkamlab qoʻyilgan yagona partiya hukjmronligidagi respublika
  Hukjmat toʻgʻrisidagi asosiy qonjni mavjud bo'lmagan davlatlar yoki harbiy diktatura
  Yuqorida berilganlarning birortasiga ham kirmaydigan davlatlar

Hukumat — davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. partiya-siz, bir partiyali va koalitsion boʻlishi mumkin. H. tuzish tartibi boshqa-ruv shakliga bogʻliq boʻladi. Parlamen-tar mamlakatlarda H.ni davlat boshligʻining topshirigʻiga koʻra bir palatali parlamentda yoki ikki pala-tali parlementning quyi palatasida koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning yetakchisi (koalitsion H.da — partiyalar yetakchilaridan biri) — tomonidan shakllantiriladi. Prezidentlik respublikalarida H. prezi-dent tomonidan shakllantiriladi, bunda bir qator mamlakatlarda (Be-lorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqalar) prezident tomonidan tayinlangan H. aʼzolarining har biri parla-ment tomonidan tasdiqlanishi kerak. H. aʼzolari (vazirlar, davlat kotiblari va boshqalar) davlat boshqaruvining muayyan markaziy idoralariga boshchilik qiladilar. Parlamentar mamla-katlarda ular, odatda, parlement aʼzolari boʻlishi kerak, prezidentlik respublikalarida va qoidaga koʻra, yarim prezidentlik respublikalarida ham vazirlik lavozimi va deputatlik man-datini birga qoʻshib olib borish mumkin emasligi qoidasi amal qiladi. Parlamentar davlatlarda H. parlament oldida (ikki palatali parlementda — quyi palata oldida) kollegial tarzda javobgar boʻladi. Parlamentdagi koʻpchilik tarqalib ketganda (mas, huku-mat koalitsiyasi boʻlganda) H. isteʼ-foga ketishi kerak yokl parlament tarqatib yuborilib, muddatidan ilgari saylovlar oʻtkazish lozim boʻladi. federativ davlatlarda markaziy H. va federatsiya tarkibiga kiruvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, viloyatlar) H.i mavjud boʻladi. H.yo toʻliq tarkibda ishlashi mumkin, yoki H. boshligʻi bir muncha tor kollegiya (Buyuk Britaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda — kabinet) — tuzadi. H. oʻz tarkibidan yordamchi hukumat qoʻmitalari tashkil etishi mumkin. H. qarorlari siyo-siy direktivalar tusida ham, norma-tiv hujjatlar yoki qonun loyihalari koʻrinishida ham rasmiylashtiriladi (odatda alohida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladi), keyin parla-ment tasdigʻiga kiritiladi.

Oʻzbekistonda H. Vazirlar Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. H. tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi).

Manbalar