Kontent qismiga oʻtish

Siyosiy partiyalar: Versiyalar orasidagi farq

k
tahrir izohi yoʻq
k (Bot v1: Tuzatmalar)
kTahrir izohi yoʻq
'''Siyosiy partiyalar''', ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari , Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
 
Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang [[Jadidchilik]]). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Sp. shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang [["Milliy ittihod"]], [[Yosh buxoroliklar]], [[Yosh xivaliklar]]). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.
21

ta tahrir