Pessimizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 188.113.209.191 tahrirlari 82.215.106.14 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 14: Qator 14:
# Demak, bizning olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar diapazoning eng tubida, hayot shakllarini oʻzida asray olmaydigan olamdan atigi bir pogʻona yuqorida ekan.
# Demak, bizning olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar diapazoning eng tubida, hayot shakllarini oʻzida asray olmaydigan olamdan atigi bir pogʻona yuqorida ekan.
# Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar ichida '''eng yomonidir'''.
# Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar ichida '''eng yomonidir'''.
# Ammo talabaning boshqa ancha xavfli dushmani borki, u xatto kollej davridan boshlab o'z halokatini keltirib chiqaradigan bu zaiflik,muvaffaqiyatga umidsiz kurashga hali kirmagan pessimistlikni olib kiradi.(Jules Payot "Iroda tarbiyasi" kitobidan)
== Mashhur pessimistlar ==
== Mashhur pessimistlar ==
* [[Arthur Schopenhauer]]
* [[Arthur Schopenhauer]]

6-Fevral 2022, 19:28 dagi koʻrinishi

Optimizmga teskari oʻlaroq, pessimizm idishning yarmi boʻsh, deydi

Pessimizm (lot. pessimus - "eng yomon") yoki badbinlik mavjud olam, tor maʼnoda hayot boʻlishi mumkin variantlar ichida eng yomonidir, deb qarovchi falsafiy oqimdir. Pessimistlar yomonlik badiiy asarlarda tasvirlanadigan hayotdagidan farqli oʻlaroq yaxshilik ustidan gʻalaba qilmaydi, deb fikrlashadi.

Pessimizm (lot. pessimum — eng yomon) — dunyoga, hayotga gʻamginlik, umidsizlik bilan qarash, kelajak yaxshi boʻlishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. P. optimizmga qaramaqarshisi boʻlib, olamda avvalam bor uning salbiy tomonlarini koʻradi, olam umid qilib boʻlmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi — boshdan oxirigacha maʼnisizlikdan iborat deb hisoblaydi. P.ning diniy ifodasi buddizmda, Qadimgi axdsa va xristianlikda aks etgan. Melanxoliya — P.ning patologik shakli. Falsafiy P. Shopengauer va Gartman asarlarida koʻzga tashlanadi. P.ga moyil odam pessimist deyiladi.[1]

Pessimizm tushunchasining falsafaga kirib kelishiga mashhur ekzistensialist Arthur Schopenhauer ishlari turtki boʻlgan. Schopenhauer'ning pessimizmi odamni ochlik, jinsiy mayl kabi instinktlar boshqaradi, inson shu instinktlarini qondirishga harakat qilib oʻlib ketaveradi, hayot tayinli maqsadsiz qolaveradi, qabilidagi fikrlarida namoyon boʻladi.

Olamimiz eng yaxshi ekanligini urgʻulovchi diniy argumentdan foydalanib falsafiy pessimizm foydasiga Schopenhauer keltirgan mantiqiy taʼkid quyidagichadir:

  1. Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan olamlar diapazonida joylashgan boʻlsin. Olamimiz shu diapazonning qayerida ekanligini (eng yaxshi, eng yomon, oʻrta va hk.) aniqlash kerak.
  2. Olam yaxshi-yomonligi unda hayotning yuksak shakllari rivojlana bilishi va yashab qola olishi bilan belgilansin.
  3. Olamimizda mavjud yuksak hayot shakllari (masalan, primatlar) rivojlanishi va yashab qolishi oʻta mushkul ishdir. Zero, mavjud sharoitning oz boʻlsa-da yomonlashuvi shu hayot shakllarining butkul yoʻqolib ketishiga bemalol olib kela oladi.
  4. Demak, bizning olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar diapazoning eng tubida, hayot shakllarini oʻzida asray olmaydigan olamdan atigi bir pogʻona yuqorida ekan.
  5. Biz yashayotgan olam mavjud boʻlishi mumkin olamlar ichida eng yomonidir.

Mashhur pessimistlar

Shuningdek

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Pessimizm haqida sahifa mavjud.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil