Milliy stadioni: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Milliy Stadionidan koʻchirildi
(Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish))
(Milliy Stadionidan koʻchirildi)
Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
 
== Tarixi ==
Stadion qurilishi 2009-yilda boshlangan. Stadionning ilk poydevorini qo‘yishda Ispaniyaning “[[Barselona (futbol klubi)|Barselona]]” futbol klubining o‘sha paytdagi prezidenti Joan Laporta va [[Oʻzbekiston|O‘zbekiston]] futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov ishtirok etgan. Stadion qurilishi 2012 yil avgust oyida yakunlangan. Stadionning ochilishi, 2012-yil 28-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – [[Islom Karimov]] ishtirokida o‘tkazilgan, shuningdek, muxlislar va tomoshabinlar bilan to‘la bo'lgan. Stadionning tantanali ochilishi taniqli o‘zbek estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari bilan bo'lgan, shuningdek, Toshkentning “[[Bunyodkor PFK|Bunyodkor]]” va “[[Paxtakor (futbol klubi)|Paxtakor]]” futbol klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Stadionning ochilishi O‘zbekiston futbolining 100 yilligiga to‘g‘ri kelgan. 2018-yil 11-iyunda FAU Ijroiya qo'mitasining qarori bilan nom "Milliy" ga o'zgartirilgan.
 
== Tavsifi ==
Stadion [[Toshkent|Toshkent shahri]], Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan. Milliy Stadioni - 34 000 tomoshabinga moʻljallangan, ikki qavatli va 50 dan ortiq sektorga ega. VIP (taxminan 50 o'rin / kabina) va CIP (700 o'rinli) qutilari mavjud. Nogironlar aravachasida foydalanuvchilar uchun bir necha o'nlab joylar mavjud. Stadionda restoran va kafe-barlar, tez ovqatlanish korxonalari, hojatxonalar, fitnes klublari va boshqa ob'ektlar va punktlar mavjud.
 
Ikkita yirik monitor, zamonaviy yoritish tizimi – 3000 lyuks, zamonaviy audiotizim, futbolchilar va jamoa a’zolari uchun to‘rtta kiyim almashtirish xonasi, konferensiya zali va boshqa yordamchi xonalar va jihozlar mavjud. Stadion ostida 350 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh mavjud. Shuningdek, stadion hududida “O‘zbekiston futboli tarixi muzeyi” joylashgan bo‘lib, unda “Bunyodkor” futbol klubining kuboklari, shuningdek, futbolga oid boshqa buyumlar, fotosuratlar va ko‘rgazmalar taqdim etilgan. Stadion maydoni zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradi. Maydonning o'lchami 105 ga 68 metrni tashkil qiladi.
 
“Milliy” stadioni majmuasi 37 gektar maydonni egallab, asosiy stadiondan tashqari yana yettita zamonaviy maydonga ega. Shuningdek, majmua hududida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari hamda boshqa infratuzilma ob’ektlari joylashgan. Kechqurun stadion fasadini “Sharq alangasi” deb nomlangan yoritish tizimi yoritadi.
 
== Suratlar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Havolalar ==
* {{Web manbasi|url=https://olympic.uz/ru/8351|title=Стадион “Бунёдкор” переименован в “Миллий”|website=Olympic.uz|accessdate=2021-12-11|deadlink=no}}
 
== Tashqi havolalar ==

Navigatsiya