Kort — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
Oʻzgarish mavjud emas ,  2 oy oldin
→‎top: Bot v1: fix
(→‎top: Bot v1: fix)
 
'''Kort''' (ing . court — hovli) — tennis oʻynaladigan maydon. Yakkalik oʻyinlar uchun K.ning oʻlchami 23,77 x 8,23 (juftliklar uchun 23,77x10,97) m boʻlib, koʻndalang chizigʻi oʻrtasiga metall chilvir yordamida toʻr tortiladi. Toʻrning maydon oʻrtasidagi balandligi 0,914 m, chekka ustunlari oldidagi balandligi 1,07 m. Markaziy chizikdan 6,4 m uzoqlikda uzatish chizigʻi chegarasi oʻtkaziladi va bu may-donchalar teng 2 ga boʻlinadi. Chiziklarning kengligi 5 sm. K.ning orqa chizigʻidan 6,4 m gacha, yon chizigʻidan 3,7 m gacha oʻyin maydoni boʻlishi lozim. Koptok ketib qolmasligi uchun maydon toʻr bilan oʻraladi. K.lar qumli, maysali, qattiq va sintetik qoplamali boʻlishi mumkin. Dastlabki K. Fransiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan, 1529 -yilda Parijda bunyod etilgan. Toshkentda ilk K. 1903 -yilda qurilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 530 ta kort bor (2002). Toshkent shahridagi "Yunusobod", "Dinamo" va viloyatlar markazlaridagi K.lar jahon andozalariga javob beradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
204 000

ta tahrir

Navigatsiya