Ohaktoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch.da → ishlab chiqarishda (3) using AWB
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 6: Qator 6:
{{no iwiki}}
{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}


[[Turkum:Petrologiya]]
[[Turkum:Petrologiya]]

20-Noyabr 2021, 18:45 dagi koʻrinishi

Ohaktoshlar — karbonatli choʻkin-di togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. O.ning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli O.; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli O.; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan O. deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang . Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen O., foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida O. marmarta aylanadi. O. eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. O. barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. O.ning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali O.). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli O. nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli O. esa, yaxshi silliklanadi. O. sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. O. muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab O. qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlash-ma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmokda.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil