Muvozanat: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 6: Qator 6:
{{no iwiki}}
{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}





20-Noyabr 2021, 18:28 dagi koʻrinishi

Muvozanat — 1) mexanikada — bironbir aniq mexanik tizimga (jismga) taʼsir koʻrsatayotgan barcha kuchlar oʻzaro tenglashgan holat. Jism barqaror, nobarqaror va befarq M.da boʻlishi mumkin. Jism M. holatidan biroz ogʻganidan soʻng yana eski holatiga qaytsa, bunday holat barqaror M. holati deb ataladi (rayem, a). Agar jism M. holatidan bir oz ogʻganidan keyin bu holatdan borgan sari uzoklasha boshlasa, bunday holat nobarqaror M. holati boʻladi (rasm, 6). Jism M. xrlatidan biroz ogʻganidan keyin yangi holatida qolsa, bunday holatga befarq M. holati deyiladi (mas, gorizontal sirtdagi shar) (rasm, v); 2) termodinamik M. — bironbir tizimning barcha qismlarida temperatura, bosim va boshqa makroskopik parametrlar bir xil boʻladigan holat. Har qanday izolyasi-yalangan tizim vaqt oʻtishi bilan shunday M. holatiga erishadi; 3) Kimyoviy muvozanat — kimyoviy reaksiya borayotgan tizimning faqat qaytar reaksiyalar yuz beradigan holati. Bunday M. holatidagi tizimning holati parametrlari vaqtga bogʻliq boʻlmaydi, tarkibi barqaror boʻladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil