Maksim Gorkiy: Versiyalar orasidagi farq
Xatoni to‘g‘irladim va biroz o‘gacha matn qo‘shdim Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 1: | Qator 1: | ||
[[ |
[[Fayl:Maxim Gorky 1902 by Savely Sorin.jpg|thumb|Gorkiy Maksim, 1902]] |
||
'''Maksim Gorkiy''' (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov; 1868.16.3, [[Nijniy Novgorod]] — 1936.18.6, [[Moskva]]) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. |
'''Maksim Gorkiy''' (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov; 1868.16.3, [[Nijniy Novgorod]] — 1936.18.6, [[Moskva]]) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. |
||
Qator 11: | Qator 11: | ||
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. |
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. |
||
⚫ | |||
{{DEFAULTSORT:Gorkiy, Kamsim}} |
{{DEFAULTSORT:Gorkiy, Kamsim}} |
||
⚫ |
5-Oktyabr 2021, 16:42 dagi koʻrinishi
Maksim Gorkiy (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov; 1868.16.3, Nijniy Novgorod — 1936.18.6, Moskva) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi.
Gorkiy bir qator roman ("Foma Gordeev", 1899; "Uchovlon", 1990—01 va boshqalar), hikoya ("Konovalov", "Chelkash" va boshqalar) va dramatik asarlar ("Meshchanlar", "Tubanlikda", 1902; "Chorbogʻchilar", 1904 va boshqalar) muallifi. "Tubanlikda" pyesasida yozuvchi shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan tasvirlab bergan. "Ona" (1907) romanida birinchi boʻlib adabiyotda inqilobiy kurashga xayrixoqlik bildirgan. "Bolalik" (1913—14), "Odamlar orasida" (1915—16), "Mening dorilfununlarim" (1923) qissalari avtobiografik asarlardir. Gorkiy Sharq xalqlari tarixi bilan qiziqib, "Italiya ertaklari" (1911 — 13) asarida Sharq mifologiyasidan oʻz badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzoqlashgan obrazini chizdi. Gorkiy mehnatkash ommaning Lenin rahbarligida 1917 -yilning oktabrida mamlakatni ostin-ustun qilish, koʻplab begunoh kishilarning qonlarini toʻkish hisobiga tarixiy jarayonni oʻzgartirmoqchi boʻlganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, koʻpgina yozuvchilarni bolsheviklarning taʼqibidan saqlab qoldi. U oʻsha vaqtdagi vaziyatda Rossiyada sotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblardi. Avval xalqning madaniy saviyasini koʻtarish, soʻng inqilob qilish mumkin, deb oʻylagan ("Bemavrid fikrlar" publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik u oʻzi qarshi boʻlgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay oʻtib ketadi. Gorkiy bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. "Artamonovlar ishi" romani (1925)da yangi tarixiy avlodning gʻalabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. "Jahon adabiyoti" nashriyoti, "Shoir kutubxonasi", "Ajoyib kishilar hayoti" va b. kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob gʻalabasi muqarrarligi "Yegor Bulichev va boshqalar", "Dostigayev va boshqalar" (1933), "Vassa Jeleznova" (2-nashri, 1935) pyesalarining bosh mavzuidir. "Klim Samginning hayoti" roman-epopeyasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-asr boshlaridagi gʻoyaviy-ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan. Gorkiy chet elda (1921—31) va Rossiyaga qaytganidan keyin zamonaviy adabiyot gʻoyaviy-estetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi va shu yoʻsinda kompartiyaga adabiyotni oʻz monopoliyasidagi gʻoyaviy qurolga aylantirib olishiga koʻmaklashadi. Sovet davlati rahbarlari Gorkiyning katta xalqaro obroʻsidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalandilar. Ularning makriga aldangan Gorkiy 30-yillar boshlaridagi qatagʻon siyosatini tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbir, deb tushundi. Gorkiy ijodi taʼsirida boshqa milliy adabiyotlarda ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar koʻplab yaratildi. Uning asarlari 30-yillarning boshida dastlab Choʻlpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pyesalari Oʻzbekiston teatrlarida sahnalashtirilgan.U Maksim Gorkiy buyuk shoirdir.
Manbalar
- Asarlar [10 jildli], T., 1968—78. Naim Karimov, Shuhrat Rizayev.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.