Moniylik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎Manbalar: tuzatish
Qator 17: Qator 17:
{{manbalar}}
{{manbalar}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}





21-Sentyabr 2021, 18:46 dagi koʻrinishi

Moniylik (forscha: آیین مانی Ãyīnⁱ Mānī)[1] — 3-asrda Eronda[2] vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy.[3][4] Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi oʻzaro kurashni eʼtirof etishga asoslanadi. Hyp, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka koʻra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik taʼlimotiga koʻra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi)dan iborat mavjudot boʻlgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik gʻoyalari mavjud. Moniylik dunyoning koʻp mamlakatlariga, jumladan, Italiyadan to Xitoyga qadar tarqalgan. 8-asrda Uygʻur xonligida hukmron dinga aylangan. Moniylik 8—9-asrlarda islom tarafdorlarining taʼqibiga uchradi. Keyinchalik Yevropa va Osiyoda barham topdi. Xitoyda u 14-asrga kelib taqikdandi.[5]

Manbalar

  1. R. van den Broek, Wouter J. Hanegraaff Gnosis and Hermeticism from Antiquity to Modern TimesSUNY Press, 1998 ISBN 9780791436110 p. 37
  2. "Mani (Iranian prophet)". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/362129/Mani. Qaraldi: 4 October 2013. 
  3. "Manichaeism". Encyclopædia Britannica. Archived from the original on 3 June 2013. https://web.archive.org/web/20130603132721/http://www-bcf.usc.edu/~sbriggs/Britannica/manichaeism.htm. Qaraldi: 4 September 2013. 
  4. „Manichaeism“. New Advent Encyclopedia. Qaraldi: 2013-yil 4-oktyabr.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil