Windows 11: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Qator 35: Qator 35:
== Tizim talabnomasi ==
== Tizim talabnomasi ==
Windows 11 faqat 64 bitli versiyada taqdim etiladi. Eʼlon qilingan vaqtda minimal tizim talablari: ikki yoki undan koʻp yadroli 1 gigagertsli [[protsessor]], 4 GB [[tezkor xotira]] (DDR), 64 GB ichki xotira hamda DirectX 12/WDDM (Windows Display Driver Model) 2.xʼni qoʻllab-quvvatlovchi video karta boʻlishi lozimligi aytilgan.
Windows 11 faqat 64 bitli versiyada taqdim etiladi. Eʼlon qilingan vaqtda minimal tizim talablari: ikki yoki undan koʻp yadroli 1 gigagertsli [[protsessor]], 4 GB [[tezkor xotira]] (DDR), 64 GB ichki xotira hamda DirectX 12/WDDM (Windows Display Driver Model) 2.xʼni qoʻllab-quvvatlovchi video karta boʻlishi lozimligi aytilgan.

==Manbalar==
{{Manbalar}}


[[Kategoriya: Windows]]
[[Kategoriya: Windows]]

12-Sentyabr 2021, 14:17 dagi koʻrinishi

Operatsion tizim
Windows 11
Ishlab chiquvchi Microsoft
OT oilasi Microsoft Windows
Negizi Windows 10
Negiz kodi yopiq manbali (tizimdagi ayrim ilovalar ochiq manbalidir)
Soʻnggi versiyasi 23H2 10.0.22631.3155[1] va 24H2 10.0.26063.1[2]
So’nggi test versiyasi 23H2 10.0.22631.3155[1] va 24H2 10.0.26063.1[2]
Qo’llash tillari 110 ta tilni qoʻllab-quvvatlaydi
Qo’llaydigan platformalari x64, ARM64
Yadro tipi gibrid (Windows NT)
Holati sinovda
Oldingisi Windows 10

Windows 11Windows 10 operatsion tizimining davomchisi hisoblanib, Microsoft tomonidan Windows NT oilasiga mansub boʻlgan shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimdir. Uning ilk taqdimoti 2021-yil 24-iyunda boʻlib oʻtdi. Taxminlarga koʻra, operatsion tizim rasman 2021-yil 5-oktyabrda chiqarilishi rejalashtirilgan[3][4].

Ishlab chiqish tarixi

Windows 10 operatsion tizimi chiqarilgandan soʻng, Microsoft bu «Windowsning soʻnggi versiyasi» boʻlishini aytdi[5][6]. Operatsion tizim vaqt oʻtishi bilan yangi tuzilmalar va yangilanishlar chiqarilishi kerak boʻlgan xizmat deb qaraldi. Biroq, Windowsning yangi versiyasi yoki qayta ishlab chiqilishi haqidagi taxminlar 2021-yil yanvar oyida, Microsoft tomonidan «Windowsni vizual yoshartirishi»ga tegishli ish roʻyxati eʼlon qilinganidan keyin paydo boʻldi[7]. Xabar qilinishicha, «Sun Valley» (Quyoshli oʻlka) kod nomi ostida ishlab chiqilgan Windows uchun vizual yangilanish tizim foydalanuvchi interfeysini qayta loyihalashtirishga moʻljallangan[8]. 2021-yil 15-iyunda Internet tarmogʻida Windows 11 operatsion tizimining taxmin qilingan beta versiyasi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Unda ishlab chiqish bekor qilingan Windows 10X interfeysiga oʻxshash interfeys, shuningdek Windows 11 uchun qayta ishlangan koʻrinish va savdo belgisi namoyish etildi[9].

Microsoft Build 2021 dasturchilar konferentsiyasida Microsoft bosh direktori Satya Nadella Windowsning keyingi avlodi haqida soʻz yuritdi. U bir necha oydan beri yangi operatsion tizim ustida ishlanayotganligi hamda yaqin orada uning rasmiy taqdimoti boʻlishini aytdi[10]. Nadella nutqidan bir hafta oʻtib, Microsoft Windowsning 2021-yil 24-iyunga rejalashtirilgan tadbiriga taklifnoma yuborishni boshladi[11][12]. 21-iyun kuni Microsoft Windows 11 ustida ishlayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

24-iyun kuni Microsoft Windows 11 rasmiy taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir 11:00 (Nyu-York vaqti bilan), 16:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlandi. Unda bolgʻusi operatsion tizim yangiliklari namoyish etildi.

Funksiyalari

Foydalanuvchi interfeysi va dizayni

Tizim Microsoft Fluent Design koʻrsatmalariga muvofiq yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega; butun tizimda shaffoflik, soyalar va yumaloq burchaklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi[13]. Qayta ishlangan Ishga tushirish («Pusk») menyusi joriy etildi, u vazifalar paneli oʻrtasida joylashgan (lekin uni avvalgidek joylashtirish mumkin), jonli plitkalar mavjud emas. Vazifalar paneli ham markazlashtirilgan va soddalashtirilgan[9]. Windows 10ʼda ilgari taqdim etilgan Vazifalarni koʻrish funksiyasi yangilangan dizayn asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek yangi tizim ikonkalari, tovushlar va vidjetlar qoʻshilgan[14].

Windows 11 yangilangan Segoe UI Variable shriftini oʻz ichiga oladi. Shrift oldingi Segoe UI shriftida hisobga olinmagan zamonaviy yuqori DPI displeylarini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan[15].

Ishlab chiquvchilar Windows 11ʼda fon vazifalari bilan ishlashni yaxshiladilar, bu esa uni avvalgidan koʻra tezroq va samaraliroq ishlashini taʼminlashga olib keladi.

Kirish va oʻchirish ekranlari uchun standart koʻk rang sxemasi qora rang bilan almashtirildi. «Oʻlik koʻk ekran» (BSOD) ham qora rangga oʻzgartirilgan[16].

Vidjetlari

Vazifalar panelidagi tugmani bosish orqali vidjet paneli mavjud. Vidjetlar MSN xizmatidan yangiliklar, sport, ob-havo hamda moliyaviy maʼlumotlarni koʻrsatib boradi[17][18].

Tizim talabnomasi

Windows 11 faqat 64 bitli versiyada taqdim etiladi. Eʼlon qilingan vaqtda minimal tizim talablari: ikki yoki undan koʻp yadroli 1 gigagertsli protsessor, 4 GB tezkor xotira (DDR), 64 GB ichki xotira hamda DirectX 12/WDDM (Windows Display Driver Model) 2.xʼni qoʻllab-quvvatlovchi video karta boʻlishi lozimligi aytilgan.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. Tom Warren. „Microsoft keeps hinting at an October release for Windows 11“ (en). The Verge (2021-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
  4. Сэм Спейд. „Windows 11 выйдет 5 октября. Владельцы Windows 10 смогут обновить систему бесплатно — Железо на DTF“. DTF (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  5. „Windows forever: Windows 10 builds will continue even after Microsoft ships it“ (en). PCWorld (2015-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  6. „Windows 10 Takes Its Place as Microsoft's 'Forever OS' -- Redmondmag.com“ (en-US). Redmondmag. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  7. Warren. „Microsoft planning ‘sweeping visual rejuvenation of Windows’“ (en). The Verge (2021-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  8. „Everything we know about Windows' big Sun Valley release so far“. Windows Central (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  9. 9,0 9,1 „Windows 11 Build Leaks, Shows a New Desktop UI, Start Menu, and More“. reviewgeek (2021-yil 15-iyun).
  10. „Satya Nadella teases major updates coming soon to Windows during Build 2021 keynote“. Windows Central (2021-yil 25-may).
  11. „Microsoft to reveal its next generation of Windows on June 24th“. The Verge (2021-yil 2-iyun).
  12. „Microsoft Windows Event - Watch the June 24 LIVE stream“. Microsoft (2021-yil 2-iyun).
  13. „Windows 11 Leaks Indicate a Dramatic New Look Is Coming Soon“ (en-us). Gizmodo. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  14. „Leak Shows Off 'Windows 11' Ahead of Next Week's Microsoft Event“ (en). PCMAG. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  15. „Windows 11 features already in preview: Everything you can try right now“ (en-US). xda-developers (2021-yil 18-iyun). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  16. Tom Warren. „Microsoft’s Blue Screen of Death is changing to black in Windows 11“ (en). The Verge (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  17. Tom Warren. „Windows 11 leak reveals new UI, Start menu, and more“ (en). The Verge (2021-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.
  18. „Windows 11 has a new 'Widgets' panel that replaces News & Interests“. Windows Central (2021-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyun.