James Prescott Joule: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 22: Qator 22:
{{Tashqi havolalar}}
{{Tashqi havolalar}}


[[Turkum:1889-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1818-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1889-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:11-oktabrda vafot etganlar]]
[[Turkum:Fiziklar]]

18-Avgust 2021, 15:03 dagi koʻrinishi

James Prescott Joule (talaffuzi: Jeyms Preskott Joul; 24-dekabr 1818-yil, Solford, Lankashir, Angliya  – 11-oktabr 1889-yil, Seyl, Cheshir, Angliya) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850-yildan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. Joule oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joule—Lenz qonunini, Emil Lenzdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). Joule ingliz fizigi William Thomson bilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning temperaturasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa Joule–Thomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. Joule termodinamik temperatura shkalasini hisobladi, temperatura tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va boshqa ishlar bilan shugʻullandi.[1]

Nashr etilgan ishlari

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil