James Prescott Joule: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (3), y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB
k Malikxan Joul Jeyms Preskott sahifasini James Prescott Joulega koʻchirdi
(Farq yoʻq)

18-Avgust 2021, 14:21 dagi koʻrinishi

JOUL (Joule) Jeyms Preskott (1818.24.12, Solford, Lankashir — 1889.11.10, Seyl, Cheshir) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850 yildan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. J. oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joul—Lens qonunini, E. X. Lensdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). J. ingliz fizigi U. Tomson bilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning temperaturasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa J. — Tomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. J. termodinamik temperatura shkalasini hisobladi, temperatura T tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va boshqa ishlar bilan shugʻullandi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil