Nicolas Léonard Sadi Carnot: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k Turkum:Muhandislar qoʻshildi (HotCat)
Qator 15: Qator 15:
[[Turkum:1-iyunda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1-iyunda tugʻilganlar]]
[[Turkum:24-avgustda vafot etganlar]]
[[Turkum:24-avgustda vafot etganlar]]
[[Turkum:Muhandislar]]

18-Avgust 2021, 13:57 dagi koʻrinishi

Nicolas Léonard Sadi Carnot 17 yoshda, 1813-yil.

Nicolas Léonard Sadi Carnot (talaffuzi: Nikola Leonar Sadi Karno; 1-iyun 1796-yil, Parij — 24-avgust 1832-yil) — fransuz fizigi va muhandisi, issiqlik dvigatellari nazariyasi yaratuvchilardan biri. „Olovning harakatga keltiruvchi kuch va bu kuchni rivojlantiradigan mashinalar haqida mulohazalar“ nomli yagona va mashhur asarida (1824) issiqlikdan harakat olish masalasini koʻrib chiqdi. Ideal aylanma jarayonni (Carnot sikli) tahlil qilib, u issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik oʻtgandagina foydali ish bajaradi, degan xulosaga keldi. U, shuningdek, foydali ish koeffitsiyenti faqat isitkich va sovitkich t-ralariga bogʻliq, issiqlik dvigatelining tuzilishi va ish bajaruvchi jism tabiatiga bogʻliq boʻlmaydi, deb tushuntiradi (Carnot teoremasi). Benoît Paul Émile Clapeyron 10 yildan soʻng (1834) Carnot fikrlarini matematik shaklga keltirdi. Keyinroq Rudolf Clausius va William Thomson Carnot gʻoyalarini rivojlantirib, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini bayon qildilar (1850). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil