Mansar Fransua: Versiyalar orasidagi farq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr using AWB |
k Sahib1609 Mahcap Fransua sahifasini Mansar Fransuaga koʻchirdi |
(Farq yoʻq)
|
11-Avgust 2021, 07:58 dagi koʻrinishi
MAHCAP (Mansart) Fransua (1598.23.1 - Parij - 1666.23.9) - fransuz meʼmori. 17-asr klassitsizmining dastlabki namoyandalaridan. M. Blua (1635—38), Mezon (1642—50) saroylarini, Parijdagi Mazarini galereyasi (1644, hozirgi Milliy kutubxonaning bir qismi), Val de Graye ibodatxonasi (1645—46, J. Le-Mersye ni-hoyasiga yetkazgan), "Karnaval" mehmonxonasi kabi binolar loyihasini yaratgan. M. ijodi Uygʻonish davri milliy meʼmorlik anʼanalari taʼsirida shakllandi. U yaratgan binolar mujassamotining koʻrkamligi bilan koʻzga tashlanadi.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |