Telegram: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 37: Qator 37:


Telegram dasturi [[MTProto]] protokoli asosida ishlaydi.
Telegram dasturi [[MTProto]] protokoli asosida ishlaydi.

Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning ma’lum qilishicha, Telegram’ning asosiy maqsadi kelajakda o‘nlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish bo‘lib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lgan. Investorlar orasida BAAning «Mubadala Investment Company» hamda «Abu Dhabi Catalyst Partners» kompaniyasi bor<ref>{{cite web
|url=https://bugun.uz/2021/03/23/telegram-obligacziyalar-sotish-orqali-1-mlrd-dollar-sarmoya-zhalb-qildi
|title= Telegram облигациялар сотиш орқали 1 млрд доллар сармоя жалб қилди
|author=
|website=Bugun.uz
|accessdate=23-03-2021}}</ref>.


==Yangilanishlar==
==Yangilanishlar==

9-Avgust 2021, 11:09 dagi koʻrinishi

Telegram
Muallif
Ishlab chiqaruvchiTelegram FZ LLC, Telegram Messenger Inc.
tashkil topdi:13-mart, 2013-yil (11 yil avval) (2013-03-13)
Eng so‘nggi versiyasi7.6.0 (Desktop — 2.7.1)
PlatformaAndroid, iOS, Windows Phone, Windows NT, macOS, Linux, Veb platforma
JanrXabar almashgich
LitsenziyaGNU GPLv2 yoki GPLv3
Vebsayt:telegram.org

Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga 2 GB gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli chatlarda qatnashishlari mumkin.

Dastur Google, Android, Apple iOS, Microsoft Windows, Blackberry, MacOS, Linux va Windows Phone uchun mavjud.

Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.

Tarixi

Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi.[manba kerak] 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.

2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. O'tgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu ko'rsatkich 500 milliondan oshdi.

2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.

Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.

Telagram messenjeri obligasiyalar sotish orqali 1 milliard dollarlik sarmoya jalb qildi. Durovning ma’lum qilishicha, Telegram’ning asosiy maqsadi kelajakda o‘nlab yillar yoki asrlar davomida insoniyatga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy barqaror loyihaga aylanish bo‘lib, 1 milliard dollar sarmoyaning jalb qilingani ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lgan. Investorlar orasida BAAning «Mubadala Investment Company» hamda «Abu Dhabi Catalyst Partners» kompaniyasi bor[1].

Yangilanishlar

Telegram dasturi 2021-yil mart oyida cheksiz foydalanuvchilarni qoʻshgan holda muloqot qilish imkonini beruvchi ovozli chatni taqdim etdi[2]. Iyul oyida esa 30 kishiik videokonferensiyasida har bir ishtirokchi oʻz ekranidan skrin koʻrsata olish imkoniyatiga ega boʻldi[3].

Manbalar

Havolalar