Sex Pistols: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
Msingca (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 60: Qator 60:


[[Turkum:Musiqa]]
[[Turkum:Musiqa]]
[[Turkum:Punk rock guruhlar]]



{{band-stub}}
{{band-stub}}

2-Iyun 2021, 03:07 dagi koʻrinishi

Sex Pistols
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi 1975-1978
1996
2002-2003
2007
Mamlakat London Angliya
Janr Pank-rok
Tarkib Johnny Rotten
Steve Jones
Glen Matlock
Paul Cook
Sid Vicious
Sex Pistols (1977)

Sex Pistols ingliz pank-rok guruhidir.BBC tarafidan "haqiqiy ingliz pank guruhi" deb tasvirlangan. Guruh atigi uch yil (1975-1978) aktiv holda ijod qildi. Keyin esa tarqaldi. Bu qisqagina vaqt ichida faqat bir dona albom (1977-yilda Never Mind the Bollocks, Here's the Sex Pistols) va to'rt ta singl yozdilar.

Guruh a'zolari

  • Johnny Rotten – vokal (1975–1978, 1996, 2002, 2003, 2007)
  • Steve Jones– gitara, orqa vokal (1975–1978, 1996, 2002, 2003, 2007)
  • Paul Cook – baraban (1975–1978, 1996, 2002, 2003, 2007)
  • Glen Matlock – bas gitara (1975–1977, 1996, 2002, 2003)
  • Sid Vicious – bas gitara (1977–1978)

Johnny Rotten

John Joseph Lydon 1956-yil 31-yanvarda ishchi oilasida tug'ildi (otasi-gruzovik shofyori, onasi-bar ishchisi). Bolaligida meningit kasali bo'ladi. Baqraygan va paranoyak psihikasi bu kasallikning asoratlari. O'smirligida juda ko'p ichardi. Katolik maktabini undan keyin esa tehnikumni bitiradi. 1975-yil Sex Pistols guruhiga taklif qilinadi. O'shanda unga «Djonni Rotten» (Rotten - laqabi beriladi. 1978-yil Sex Pistolsdan chiqadi va Public Image Ltd guruhida ijodini davom ettiradi.

Steve Jones

Stephen Phillip Jones 1955-yil 3-sentyabrda Londonda dunyoga keladi. U oilaning yolg'iz farzandi bo'ladi.Otasi-bokschi, uni ikki yoshligida tashlab ketadi. U tikuvchi-onasi va buvi-dodasi bilan kotta bo'ladi. 1972-yil Steve, Paul Cook va Wally Nightingale bilan The Strand guruhini tuzadilar. Bu guruhda Jones gitara chalishni o'rganadi. 1975-yil Jones Paul Cook bilan Sex Pistols ni tuzadilar. Guruhga Glen Matlock va keyinchalik Johnny Rotten qo'shiladi. Sex Pistols tarqalganidan keyin The Professionals, Chequered Past, Neurotic Outsiders guruhlarida ijod qiladi.

Glen Matlock

Glen Matlock1956-yil 27-avgustda Londonda tug'iladi. 1977-yilgacha Sex Pistols bilan ishlaydi. 1977-yil esa The Beatles guruhiga qiziqgani uchun guruhdan haydaladi va Sid Vicious bilan almashtiriladi. Sex Pistols dan keyin The Rich Kids, Vicious White Kids, The Philistines, The Flying Padovani's, Slinky Vagabond guruhlarida ijodini davom ettiradi.

Paul Cook

Paul Cook 1965-yil 20-iyulda Londonda tug'iladi. Christopher Wren maktabiga Steve Jone bilan tanishadi. Guruh tarqalgunicha guruhda barabanchilik qiladi. Keyinchalik The Professionals, Chiefs of Relief, Man-Raze guruhlarida baraban chaladi.

Sid Vicious

Sid Vicious, haqiqiy ismi John Simon Ritchie 1957-yil 10 mayda Londonda tug'iladi. U kichkinaligida ota-onasi ajrashadilar. Sid onasi bilan qoldi. Keyinchalik ular Londondan ketib Ibısa orollariga ko'chishadi. Narkotik sotib kun kechirishadi. 1965-yilda Londonga qaytishganda John 8 yosh bo'ladi. Onasi o'g'lini tashlab ketadi. O'smirlik chog'larida John juda urushqoq bola edi. The Ramones muhlisi bo'lishdan oldin David Bowie va T-Rex kabi san'atchilarning musiqasini tinglar edi. Urushqoq bo'lgani uchun do'sti Johnny Rotten unga "Sid Vicious" laqabini beradi. Sex Pistols tashkil etilganda Sid 19 yoshda edi. 1977-yilning mart oylarida bas gitara chalishni o'rganadi. Glen Matlock guruhdan chiqganidan keyin Sidni uni o'rniga guruhga oldilar.

Johnny Rotten va Sid, Johnnyning Linda degan bir tanishining uyiga boradilar va u yerda Sid Nancy Spunger bilan tanishadi.Ularning ortasida o'limgacha cho'zilgan sevgi boshlanadi. 1978-yil 10-oktyabrda Chelsea Hotelning Sid va Nancy kechalagan honada Nancyning pichoqlangan jasadi topiladi. Politsiya bu jinoyat narkotik sotuvchilari bilan sevishganlarning orasidagi kelishmovchilik sababdan yuz bergan degan qarorga boradi.

1979-yil 2-fevralda Nyu-Yorkdagi Greenwich Village otelida Sidning jasadini topishadi. Geroin komasiga kirib o'lgan Sid atigi 21 yoshda edi.

Diskografiya

Studio albomlari

Terma Albomlar

Singllar