Isroil–Falastin mojarolari xronologiyasi (2021): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1: Qator 1:
Quyida 2021-yildagi Isroil-Falastin mojarosi voqealari xronologiyasi keltirilgan.
Quyida 2021-yildagi Isroil-Falastin mojarosilari xronologiyasi keltirilgan.


== May ==
== May ==

14-May 2021, 22:34 dagi koʻrinishi

Quyida 2021-yildagi Isroil-Falastin mojarosilari xronologiyasi keltirilgan.

May

6-may

Soʻnggi haftalarda Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda koʻtarilgan keskinliklar tasdiqlandi. 16 yoshli Saeed Yusuf Muhammad Oudeh, falastinlik oʻspirin[1] Isroil Mudofaa kuchlari bilan toʻqnashuvda oʻldirilgan va yana bir ayol Isroil qoʻshinlariga pichoq bilan hujum qilishda gumon qilinib o‘ldirilgan.[2]

7-may

Falastinliklar Isroil Oliy sudi tomonidan chiqarilgan Sheikh Jarrahdagi (Sharqiy Quddusda joylashgan) falastinliklarning koʻchirilishi toʻgʻrisidagi qarori natijasida Quddusda norozilik va tartibsizliklarni boshladilar.[3]

10-may

Minglab falastinliklar Quddus kuni arafasida Quddus muqaddas tepaliklariga toshlar va qo‘lbola qurollar bilan to‘planishdi, oqibatda politsiya yahudiylarning u yerga borishini taqiqladi. Bu esa o‘z navbatida Maʼbad tog‘i yonida Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasidagi janglarni keltirib chiqardi. Yuzlab odamlar jarohat olishdi. Falastinliklar tartibsizlik bilan toshlarni uloqtirishi natijasida politsiya bino ichiga kirib keldi. Isroil-Falastin harbiy aloqalari bo‘yicha mas’ul general-mayor Ghassan Alian musulmonlar va Isroil politsiyasi to‘qnashuvlari davomida „Isroil Quddusda barcha eʼtiqoddagi insonlar uchun teng erkinliklar yaratmoqchi“, deb Isroil va G‘azo sektori orasidagi keskinlikni yumshatishga urindi.

HAMAS jangari guruhi vakili Sami Abu Zuhri Maʼbad togʻida bo‘lib o‘tgan Isroil politsiyasi va falastinlik isyonchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvni „bu haqiqiy qirgʻin va harbiy jinoyatdir“ deb izohladi .

Falastinliklar eski shahar tashqarisida bir yahudiyning mashinasiga tosh va qo‘lbola qurollarni otib uni YTH sodir etishga majbur qilishdi va mashina kabinasidan sudrab olib chiqmoqchi bo‘lishdi. Yaqin atrofda boʻlgan politsiya xodimi voqea joyiga yugurib kelib haydovchi va yengil jarohat olgan yoʻlovchini himoya qildi. Haydovchi va yoʻlovchi davolanish uchun Quddusdagi Hadassah tibbiy markaziga yetkazildi.

Ertalab Isroil politsiyasi bilan toʻqnashuvlar oqibatida 278 dan ortiq falastinlik yaralangan. Isroil politsiyasi kamida 12 politsiyachi jarohat olganini aytdi. Bundan tashqari, Isroil tinch aholisi, shu jumladan yetti oylik chaqaloq Eski shahar yaqinidagi mashinalarga otilgan toshlardan jarohat olishgan. Toʻqnashuvlar paytida jami 305 nafar falastinlik yaralangan, 7 nafari ogʻir ahvolda.

Isroil mudofaa kuchlari zoʻravonlik avj olishidan xavotirlanib, Gʻazo boʻlinmasiga qoʻshimcha kuchlarni yubordi. Keskinlik kechqurun boshlandi va tunda davom etdi, yuzlab raketalar va minomyotlar otildi. Isroil mudofaa kuchlari tunda Gʻazo sektoridan Isroil tomon qariyb 200 raketa otilganini, shulardan o‘nlab raketalarni „Temir gumbaz“ raketaga qarshi mudofaa tizimi zararsizlantirganini aytdi. Isroil Mudofaa Kuchlari taxminan 130 ta nishonga, shu jumladan, HAMASning yuqori mansabli qoʻmondonining uyi, HAMAS razvedka shtabi, xavfsizlik toʻsigʻi yaqinida joylashgan, raketalarni ishlab chiqaradigan va saqlanadigan ikkita hujum tunneliga javob zarbalarini berdi. [4]

11-may

Isroil boʻylab, asosan arablar yashaydigan shaharlarda keng norozilik va gʻalayonlar kuchaydi. Lod meri Yair Revivio shaharda „boshqaruv butunlay yoʻqolgan“ini, uchta sinagog va oʻnlab mashinalar yonib ketgani va zo‘ravonliklar ortib borayotganini vaj qilib, shahardagi holatni „deyarli fuqarolar urushi“ deb atadi hamda chegara qo‘shinlari bo‘linmalarini ichki tartibni saqlashga jalb qilishini so‘rab Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga murojaat qildi.[5] Netanyaxu Lod shahrida favqulodda holat eʼlon qildi, bu Lodda 1966-yildan beri arablar jamoatiga qarshi favqulodda kuchlarni ishga solishdir.[6][7] Jamoat xavfsizligi vaziri Amir Ohana favqulodda holat buyrug‘ini bajardi.

To‘qnashuvlar oqibatida eng kami ikki kishi og‘ir jarohat oldi (bir kishi tosh tegishidan).

Isroilning shimolida joylashgan Akko shahrida bir restoranga o‘t qo‘yilishi oqibatida 84 yoshli inson jiddiy jarohatlandi.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra Ramla va Lod shaharlarida 25 ga yaqin kishi hibsga olingan. Umumiy hisobda esa Isroilning markaziy va shimoliy hududlarida 151 kishi hibsga olingan.[8][9]

12-may

Fayl:Ido Avigal.jpg
2021-yil 12-may kungi Sderotdagi raketa hujumidan ogʻir yaralangan 5 yoshli Ido Avigalni evakuatsiya qilayotgan qutqaruvchilar.

Gʻazodan uchirilgandan raketalarning 850 dan ortig‘i Isroil hududiga quladi va yana 200 tasi HAMAS qo‘l ostidagi anklavga kelib tushdi. Bir nechta raketalar Isroildagi binolar va avtoulovlarga toʻgʻridan-toʻgʻri urilib, besh isroillik halok boʻldi. Shulardan ikki kishi: kelib chiqishi arab millatiga mansub bo‘lgan 52 yoshli Khalil Awad va uning 16 yoshli qizi Nadin Lod shahri yaqinida erta tong vaqti, avtomobillariga raketa kelib urilishi oqibatida halok bo‘ldilar.


Tankka qarshi boshqariladigan raketa Gʻazo sektorining shimoliy qismidan, anklavning shimolida joylashgan Netiv Haʼasara jamoatiga yaqin nishon tomon otildi. Magen David Adom tez yordam xizmati maʼlumotlariga koʻra, hujum natijasida uch kishi ogʻir jarohat olgan. Chegaradagi mashinaga ham raketa kelib urilgan. Times of Israel gazetasining yozishicha, HAMAS hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan.[10][11][12] Isroil mudofaa kuchlari ushbu hujum natijasida Nahal piyoda brigadasi askari shtab-serjant, 21 yoshli Omer Tabib halok boʻlganini tasdiqladi. Isroil mudofaa kuchlari hafta oxirigacha Isroilning markaziy va janubiy qismida barcha maktablar yopilishi haqida eʼlon qildi.

5 yoshli Ido Avigal oʻz uyida Sderotda HAMAS tomonidan otilgan raketa zarbasi oqibatida oʻldirilgan.[13][14]

Lodda yahudiy bir odam otib oʻldirilgan va ikki yahudiy arablar tomonidan pichoqlangan.[15] Xuddi shu payt Tamra shahrida bir yahudiy arablar hujumiga uchradi.[16] Akrda yahudiy erkak arablar hujumiga uchrab ogʻir tan jarohati oldi.[17]

13-may

Xamas raketa hujumlari qurbonlari 63 yoshli Liya Yom Tov; 52 yoshli Xalil Avad va uning qizi 16 yoshli Nadin; Soumya Santosh, 30 yosh; 80 yoshli Nella Gurevits; Omer Tabib, 21 yosh; va Ido Avigal, 5 yosh.[18] Isroil Gʻazo sektoriga quruqlik orqali bostirib kirish uchun taxminan 9000 zaxiradagi harbiylarni safarbar qildi.[19] Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi HAMAS harbiy razvedka xizmatlari joylashgan binoga harbiy samolyotlar bilan zarba berdi.[20] Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorining shimolidan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketani otayotgan HAMAS hujumchilariga zarba berdi.[21] Isroil politsiyasining Shimoliy okrugi tasdiqlashicha, kechasi 82 kish hibsga olingan, to‘qnashuvlar boshlanganidan beri hibsga olishlar soni 232 kishini tashkil etadi, ular orasida 13-14 yoshli bolalar ham bor. Hibsga olinganlar tartibsizlik, oʻt qoʻyish va tosh otish kabi ayblar bilan gumonlanyaptilar.[22] 21 yoshli Shtab serjant Omer Tabibning dafn marosimi. tugʻilgan shahri Elyakimdagi harbiy qabristonda o‘tkazildi.[23] Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorining shimolidan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketalar otayotgan HAMAS hujumchilariga ikkinchi marta zarba berdi.[24] Lodda bir yahudiy pichoqlandi, ikki yahudiy otib oʻldirildi.[25][26] Yaffada Isroil askari jangari arablar tomonidan hujumga uchragan va ogʻir ahvolda tashlab ketilgan.[27] Isroil mudofaa kuchlari shimoliy Gʻazo sektoridan Isroil tomon tankka qarshi boshqariladigan raketalarni otgan HAMAS bazasiga zarbalar berdi.[28][29][30] HAMAS tomonidan 100 dan ortiq raketalar markaziy Isroil tomon uchirildi. Isroil mudofaa kuchlari soʻnggi Isroil tomon uchirilgan 100 dan ortiq raketalarni hisobga olmaganda, HAMAS tomonidan 2021-yil 10-maydan beri jami 1369 ta raketa uchirilganligini tasdiqladilar.[31] HAMAS, barcha reyslar yo‘naltirilgan Eylat yaqinidagi Hevel Eylot mintaqasidagi Ramon aeroportiga raketa otdi.[32] Bu raketa HAMAS tomonidan Isroil tomonga otilgan eng uzoq masofaga uchgan snaryaddir. Raketa 250 km masofani bosib oʻtib, Isroil hududiga yetib bordi.[33] HAMAS Gʻazodan Isroilning janubiga bir qator qurollangan uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi. Ulardan biri ochiq maydonga tushgan, hech qanday shikast yetkazmagan va zarar koʻrmagan. samolyot politsiya sapyori tomonidan qurolsizlantirildi.[34][35] Livan janubidan Isroil tomon uchta raketa otildi.[36]

14-may

Isroil Gʻazoga artilleriya otishmalari va havo hujumlarini boshladi, Isroil mudofaa kuchlari tomonidan berilgan bayonotga koʻra, hujumdan maqsad HAMAS foydalangan tunnel majmualarini yoʻq qilish va Gʻazo sektoridan oʻt ochishni to‘xtatishga urinishdir.[37]

Shuningdek qarang

  • 2021 yil Isroil-Falastin inqirozi
  • Isroil 2021-yilda
  • Falastin hududlari 2021-yilda
  • 2021 yildagi Falastinning Isroilga raketa hujumlari roʻyxati
  • Isroil-Falastin toʻqnashuvlari xronologiyasi

Manbalar

  1. „Israeli investigation after 16-year-old Palestinian boy shot dead by soldiers“. news.sky.com. news.sky.com (2021-yil 6-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  2. „UN envoy warns rising West Bank, East Jerusalem tensions ‘could spiral out of control’“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 6-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  3. „17 policemen, 200 Palestinians hurt as hundreds riot on Temple Mount“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  4. „IDF says it hit 130 targets in Gaza overnight after 200 rockets fired at Israel“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  5. „Amid Gaza barrages, major rioting and chaos erupt in Lod; Mayor: It's civil war“. Times of Israel. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  6. „IDF enters Lod as city goes into emergency lockdown“ (en-US). The Jerusalem Post | JPost.com. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  7. Schneider. „Netanyahu declares state of emergency in Lod“. The Times of Israel (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  8. „Israel declares state of emergency in Lod as riots shake Jewish-Arab city“. jpost.com. jpost.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  9. „Overnight Hamas barrages kill father and daughter in Lod, woman in Rishon Lezion“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  10. „IDF says anti-tank missile fired from Gaza; medics say 2 critically wounded, 1 serious“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  11. „Israelis injured by anti-tank missiles fired from Gaza“. jpost.com. jpost.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  12. „IDF hits Gaza after deadly missile strike; rocket barrages fired at border towns.“.
  13. „5-year-old Ido Avigal dies after rocket hit his Sderot home earlier today“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  14. „Israeli boy, 5, killed by Hamas rocket in border town near Gaza“. nypost.com. nypost.com (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  15. „ארגון ״חוננו״ דיווח: צעיר יהודי נפגע כעת מירי של ערבים בעיר...“ (he). חמ״ל. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  16. „N12 - ניסיון לינץ' בגליל: נהג יהודי נכנס בטעות לטמרה והותקף“. N12 (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  17. „חיפש את תלמידיו במהומות ועבר לינץ' בעכו: "סירב לבוא הביתה לפני שימצא אותם"“ (he). ynet (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  18. „Gaza Violence: These are the victims of Hamas rocket attacks“. jpost.com. jpost.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  19. „Israel begins firing shells into Gaza as fighting escalates“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  20. „IDF says it carried out strike on Hamas military intelligence building“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  21. „IDF says it carried out a strike on Hamas cell firing anti-tank missile“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  22. „Police say 82 more held over Jewish-Arab violence, some as young as 13“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  23. „Hundreds attend funeral of Omer Tabib, IDF soldier killed by anti-tank missile“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  24. „For 2nd time in an hour, IDF hits Hamas cell firing anti-tank missile toward Israel“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  25. „N12 - התפרעויות בערים המעורבות: חייל עבר לינץ' ביפו, 2 פצועים...“. N12 (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  26. „Wife of man stabbed in Lod: Group of Arabs yelled ‘Allahu Akbar’ and attacked him“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  27. „N12 - התפרעויות בערים המעורבות: חייל עבר לינץ' ביפו, 2 פצועים...“. N12 (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  28. „IDF says it prevented 3rd cell from firing anti-tank missile at Israel“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  29. „IDF identifies and strike 4th anti-tank missile squad in Gaza“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  30. „IDF says it attacked Hamas base with 3 anti-tank launchers“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  31. „IDF: Total of 1,369 rockets launched since Monday, not including latest volley“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  32. „Hamas rocket targets Israel’s 2nd international airport near Eilat“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  33. „Rocket travels 250 km to Eilat area, apparently the longest-range fired by Hamas“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  34. „Hamas says it launched suicide drones into Israel“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  35. „Armed drone from Gaza crash-lands in Israel“. timesofisrael.com. timesofisrael.com (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  36. „Three rockets launched toward Israel from Lebanon“. Reuters (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  37. Israel pounds Gaza to curb Palestinian militants but rockets still fly Reuters. Retrieved May 14, 2021