Temuriylar imperiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teg: Qoʻlda qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2: Qator 2:
{{Tarixiy davlat
{{Tarixiy davlat
|nomi = Temuriylar davlati
|nomi = Temuriylar davlati
|oʻz nomi = ''گورکانیان تیمور لنگ '' ([[fors tili|forscha]])<br/>''تیموریان'' ([[Arab tili|arabcha]])
|oʻz nomi = ''گورکانیان تیمور '' ([[fors tili|forscha]])<br/>''تیموریان'' ([[Arab tili|arabcha]])
|holati =
|holati =
|madhiya =
|madhiya =

26-Mart 2021, 09:45 dagi koʻrinishi

Temuriylar davlati
گورکانیان تیمور (forscha)
تیموریان (arabcha)

1370 — 1507


Bayroq

Temuriylar davlati 1405-yilda.
Poytaxti Samarqand
Hirot
Til(lar)i Fors (rasmiy, adabiyot)
Eski oʻzbek tili
arab
Dini sunniy islom
Maydoni 4,400,000 km 1405-yil
Boshqaruv shakli monarxiya
 - 1370-1405 Amir Temur (ilk)
 - 1506-1507 Badiuzzamon (so'nggi)
Tarix
 -  1363 Amir Temur davlat qurishga kirishdi.
 -  1370 Amir Temur Temuriylar davlatiga asos soldi
 -  1380 G'arbga tomon kengayish boshlandi.
 - 20-iyul 1402 Anqara jangi bo'lib o'tdi.
 - 18-fevral 1405 Amir Temurning vafot etishi.
 -  1501 Samarqandning bosib olinishi
 -  1507 Hirotning bosib olinishi
 - 26-aprel 1526-yil Boburiylar davlatiga asos solinishi
Oʻtmishdagilar:
Vorislar:
Chig'atoy ulusi
Qora qoʻyunlilar davlati
Oltin O'rda
Sufi sulolasi
Jaloyiriylar davlati
Kurtlar davlati
Muzaffariylar davlati
Sarbadorlar
Marashislar
Afrosiyob sulolasi
Gruziya qirolligi
Oʻzbek xonligi
Buxoro xonligi
Xiva xonligi
Safaviylar davlati
Qora qoʻyunlilar davlati
Boburiylar davlati
Oq qoʻyunli
Gruziya qirolligi

Amir Temur davrida

14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi — Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi. Biroq koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370 yili Amir Temur Xusayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi. 1372—1388 yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u Eron, Iroq, Kavkaz, Suriya, turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi. Biroq Temur davlati qudratiga Juchi ulusi tarkibidagi Oltin oʻrda va Oq oʻrda doimo rahna solib turadi. 1379 yili Amir Temur Toʻxtamishning Oq oʻrda taxtiga koʻtarilishiga yordam beradi. Biroq Mamay ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng, Toʻxtamish Oltin oʻrdadagi oliy hokimiyatni egallab oladi va Temur tasarrufidagi yerlarga hamla qila boshlaydi. Bunga javoban Amir Temur Toʻxtamishni 1391 yili Qunduzchi va 1395 yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodisida qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. Natijada Toʻxtamish kuchlari shunchalar zaiflashdiki, Temur uchun Volgaboʻyiga, Oltin oʻrda poytaxti — Saroy Berkka toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl ochiladi. Shahar ishgʻol etiladi. 1398—1399 yillarda mashhur hind yurishi amalga oshirilib, u yurtdan katta oʻlja olib kelinadi. 1400 yili Amir Temur turk sultoni Boyazid I va misr sultoni Farajga qarshi urush boshlaydi. 1402 yili Anqara yaqinida usmon sultoni usil-kesil tor-mor qilinadi va bu hol Istanbulni usmonli turklar tomonidan istilo etilishini 50 yilga kechiktiradi. 1404 yil boshida Temur oʻzining 200 ming lashkarlik qoʻshini bilan Xitoyga yurishga hozirlik koʻradi. Biroq 1405 yilning 18 fevralida Temurning Oʻtrorda vafot etishi tufayli bu yurish amalga oshmay qoldi. Amir Temur hukmronligi davrida ulkan imperiyaning markazi boʻlgan Movarounnahrda iqtisod, savdo va madaniyat yuksak darajada ravnaq etdi. Temuriylar uygʻonishi davri boʻlmish 14-15-asrni Markaziy Osiyo tarixidagi „oltin asr“, deb ataladi. Bu asr jaxonga mashhur olimlar, buyuk shoirlar va rassomlarni tuhfa etdi. Isfaxoniy oʻzining „Buxorolik mehmon kitobida“ Samarqandda paxtachilikning rivojlanishi hamda paxta tolasi va shoyi matolarining ishlab chiqarilishi haqida bayon etgan. Temur dunyo savdogarlar tufayli obod boʻladi, deb hisoblagan va binobarin yangi yoʻllar, savdo inshootlarini bunyod etish uchun katta mablagʻlar sarf etgan. Aynan Temur zamonida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Yevropaning olis yurtlari — Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar kengaygan[1].Navoiy davlat pedagogika instituti Asqarov Afzal

1405—1450

Amir Temur vafotidan soʻng besh yil mobaynida Movarounnahrda xonliklararo va sulolalar oʻrtasida urishlar davom etgan. 1409-yili Temur oʻgʻli Shohrux (1376—1447) oʻz ukasining oʻgʻli — Halilsultonni yengib, rasman yagona temuriylar davlatining hukmdoriga aylanadi. Ammo amalda esa bu imperiya ikki alohida davlatga ajralgan edi. Shohrux markazi Xirot boʻlgan Xurosonni boshqargan, poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr esa uning oʻgʻli Mirzo Ulugʻbek (1394—1449) tasarrufiga oʻtgan. Bu ikki davlat kichik feodal yerlari birlashmasidan tashkil topgan boʻlib, ular katta hokimiyatga daʼvogar temuriylar tomonidan boshqarilgan. Eron hukmdori etib tayinlangan Shohrux nabirasi Sulton Muhammad mustaqil siyosat yurita boshlagani tufayli shaxsan Shohrux koʻpsonli qoʻshin yordami bilan mamlakatda tartib oʻrnatishga majbur boʻladi. U quyi Sirdaryodagi voqealar jarayonini diqqat bilan kuzatib turadi, zotan bu yurtdan turib dashti qipchoqlik oʻzbeklar Xorazmga tez-tez hamla uyushtirishadi. 1419-yili u Barakni qoʻllab-quvvatlab, uni koʻchmanchi oʻzbeklar ulusi xoni boʻlishiga yordam beradi. Ulugʻbek yordami bilan xon Shermuhammad uzoq nizolardan soʻng Moʻgʻiliston taxtini egallaydi, biroq koʻp oʻtmay Ulugʻbek oʻz noiblariga qarshi urushishga majbur boʻladi. 1425-yili Mirzo Ulugʻbek moʻgʻillarni tor-mor qiladi. 1427-yili Barak bilan munosabatlar yomonlashgach, u quyi Sirdaryoga yurish uyushtiradi, ammo natijada qaqshatqich magʻlubiyatga uchraydi. 1447-yili Shohrux oʻlimidan soʻng Ulugʻbek Xirot va Xurosonni zabt etishga urinib koʻradi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. 1448-yili u oʻgʻli Abdullatif bilan Xirotga yana yurish qiladi va bu safar shaharni ishgʻol etadi. Xurosonni zabt etishga xurosonlik amirlar isyoni hamda xon Abdulxayr boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning Movarounnahrga bostirib kirishi monelik qiladi. 1449-yili Abdullatifning otasiga qarshi fitnasi Mirzo Ulugʻbekning oʻlimi bilan tugaydi va Abdullatif taxtga oʻtiradi. Ammo zodagonlar va xalq tomonidan nafratlangan Abdullatif fitna natijasida 1450-yilning 8-mayidayoq oʻldiriladi. Hokimiyat temuriy Abdulla ihtiyoriga oʻtadi va u Ulugʻbek siyosatini tiklashga intiladi.

1451—1507

Sulton Husayn Boyqaro. 1490-yillar. Kamoliddin Behzod chizgan rasm. Stokgolm, Milliy galereya

Turk zodagonlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan temuriy Abdullaga qarshi Xoʻja Ahror (1404—1490) boshchiligidagi naqshbandiy tariqati yordamiga suyangan Buxoro amirlari taxtga oʻz nomzodlarini ilgari suradilar. Bu talabgor Amir Temur oʻgʻli Mironshoh nabirasi Abusaid (1451—1468) edi. Abdusaid koʻchmanchi oʻzbeklar xoni Abulxayrni ittifoq tuzishga koʻndiradi. 1451-yili yozida Samarqand yaqinida hal qiluvchi urush boʻlib oʻtadi. Bu urush da koʻchmanchi oʻzbeklar gʻolib chiqishadi, Abdulla qoʻshini parokanda boʻladi, uning oʻzi esa oʻldiriladi. Abdusaid Samarqand va Movarounnahrda hokimiyatni egallaydi. Xoʻja Ahror uning yaqin maslahatchisi etib tayinlanadi. Abu Said Xurosonni ishgʻol eta olmaydi, zero Xirot taxtiga 1452-yildan to umrining oxirigacha, yaʼni 1457-yilga qadar Shohrux nabirasi Abulqosim Bobur egalik qilgan. Ikki hukmdor oʻrtasidagi munosabatlar adovatli boʻlgan. 1457-yili Abusaid Hirot taxtini egallab oladi va vaqtinchalik ikki davlatni oʻzaro birlashtirishga erishadi. 1468 yili Abdusaid Eronni zabt etish uchun safarga otlanadi, biroq undan qaytib kelmaydi. Sulton Xusayin (1469—1506) fursatdan foydalanib Hirot hokimiyatini egallab oladi. Abdusaid oʻgʻillari hokimiyat uchun kurashdan voz kechib Movarounnahrga joʻnab ketishadi. 15-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr siyosiy parokandalik davrini boshidan kechiradi. 1469-yildan 1494-yilgacha Samarqandda Abdusaid oʻgʻli Sulton Ahmad (amalda hokimiyat Xoʻja Ahror va naqshbandiy tariqati tasarrufi ostida boʻlgan), Buxoroda — Sulton Alimirza, Fargʻonada esa Zahiriddin Muhammad Bobur hukmdorlik qiladi. Aynan Bobur Shayboniyxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning bosqiniga astoydil qarshilik koʻrsatadi. 1497-yili Bobur boshqargan andijonliklar qoʻshini Samarqandni ishgʻol etadi. 1501-yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan urush qilish uchun Samarqandni tark etadi, biroq Kuxak daryosi yaqinidagi urushda magʻlubiyatga uchraydi. Bobur Movarounnahrni tark etib Kobulga ketishga majbur boʻladi. Shaybonixon Movarounnahr va Xurosonga jadallik bilan hujum boshlaydi. 1501—1506-yillar davomida u Samarqand, Toshkent, Kat va Buldumsoz, Urgench, Balxni bosib oladi. Keksayib kuchdan qolgan Sulton Xusayin Shaybonixonga jiddiy qarshilik koʻrsata olmaydi. Xorazm Shaybonixon tomonidan egallab olingandan soʻnggina Sulton Xusayin yurish uyushtirishga qaror qiladi, ammo uning boshlanishida vafot etadi. Hirotda uning oʻrniga ikki voris — oʻgʻillari Badi az-Zamin va Muzaffar Xusayin tayinlanadi. Ular oʻrtasidagi ixtiloflar Hirotning tushkunlikka yuz tutishini tezlashtirdi. 1507-yili Shayboniyxon Hirotni ishgʻol etdi.

Shuningdek qarang

Manbalar

  1. Alisher Navoi, Sobranie izbrannix, Sochineniya. t.9. T., 1968