Xalaj: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5: Qator 5:
* Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963;
* Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963;
* Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.
* Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.



{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{no iwiki}}
{{stub}}
{{stub}}
[[Turkum:Oʻzbek qabilalari]]
[[Turkum:Oʻzbek qabilalari]]

18-Mart 2021, 14:09 dagi koʻrinishi

Xalaj, qoloch — qadimgi turkiy qabila.

X.lar dastavval (6-asr) Talas vodiysida, Qoshgʻarda yashagan. 7—8-asrlarda katta qismi Toxaristonga (asosan, Shim. Afgʻonistonga va Movarounnahr yerlariga) borib oʻrnashganlar, vaqt oʻtishi bilan X.lar tub yerli axrli bilan aralashib ketgan. Ayrim qabilalar oʻz etnik nomlarini 20-asr boshlarigacha saqlab kolganlar. X.lar afgon-xiljoylarning shakllanishida hal qiluvchi rol oʻynagan. Shuningdek, X.lar Eronning jan. dagi koʻchmanchi turkiy qabilalar — qashqaylarning muxim komponentlaridan birini tashkil etgan. Tojikistonning jan. va Vaxsh vodiysidagi X.lar esa, 16-asr boshlaridayoq mustaqil etnik birlik xisoblangan. 19-asr ga oid yozma manbalarda X.lar Amudaryoning oʻrta oqimidagi turkman qabilalari qatorida tilga olingan. Oʻrta asrlarda X.lar tarqoq holda Movarounnaxrning boshqa viloyatlari (jumladan, Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoning yuqori qismi)da ham yashagan. Hozirgi X. avlodlari Eron, Zakavkazye va Afgʻonistonda turk va eron tilli xalklarda etnik nom sifatida saklanib qolgan. Ularning bir qismi Surxondaryoda va Zarafshon vodiysida mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan va oʻzbek xalqining bir qismiga aylangan.

Adabiyotlar

  • Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963;
  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.