32 491
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
(+) |
||
[[Fayl:Зульфия.jpg|thumb|230px|Zulfiya]]
'''Zulfiya Isroilova''' (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — ''
Shoir [[Hamid Olimjon]]ning rafiqasi. Xotin-qizlar
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
1950-yillarning 2-yarmida u [[Osiyo]] va [[Afrika]] yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. [[Hindiston]], [[Misr]], [[Yaponiya]] va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira“, „Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush“, „Qozogʻiston oʻlanlari“, „Men chizolmagan surat“ singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „Oʻylar“ (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), „Yillar, yillar…“ (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz [[Oybek]]ning soʻnggi safariga bagʻishlangan „Quyoshli qalam“ (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagʻishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi („Lolaqizgʻaldoq“, 1975).
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.
[[Aleksandr Pushkin|A. S. Pushkin]], [[Mixail Lermontov|M. Y. Lermontov]]. [[Nikolay Nekrasov|N. A. Nekrasov]], M. Voqif, [[Lesya Ukrainka|L. Ukrainka]], M. Dilboziy, [[Silva Kaputikyan|S. Kaputikyan]], E. Ognetsvet, [[Mustay Karim|M. Karim]], [[Pritam Amrita|P.
Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. [[Toshkent]]dagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.
== Nashr qilingan asarlari ==
* Tanlangan asarlar (3 jildlik). [[Toshkent]]. [[Gʻafur Gʻulom]] nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983—1986.
== Manbalar ==▼
{{manbalar}}▼
== Havolalar ==▼
* [https://web.archive.org/web/20090204141808/http://uzlit.edunet.uz/zulfiya.html Biografiyasi] (ruscha)▼
== Adabiyotlar ==
* Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. Toshkent: „[[Yozuvchi]]“, 2000.
* Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.
▲== Manbalar ==
▲{{manbalar}}
▲== Havolalar ==
▲* [https://web.archive.org/web/20090204141808/http://uzlit.edunet.uz/zulfiya.html Biografiyasi] (ruscha)
{{Authority control}}
|