Robot: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
Qator 21: Qator 21:


== Etimologiya ==
== Etimologiya ==
"Robot" soʻzi ilk bora [[Chexiya|chex]] yozuvchisi [[Karel Čapek]]'ning ''[[R.U.R. (Rossum'ning Universal Robotlari)|RobotU.Robot (Rossum’ning Universal Robotlari)]]'' (1920) dramasida ishlatilgan<ref>[http://www.faculty.ucr.edu/~currie/roboadam.htm The History of Robotics]</ref>. Biroq, Čapek bu soʻzning muallifi sifatida akasi, rassom va yozuvchi [[Josef Čapek]]'ni koʻrsatgan.<ref>[http://capek.misto.cz/english/robot.html Who did actually invent the word „robot“ and what does it mean?]</ref>
"Robot" soʻzi ilk bora [[Chexiya|chex]] yozuvchisi [[Karel Čapek]]'ning ''[[R.U.R. (Rossum'ning Universal Robotlari)|RobotU.Robot (Rossum’ning Universal Robotlari)]]'' (1920) dramasida ishlatilgan<ref>{{Citation |year= |title=The History of Robotics |url=http://www.faculty.ucr.edu/~currie/roboadam.htm |access-date=2007-10-30 |archivedate=2006-07-18 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20060718024255/http://www.faculty.ucr.edu/~currie/roboadam.htm }}</ref>. Biroq, Čapek bu soʻzning muallifi sifatida akasi, rassom va yozuvchi [[Josef Čapek]]'ni koʻrsatgan.<ref>[http://capek.misto.cz/english/robot.html Who did actually invent the word „robot“ and what does it mean?]</ref>
== Shuningdek ==
== Shuningdek ==
* [[ASIMO]]
* [[ASIMO]]

26-Yanvar 2021, 02:48 dagi koʻrinishi

ASIMO, zamonaviy odamsimon robot.

Robot (chexcha: robota — „mehnat“) — sunʼiy mexanik qurilma. U, odatda, elektromexanik tizim boʻlib, odam mehnatini bajaradi. Robot soʻzi bilan virtual dasturiy taʼminot agentlariga ham aytilishi mumkin, biroq ularni bot deyish qabul qilingan.[1]

Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot terminini birinchi marta 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek oʻzining „Robot U. Robot“ pyesasida ishlatgan.

Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam (operator) boshqaradigan Robot va sunʼiy intellektli (integralli) Robot Ish bajarish turiga qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va boshqalarga boʻlinadi. Robotlarning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan Robot, Mas, Robotmanipulyatorda „mexanik qoʻllari“ va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Robotlardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan Robot"geolog", notani „oʻqib“ elektr gitara chaladigan Robot"mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan Robot"sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan Robot"gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa Robotlar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Robotlar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan Robotni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday Robotning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. „Klaus“ laqabli ushbu Robot 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa Robotlar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu Robot 2002 yilgi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday Robotlar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. „Soni“ kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli „Aybo“ („Oʻrtoq“) nomli Robotni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi.[2]

Aynan qanday mashinalar robot, deb atalishi mumkinligi haqida bahslar ketayotgan boʻlsa-da[3][4][5], odatiy robot quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi:

Etimologiya

"Robot" soʻzi ilk bora chex yozuvchisi Karel Čapek'ning RobotU.Robot (Rossum’ning Universal Robotlari) (1920) dramasida ishlatilgan[7]. Biroq, Čapek bu soʻzning muallifi sifatida akasi, rassom va yozuvchi Josef Čapek'ni koʻrsatgan.[8]

Shuningdek

Manbalar

  1. Telecom glossary „bot“
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Your View: How would you define a robot?
  4. What does „robot“ mean to YOU?
  5. Robot nima?
  6. Even Robot Suicide Is No Laughing Matter
  7. The History of Robotics, 2006-07-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-30
  8. Who did actually invent the word „robot“ and what does it mean?