Barlos: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
'''Barlos''', ''barulas'', ''ballos'' — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-asr 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]] vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. [[Amir Temur]] barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi [[temuriylar]] va [[boburiylar]] davrida [[Afgʻoniston]] va [[Hindiston]] hududiga koʻchib oʻtgan. 19-asrda birgina [[Dehli]] shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar [[oʻzbek til]]ning qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
'''Barlos''', ''barulas'', ''ballos'' — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-asr 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]] vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. [[Amir Temur]] barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi [[temuriylar]] va [[boburiylar]] davrida [[Afgʻoniston]] va [[Hindiston]] hududiga koʻchib oʻtgan. 19-asrda birgina [[Dehli]] shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar [[oʻzbek tili]]ning qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.


== Tarixi ==
== Tarixi ==

26-Noyabr 2020, 17:38 dagi koʻrinishi

Barlos, barulas, ballos — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-asr 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan Qashqadaryo vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. Amir Temur barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi temuriylar va boburiylar davrida Afgʻoniston va Hindiston hududiga koʻchib oʻtgan. 19-asrda birgina Dehli shahri atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar oʻzbek tilining qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.

Tarixi

Barloslar haqida Rashididdinning Oltin daftar kitobida, Moʻgʻullar maxfiy tarixi kitobida ayrim maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, barloslar moʼgʼullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi Chingizxon davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoyga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida barlos soʻzi ʻʻyoʻgʻonʼʼ, ʻʻkuchliʼʼ deb tarjima qilinadi. Abulgʻozixon fikricha esa, barlos soʻzi ʻʻsarkardaʼʼ degan maʼnoni beradi

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar