Gumbaz: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qubba=Gumbaz
+
Qator 9: Qator 9:


== Oʻrta Osiyoda ==
== Oʻrta Osiyoda ==
[[Oʻrta Osiyo]]dagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi [[turkiylar]]ning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan [[oʻtov]] ([[yurt]]) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan [[doʻppi]] (yarim sferik), [[kuloh]]iy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.
[[Oʻrta Osiyo]]dagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi [[turkiylar]]ning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan [[oʻtov]] ([[yurt]]) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan [[doʻppi]] (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.


Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari ([[saroy]], [[masjid]], [[xonaqoh]], [[karvonsaroy]], [[maqbara]], [[hammom]] va boshqalar), [[sardoba]]larda gumbazning [[balxi gumbaz|balxi]], [[charxi gumbaz|charxi]], [[chortark gumbaz|chortark]], [[chorkunjak gumbaz|chorkunjak]], [[piltavor gumbaz|piltavor]], [[gʻarovli gumbaz|gʻarovli]], [[kuloqiy gumbaz|kuloqiy]], [[mirzoiy gumbaz|mirzoiy]], [[shalgʻamiy gumbaz|shalgʻamiy]] turlari, ayrimlarida [[qoʻsh gumbaz|qoʻsh]] (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi [[mehrobiy gumbaz]] bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, [[qaznoq]] va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari [[Oqtepa (tepaliklar)|Oqtepa]] ([[Toshkent]]), [[Afrosiyob]] ([[Samarqand]]) va [[Xorazm]] [[qalʼa]]larida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi [[bagʻal]]i [[ravoq]] shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan ([[Somoniylar maqbarasi]]). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi [[ganch]]kor [[muqarnas]]lar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan ([[Yassaviy majmuasi]]). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga [[gʻoʻla]]simon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan ([[Goʻri Amir]]). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga [[darcha]]lar ochildi, [[Qovurgʻa (bino)|qovurgʻali]] bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan ([[Yunusxon maqbarasi]], [[Tillakori madrasasi]] va [[Bibixonim jome masjidi]], [[Imom al-Buxoriy majmuasi]]), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan ([[Andijon jome masjidi majmuasi|Andijondagi jome masjid]]) foydalanilmoqda.
Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari ([[saroy]], [[masjid]], [[xonaqoh]], [[karvonsaroy]], [[maqbara]], [[hammom]] va boshqalar), [[sardoba]]larda gumbazning [[balxi gumbaz|balxi]], [[charxi gumbaz|charxi]], [[chortark gumbaz|chortark]], [[chorkunjak gumbaz|chorkunjak]], [[piltavor gumbaz|piltavor]], [[gʻarovli gumbaz|gʻarovli]], [[kulohiy gumbaz|kulohiy]], [[mirzoiy gumbaz|mirzoiy]], [[shalgʻamiy gumbaz|shalgʻamiy]] turlari, ayrimlarida [[qoʻsh gumbaz|qoʻsh]] (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi [[mehrobiy gumbaz]] bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, [[qaznoq]] va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari [[Oqtepa (tepaliklar)|Oqtepa]] ([[Toshkent]]), [[Afrosiyob]] ([[Samarqand]]) va [[Xorazm]] [[qalʼa]]larida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi [[bagʻal]]i [[ravoq]] shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan ([[Somoniylar maqbarasi]]). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi [[ganch]]kor [[muqarnas]]lar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan ([[Yassaviy majmuasi]]). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga [[gʻoʻla]]simon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan ([[Goʻri Amir]]). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga [[darcha]]lar ochildi, [[Qovurgʻa (bino)|qovurgʻali]] bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan ([[Yunusxon maqbarasi]], [[Tillakori madrasasi]] va [[Bibixonim jome masjidi]], [[Imom al-Buxoriy majmuasi]]), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan ([[Andijon jome masjidi majmuasi|Andijondagi jome masjid]]) foydalanilmoqda.


== Adabiyotlar ==
== Adabiyotlar ==

4-Noyabr 2020, 13:44 dagi koʻrinishi

Gumbazsuyri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi aylana, chorsi, toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta inshootlar devorlari ustida, baʼzan ustunlarni birlashtirgan doirasimon qurilma poygumbaz ustida davra koʻrinishida xom gʻisht, pishiq gʻisht, tosh, beton va boshqa materiallardan sirti silliq, qirrali, qovurgʻali piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Tarixan gumbaz paydo boʻlishi (genezisi), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab bilan izohlanadi: tabiiy sharoit, hayot taqozosi; mavjud qurilish materiallari imkoniyati (ayniqsa yogʻoch tanqis joylarda meʼmorlar koʻproq gumbaz tomlarni bogʻlagan); shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bagʻishlagani, meʼmoriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani.

Gumbazning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy gʻorlarda, keyinchalik yertoʻlalarda, yogʻoch va xaschoʻplardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan oʻtov kabi kulbalarda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shakli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida gumbazning oddiy pogʻonali, davra, suyri, bagʻallarga (parus, tromplarga) ishlangan va boshqa turlari uchraydi. Gumbaz binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.

Yunoniston va Rim meʼmorligida chorsi, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteonning (125-yil) katta davra binosi rotondasi ustiga oʻrnatilgan yarim sferik gumbaz eng qadimiy gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya ibodatxonasining ulkan gumbazi ham eng qadimgi gumbazli binolar qatoriga kiradi.

Oʻrta Osiyoda

Oʻrta Osiyodagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi turkiylarning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan oʻtov (yurt) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan doʻppi (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.

Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari (saroy, masjid, xonaqoh, karvonsaroy, maqbara, hammom va boshqalar), sardobalarda gumbazning balxi, charxi, chortark, chorkunjak, piltavor, gʻarovli, kulohiy, mirzoiy, shalgʻamiy turlari, ayrimlarida qoʻsh (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy gumbaz bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, qaznoq va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari Oqtepa (Toshkent), Afrosiyob (Samarqand) va Xorazm qalʼalarida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi bagʻali ravoq shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan (Somoniylar maqbarasi). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi ganchkor muqarnaslar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan (Yassaviy majmuasi). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga gʻoʻlasimon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan (Goʻri Amir). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga darchalar ochildi, qovurgʻali bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan (Yunusxon maqbarasi, Tillakori madrasasi va Bibixonim jome masjidi, Imom al-Buxoriy majmuasi), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan (Andijondagi jome masjid) foydalanilmoqda.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil