Gumbaz: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
+
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Gumbaz (maʼnolari)}}
{{Maʼnolari|Gumbaz (maʼnolari)}}
'''Gumbaz''' — qubba shaqlidagi suyri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi aylana, chorsi, toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta inshootlar devorlari ustida, baʼzan ustunlarni birlashtirgan doirasimon qurilma poygumbaz ustida davra koʻrinishida xom gʻisht, pishiq gʻisht, tosh, beton va boshqa materiallardan sirti silliq, qirrali, qovurgʻali piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.
'''Gumbaz''' — [[qubba]] shaklidagi [[suyri]] fazoviy hajmdagi [[tom]]. Tarhi aylana, [[chorsi]], toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta [[inshoot]]lar devorlari ustida, baʼzan [[ustun]]larni birlashtirgan doirasimon qurilma [[poygumbaz]] ustida davra koʻrinishida xom [[gʻisht]], pishiq gʻisht, [[tosh]], beton va boshqa materiallardan sirti silliq, qirrali, [[qovurgʻa]]li piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.


Tarixan G. paydo boʻlishi (genezisi), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab bilan izohlanadi: 1) tabiiy sharoit, hayot taqozosi; 2) mavjud qurilish materiallari imkoniyati; ayniqsa yogʻoch tanqis joylarda meʼmorlar koʻproq gumbaz tomlarni bogʻlagan; 3) shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bagʻishlagani, meʼmoriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani.
Tarixan gumbaz paydo boʻlishi ([[genezis]]i), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab bilan izohlanadi: tabiiy sharoit, hayot taqozosi; mavjud qurilish materiallari imkoniyati (ayniqsa yogʻoch tanqis joylarda meʼmorlar koʻproq gumbaz tomlarni bogʻlagan); shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bagʻishlagani, meʼmoriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani.


G.ning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy gʻorlarda, keyinchalik yertoʻlalarda, yogʻoch va xaschoʻplardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan oʻtov kabi kulbalarda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shaqli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida G.ning oddiy pogʻonali, davra, suyri, bagʻal (parus, tromp)larga ishlangan va boshqa turlari uchraydi. G. binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.
Gumbazning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy [[gʻor]]larda, keyinchalik [[yertoʻla]]larda, yogʻoch va [[xaschoʻp]]lardan, [[qamish]], hayvon [[teri]]si, [[kigiz]] yopilgan [[oʻtov]] kabi [[kulba]]larda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shakli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida gumbazning oddiy pogʻonali, [[davra]], [[suyri]], [[bagʻal]]larga ([[parus]], [[tromp]]larga) ishlangan va boshqa turlari uchraydi. Gumbaz binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.


== Oʻrta Osiyoda ==
Oʻrta Osiyodagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qad. turkiylarning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. G.lar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan oʻtov (yurt) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan doʻppi (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. mksak badiiy mujassamotga aylangan.
[[Oʻrta Osiyo]]dagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi [[turkiylar]]ning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan [[oʻtov]] ([[yurt]]) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan [[doʻppi]] (yarim sferik), [[kuloh]]iy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.


Yunoniston va Rim meʼmorligida chorsi, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteon (milodiy 125 yil)ning katta davra binosi rotondasi ustiga oʻrnatilgan yarim sferik G. eng qad. gumbaz hisoblanadi. G.ni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya ibodatxonasining ulkan G.i ham eng qad. gumbazli binolar qatoriga kiradi.
[[Yunoniston]] va [[Rim]] meʼmorligida [[chorsi]], davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi [[Panteon]]ning (125-yil) katta davra binosi [[rotonda]]si ustiga oʻrnatilgan yarim sferik gumbaz eng qadimiy gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. [[Istanbul]]dagi mashhur [[Ayo Sofiya ibodatxonasi]]ning ulkan gumbazi ham eng qadimgi gumbazli binolar qatoriga kiradi.


Oʻrta Osiyoda saqlangan qad. meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari (saroy, masjid, xonaqoq, karvonsaroy, maqbara, hammom va boshqalar), sardobalarda G.ning balxi gumbaz, charxi gumbaz, chortark gumbaz, chorkunjak gumbaz, piltavor, gʻarovli, kuloqiy, mirzoiy, shalgʻamiy turlari, ayrimlarida qoʻsh (ichki va tashqi) G. ham mavjud. Saroy, masjid, Madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy G. bilan yopilgan. Balxi G. tuzilishi ancha sodda boʻlib, Madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, qaznoq va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark G. esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda G.ning ilk namunalari Oqtepa (Toshkent), Afrosiyob (Samarqand) va Xorazm qalʼalarida uchraydi. 10 — 11-asrlarda xonaning devor burchagidagi bagʻali ravoq shaqlida boʻlib, ustiga G. oʻrnatilgan (qarang [[Somoniylar maqbarasi]]). 12-asrdan G.lar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. 14-asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi ganchkor muqarnaslar bilan bezatilgan, G.ning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan (qarang [[Yassavip majmuasi]]). 15-asrdan G. bilan devor ustiga gʻoʻlasimon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh G. bogʻlangan, G.lar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan (qarang [[Amir Temur maqbarasi]]). 16-asrdan ichki G. shaqli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga darchalar ochildi, qobirgʻali bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda G. temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda (mas, Toshkentdagi Moviy gumbaz qahvaxonasi, Eski joʻva bozori). Meʼmoriy yodgorliklar G.larini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan (mas, Toshkentdagi Yunusxon maqbarasi, Samarqanddagi Tillakori va Amir Temur jome masjidi, Imom al-Buxoriy majmuasi va boshqa G.lari), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan (mas, Andijondagi jome masjid va boshqalar) foydalanilmoqda.
Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari ([[saroy]], [[masjid]], [[xonaqoh]], [[karvonsaroy]], [[maqbara]], [[hammom]] va boshqalar), [[sardoba]]larda gumbazning [[balxi gumbaz|balxi]], [[charxi gumbaz|charxi]], [[chortark gumbaz|chortark]], [[chorkunjak gumbaz|chorkunjak]], [[piltavor gumbaz|piltavor]], [[gʻarovli gumbaz|gʻarovli]], [[kuloqiy gumbaz|kuloqiy]], [[mirzoiy gumbaz|mirzoiy]], [[shalgʻamiy gumbaz|shalgʻamiy]] turlari, ayrimlarida [[qoʻsh gumbaz|qoʻsh]] (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi [[mehrobiy gumbaz]] bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, [[qaznoq]] va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari [[Oqtepa (tepaliklar)|Oqtepa]] ([[Toshkent]]), [[Afrosiyob]] ([[Samarqand]]) va [[Xorazm]] [[qalʼa]]larida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi [[bagʻal]]i [[ravoq]] shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan ([[Somoniylar maqbarasi]]). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi [[ganch]]kor [[muqarnas]]lar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan ([[Yassaviy majmuasi]]). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga [[gʻoʻla]]simon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan ([[Goʻri Amir]]). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga [[darcha]]lar ochildi, [[qobirgʻa]]li bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan ([[Yunusxon maqbarasi]], [[Tillakori madrasasi]] va [[Bibixonim jome masjidi]], [[Imom al-Buxoriy majmuasi]]), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan ([[Andijon jome masjidi majmuasi|Andijondagi jome masjid]]) foydalanilmoqda.


Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri G. shaqlidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekistan milliy bogʻidagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor G. juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. G. shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri gumbaz shaklidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, [[Oʻzbekiston milliy bogʻi]]dagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor gumbaz juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. Gumbaz shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.


== Adabiyotlar ==
== Adabiyotlar ==

4-Noyabr 2020, 08:33 dagi koʻrinishi

Gumbazqubba shaklidagi suyri fazoviy hajmdagi tom. Tarhi aylana, chorsi, toʻgʻri toʻrtburchaqli, muntazam koʻpburchaqli boʻladi. Shuningdek, koʻpburchaqli xona va katta inshootlar devorlari ustida, baʼzan ustunlarni birlashtirgan doirasimon qurilma poygumbaz ustida davra koʻrinishida xom gʻisht, pishiq gʻisht, tosh, beton va boshqa materiallardan sirti silliq, qirrali, qovurgʻali piltavor koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Tarixan gumbaz paydo boʻlishi (genezisi), taraqqiyot yoʻllari, zarurati 3 sabab bilan izohlanadi: tabiiy sharoit, hayot taqozosi; mavjud qurilish materiallari imkoniyati (ayniqsa yogʻoch tanqis joylarda meʼmorlar koʻproq gumbaz tomlarni bogʻlagan); shaklu shamoyili yuksak badiiy samara bagʻishlagani, meʼmoriy obrazi muhtasham mahobat kasb etgani.

Gumbazning ilk namunalari ibtidoiy odamlar boshpanalari — tabiiy gʻorlarda, keyinchalik yertoʻlalarda, yogʻoch va xaschoʻplardan, qamish, hayvon terisi, kigiz yopilgan oʻtov kabi kulbalarda mujassam topib, ijtimoiy taraqqiyot mobaynida shakli murakkablasha borgan. Dunyo xalqlari meʼmorligida gumbazning oddiy pogʻonali, davra, suyri, bagʻallarga (parus, tromplarga) ishlangan va boshqa turlari uchraydi. Gumbaz binoga tashqi va ichki tomondan mahobat bagʻishlaydi.

Oʻrta Osiyoda

Oʻrta Osiyodagi gumbazlar shaklu shamoyilini kuzatib, tahlil etganda qadimgi turkiylarning shu yoʻnalishdagi meʼmoriy ijodkorlikka qoʻshgan barakali hissasi borligini sezish mumkin. Gumbazlar ibtidosida inson tafakkuri bilan yaratilgan oʻtov (yurt) koʻrinishi, yaʼni yogʻoch, qamish qurilmalari orqali paxsa, gʻishtdan yasalgan doʻppi (yarim sferik), kulohiy (sferokonik) xajmda mujassam topgan va davr oʻtishi bilan yangi imkoniyatlar asosida rivojlanib borgan. Yuksak badiiy mujassamotga aylangan.

Yunoniston va Rim meʼmorligida chorsi, davra xonalar ustini berkitish uchun yarim sferik (yarim shar) shaqlidagi gumbaz turlari katta jamoat va diniy binolarda keng ishlatilgan. Rimdagi Panteonning (125-yil) katta davra binosi rotondasi ustiga oʻrnatilgan yarim sferik gumbaz eng qadimiy gumbaz hisoblanadi. Gumbazni bildiruvchi italyan atamasi "kupola" (cupola — bochka) jahon meʼmorligi lugʻatiga kirgan. Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya ibodatxonasining ulkan gumbazi ham eng qadimgi gumbazli binolar qatoriga kiradi.

Oʻrta Osiyoda saqlangan qadimiy meʼmoriy yodgorliklar — mahobatli jamoat binolari (saroy, masjid, xonaqoh, karvonsaroy, maqbara, hammom va boshqalar), sardobalarda gumbazning balxi, charxi, chortark, chorkunjak, piltavor, gʻarovli, kuloqiy, mirzoiy, shalgʻamiy turlari, ayrimlarida qoʻsh (ichki va tashqi) gumbaz ham mavjud. Saroy, masjid, madrasa va boshqa binolar, maqbaralarning asosiy katta xonasi — xonaqohi mehrobiy gumbaz bilan yopilgan. Balxi gumbaz tuzilishi ancha sodda boʻlib, madrasa, hammom, karvonsaroy oddiy xonalari, qaznoq va boshqalarda koʻp qoʻllanilgan. Chortark gumbaz esa toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi kichik xonalarda boʻladi. Oʻrta Osiyoda gumbazning ilk namunalari Oqtepa (Toshkent), Afrosiyob (Samarqand) va Xorazm qalʼalarida uchraydi. X—XI asrlarda xonaning devor burchagidagi bagʻali ravoq shaqlida boʻlib, ustiga gumbaz oʻrnatilgan (Somoniylar maqbarasi). XII asrdan gumbazlar baland boʻlishiga ahamiyat berilgan. XIV asrdan murabba tarhli xonalar burchagiga ravoqli bagʻallar ishlana boshlagan, ichkarisi ganchkor muqarnaslar bilan bezatilgan, gumbazning devorga tutash qismiga muqarnaslar ishlangan (Yassaviy majmuasi). XV asrdan gumbaz bilan devor ustiga gʻoʻlasimon va koʻp qirrali poygumbaz tiklanib, tepasiga qoʻsh gumbaz bogʻlangan, gumbazlar tashqi tomoni gʻishtin, sirkor, koshinkor bezatilgan (Goʻri Amir). XVI asrdan ichki gumbaz shakli yanada oʻzgardi, poygumbazlarga darchalar ochildi, qobirgʻali bezaklar paydo boʻldi. Zamonaviy binolarda gumbaz temir-beton, armotsement, metall, plastmassadan ishlanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklar gumbazlarini taʼmirlashda milliy meʼmorlik materiallaridan tashqari, temir-betondan (Yunusxon maqbarasi, Tillakori madrasasi va Bibixonim jome masjidi, Imom al-Buxoriy majmuasi), shuningdek, armotsement konstruksiyalardan (Andijondagi jome masjid) foydalanilmoqda.

Mustaqillik davri meʼmorligining ijobiy badiiy jihatlaridan biri gumbaz shaklidan dadil va keng foydalanishda kuzatilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston milliy bogʻidagi meʼmoriy shiyponi ustiga oʻrnatilgan piltavor gumbaz juda oʻrinli va xushbichim chiqqan. Gumbaz shaqlidan foydalanish meʼmorlik soxasida yangi-yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil