Zulfiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 185.139.137.149 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 47: Qator 47:
* Qayumov L. Shoira Zulfiya. [[Toshkent]], Oʻzadabiynashr, 1965.
* Qayumov L. Shoira Zulfiya. [[Toshkent]], Oʻzadabiynashr, 1965.
* Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «[[Yozuvchi]]», 2000.
* Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «[[Yozuvchi]]», 2000.

== Kitoblar ==
* [[Quyoshlo Qalam]] (1995)

{{complete}}


== Manbalar ==
== Manbalar ==

26-Oktyabr 2020, 17:11 dagi koʻrinishi

Fayl:Зульфия.jpg
Zulfiya

Zulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 - 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste'dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Zulfiya (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (qarang "Saodat") jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.

Uning ilk sheʼri 1931 yilda "Ishchi" gaz. da bosilgan. Dastlab 1932 yil "Hayot varaqalari" sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning "Temiroy" (1934), "Sheʼrlar", "Qizlar qoʻshigʻi" (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan.  Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) toʻplamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U  shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.

40-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyo-tiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya bad-bin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, "davr gʻoyalari" ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi.

50-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. "Mushoira", "Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush", "Qozogʻiston oʻlanlari", "Men chizolmagan surat" singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. "Oʻylar" (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili "Visol" (1972), "Yillar, yillar..." (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan "Quyoshli qalam" (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi ("Lolaqizgʻaldoq", 1975).

Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod" dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun "Semurgʻ" pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda "Zaynab va Omon" operasi librettosini yozdi.

A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye. Bagryana va b. ning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya xalqaro Javaharlal Neru (1968), "Nilufar" (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning "Kirill va Mefodiy" (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.

Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

Manbalar

  • Tanlangan asarlar [3 jildli], T., 1985.

Adabiyot

  • Sultonova M., Ijod sahifalari, T., 1975; Zulfiya [bibliografiya], T., 1977; Sultonova M., Zulfiya, T., 1985; Ibrohimov M., Quyoshli sheʼriyat ijodkori, T., 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlov-chilar: Rahima Shomansurova, Raʼno Rahmo-nova], T., 1995.

Naim Karimov.[1]

Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O'n yetti yoshida «Hayot varaqalari» deb atalmish dastlabki she'riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o'ttizga yaqin she'riy to'plamlar, o'ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o'ylatadigan, barcha kishilarga Jaxldor bo'lgan holatlarni she'rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko'pchilikka manzur bo'ladi. Zulfiyaning ulkan iste'dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e'tirof etilgan. U - xalqaro «Nilufar» mukofoti egasi.

Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko'zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko'rolmaydigan jihatlarini ilg'ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi. Shoira bolaligini shunday eslaydi: «Otamni... Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo'ldosh kasbidan faqat zavq ko'rar edim. Otamday qudratli odam yo'q edi men uchun. Temirlar otam qo'lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo'llari cho'g'ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday boMishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo'lavermas ekan...

Mening onam o'zining ta'bincha, «usti butun - ichi tutun» ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o'ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma'yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos.

Onamning qancha-qancha qo'shiq va afsonalarni, doston va er-taklarni bilisjiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag'ishlar, o'ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo'jizalar yaratishga qodir, jahonni ko'zga keng ochuvchi, insonni go'zallik sari yetaklovchi so'zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko'chaga chiqmagan oddiy ayol - onam uyg'otgan...»

Zulfiya she'riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g'ajib tashlay oladigan hijron to'g'risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she'rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onaiarga, barcha ma'shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli bo'lgan she'riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg'ularining porloq yulduzi charaqlab turadi.

Xalq orasida «Oydinda», «Sensiz», «Yurak», «Falak», «Bahor keldi seni soʻroqlab», «Oʻgʻirlamang qalamim bir kun», «Boʻm-boʻsh qolibdi bir varaq qogʻoz» kabi sheʼrlari, «Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush», «Mushoira» kabi sheʼrlari mashhur. «Uni Farhod der edilar», «Quyoshli qalam», «Xotiram siniqlari» kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan soʻng koʻplab mahzun sheʼrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa koʻplab shoirlarning asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun koʻpgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Nashr qilingan asarlari

  • Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983—1986.

Ilmiy adabiyotlar

  • Akbarov A. Zulfiya. Tashkent. Izd-vo im. G. Gulyama, 1983.
  • Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.
  • Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «Yozuvchi», 2000.

Kitoblar


Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.


Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil