Sardoba suv ombori: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
cat.
Qator 53: Qator 53:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar|2}}
{{manbalar|2}}
[[Turkum:Suv omborlari]]

19-Oktyabr 2020, 16:28 dagi koʻrinishi

Sardoba suv ombori
Morfometriya
Sigʻimi0,93 km³
Maksimal chuqurligi28,8 m
Xarakteristikalar
Toʻgʻon balandligi28 m
Havza
Quyiladigan irmoqJanubiy Mirzachoʻl kanali
Joylashuvi
MamlakatOʻzbekiston
RegionSirdaryo viloyati
TumanSardoba
Sardoba suv ombori (Oʻzbekiston)
Sardoba suv ombori
Sardoba suv ombori (Sirdaryo viloyati)
Sardoba suv ombori

Sardoba suv ombori — Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatida barpo etilgan suv ombori. 2017-yil Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda qurilgan. Suv sigʻimi 930 million m³, balandligi 28,8 m.[1] Suv omborining qurilishi 2010-yil boshlanib, 2017-yil yakunlandi. Uni qurishdan maqsad Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining unumdor yerlaridan foydalanib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish boʻlgan. Suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilishi koʻzda tutilgan.[2] Suv ombori qurilishida „Sirdaryo suv qurilish invest“ DUK (Suv xo'jaligi vazirligi) buyurtmachi, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ga qarashli „Oʻztemiryoʻlqurilishmontaj“ korxonasi bosh pudratchi, „UzGip“ MCHJ bosh loyihachi, 10 dan ortiq kompaniyalar subpudratchi boʻldi. Suv omboridan foydalanish „Oʻzbekiston temir yo'llari“ AJga qarashli „Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi“ga topshirildi. Sardoba suv omborining qiymati 1,3 trillion soʻm (404 million AQSh dollari)ni tashkil etdi.[3][4] 2020-yil 1-may kuni ombor oʻpirilib, Oʻzbekistonning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari va Qozogʻistonning Paxtaorol tumanidagi oʻnlab aholi punktini suv bosdi.

GES loyihasi

2020-yil 21-aprelda „Oʻzbekgidroenergo“ AJ tomonidan Sardoba suv ombori atrofida GES qurilishi boshlandi. Qiymati 21,3 million yevroga teng boʻlgan GES qurilishi 2023-yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgandi. Qurilish Rossiyaning „Roseksimbank“i tomonidan moliyalashtirlishi belgilangan. Rossiya tomonidan bosh pudratchi „Силовые машины – ЗТЛ, ЛМЗ, Электросила, Энергомашэкспорт“ kompaniyasi boʻlib, u bilan 19,2 million yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolandi. Loyihaga koʻra GESning umumiy quvvati 10,7 MVt.ga teng boʻlib, unga 5,35 MVt.dan iborat ikkita gidroagregat oʻrnatilishi belgilandi. GESning yillik tok ishlab chiqarish quvvati 41,1 million KVt. soatga teng boʻlishi kerak edi.[5][6]

Suv toshqini

Sardoba suv omborida yuz bergan halokat oqibatida suv bosgan hududlar xaritasi

2020-yil 1-may, soat 05:55 da suv ombori toʻgʻonining 6-piket devoridan suv sizib chiqa boshladi, suv oqimi tobora kuchayib bordi. Oqibatda Qoʻrgʻontepa qishlogʻi suv ostida qoldi. Qoʻrgʻontepa aholisi „Birlik“ mahallasiga evakuatsiya qilindi.[7]. „Qoʻrgʻontepa“, „Doʻstlik“, „Yurtdosh“, „Navbahor“, „Haqiqat“, „Bahoriston“ mahallalarini suv bosgan, aholi evakuatsiya qilindi.[8]. Bundan tashqari Oqoltin tumanidagi „Ahillik“, „Shodlik“, „Saxovat“, „Navoiy“, „Doʻstlik“, „Koʻrkamdiyor“, „Toshkent“, „Yangihayot“, „Obod“, „Mustahkam“ mahallalari aholisi Jizzax viloyatining Gagarin shahriga koʻchirildi. Mirzaobod tumanining „Beruniy“, „Paxtaobod“, „Baliqchi“, „Haqiqat“, „Bahoriston“, „Yangiovul“, „Doʻngariq“ mahallalari aholisi Yangiyer shahriga koʻchirildi. Ombordan toshgan suv oqimi Oqoltin tumanidan oqib oʻtuvchi Abay kanaliga oqizilib, Arnasoy koʻllariga yoʻnaltirildi. Sardoba qishlogʻi aholisi ham Gagarin shahriga koʻchirildi.[9] Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra toshqinning birinchi kunida 11 598 kishi evakuatsiya qilindi.[10] 2-may kuni 60 450 kishi xavfsiz joyga koʻchirildi.[11] Toshqin oqibatida 4 kishi vafot etdi, 1 kishi bedarak yoʻqoldi.[12] Sardoba halokati boʻyicha jinoiy ish ochildi.[13] 19-may kuni jinoiy ishga aloqador 2 kishi "mansabga sovuqqonlik bilan qarash" va "togʻ-kon, qurilish qoidalarini buzish"da gumonlanib, hibsga olingan.[14]

Qozogʻiston rasmiylarining eʼtirozi

2020-yil 1-may kuni suv omboridan suv toshishi oqibatida Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi bir nechta aholi yashash punktlari ham suv ostida qoldi. Lekin O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosariga qoʻngʻiroq qilib toshqin Qozogʻistonga oʻtmasligini aytgan, shu sababli Qozogʻistonda aholini evakuatsiya qilish biroz kechikkan.[15][16] Bundan tashqari Qozogʻiston rasmiylari Sardoba suv ombori qurilishi Qozogʻiston tarafi bilan kelishilmay qurilganligini ham taʼkidlashdi. Bu masalada rasmiy nota yoʻllash masalasi koʻrib chiqilayotganini eʼlon qilishdi.[17] Keyinchalik Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi bu masalada Oʻzbekistonga nota yuborilmasligi haqida gapirdi.[18]

Manbalar

  1. Sputnik Ўзбекистон. „Сардоба сув омбори қошида кичик ГЭС қурилиши бошланди. Лойиҳанинг умумий қиймати 21,3 млн еврони ташкил қилади.“. https://sputniknews-uz.com. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  2. Oʻzbekiston respublikasi prezidenti matbuot xizmati. „Президент Сирдарё вилоятида бўлди“. https://president.uz. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
  3. Газета.uz. „Сардоба сув омборини ким қурган?“. https://www.gazeta.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  4. „"Sardoba" suv ombori to'g'oni o'pirilishi bo'yicha 9 nafar shaxs qamoqqa olindi — Bosh prokuratura“. https://www.uzreport.news. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  5. kun.uz. „Ўзбекистонда қиймати 21,3 млн еврога тенг ГЭС қурилиши бошланди“. https://kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  6. Sputnik Ўзбекистон. „Сардоба сув омбори қошида кичик ГЭС қурилиши бошланди. Лойиҳанинг умумий қиймати 21,3 млн еврони ташкил қилади.“. https://sputniknews-uz.com. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha birlamchi ma'lumot“. https://fvv.uz. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. „Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot“. https://fvv.uz. Qaraldi: 2020-yil 1-may.
  11. Daryo.uz. „Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng 70 mingga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 2-may.
  12. kun.uz. „Сардобадаги сув тошқини оқибатида 4 киши ҳалок бўлиб, бир киши бедарак йўқолган“. https://kun.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  13. Daryo.uz. „“Sardoba” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati olib boradi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
  14. https://m.kun.uz/news/2020/05/23/sardoba-ishi-doirasida-ikki-kishi-hibsga-olindi
  15. TengriNews. „Узбекистан заверял, что ни капли воды в нашу сторону не идет - замакима о подтоплениях в Мактаарале“. https://tengrinews.kz. Qaraldi: 2020-yil 3-may.
  16. Daryo.uz. „Gromov: O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari qo‘ng‘iroq qilib, suv Qozog‘istonga o‘tmasligini ta’kidlagan edi“. https://daryo.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  17. Qalampir.uz. „Sardoba suv ombori qurilishi biz bilan kelishilmagan – Qozog‘iston O‘zbekistonga nota yo‘lladi“. https://qalampir.uz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
  18. Kazinform. „Қозоғистон ТИВ: сув тошқини юзасидан Ўзбекистонга нота юборилмайди“. https://www.inform.kz. Qaraldi: 2020-yil 5-may.