Lishayniklar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14: Qator 14:
| trinomial =
| trinomial =
| trinomial_authority =
| trinomial_authority =
}}'''Lishayniklar''' ({{lang-la|Lichenes}}) [[zamburugʻlar]] va [[suvoʻtlari]] va/yoki [[sianobakteriyalar]]ning [[simbioz|simbiotik]] majmualari boʻlmish [[organizm]]lardir.<ref name=dobson>F.S. Dobson (2000) Lichens, an illustrated guide to the British and Irish species. Richmond Publishing Co. Ltd., Slough, UK</ref> Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,<ref name="Morris2007">{{cite book |author=Morris J, Purvis W. |title=Lichens (Life) |publisher=The Natural History Museum |location=London |year=2007 |page=19 |isbn=0-565-09153-0 |oclc= |doi= |accessdate=}}</ref> shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.<ref name=ferry>Ferry, B.W., Baddeley, M.S. & Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air Pollution and Lichens. Athlone Press, London.</ref><ref name=rosehawksworth>Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981) Lichen recolonization in London's cleaner air. Nature</ref><ref name=Hawksworthrose1976>D.L. Hawksworth and F. Rose(1976) Lichens as pollution monitors. Edward Arnold, Institute of Biology Series, No. 66. 60pp. ISBN 0-7131-2554-3: 0713125551(pbk.)</ref> Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.
}}'''Lishayniklar''' ({{lang-la|Lichenes}}) [[zamburugʻlar]] va [[suvoʻtlari]] va/yoki [[sianobakteriyalar]]ning [[simbioz|simbiotik]] majmualari boʻlmish [[organizm]]lardir.<ref name=dobson>F.S. Dobson (2000) Lichens, an illustrated guide to the British and Irish species. Richmond Publishing Co. Ltd., Slough, UK</ref> Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,<ref name="Morris2007">{{cite book |author=Morris J, Purvis W. |title=Lichens (Life) |publisher=The Natural History Museum |location=London |year=2007 |page=19 |{{isbn|0-565-09153-0}} |oclc= |doi= |accessdate=}}</ref> shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.<ref name=ferry>Ferry, B.W., Baddeley, M.S. & Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air Pollution and Lichens. Athlone Press, London.</ref><ref name=rosehawksworth>Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981) Lichen recolonization in London's cleaner air. Nature</ref><ref name=Hawksworthrose1976>D.L. Hawksworth and F. Rose(1976) Lichens as pollution monitors. Edward Arnold, Institute of Biology Series, No. 66. 60pp. {{ISBN|0-7131-2554-3}}: 0713125551(pbk.)</ref> Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->

28-Sentyabr 2020, 07:51 dagi koʻrinishi

Lishayniklar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Nabotot
Tip: Zamburugʻlar
Sinf: Lichenes

Lishayniklar (lotincha: Lichenes) zamburugʻlar va suvoʻtlari va/yoki sianobakteriyalarning simbiotik majmualari boʻlmish organizmlardir.[1] Biroq lishayniklar morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi zamburugʻ va suvoʻtlarnikidan farq qiladi. Lishayniklar tarqalish areali nihoyatda xilma-xil, ularni sovuq, nam iqlimda ham, issiq, choʻl sharoitida ham uchratish mumkin,[2] shu bilan birga ular atrof-muhit oʻzgarishiga sezgirdir.[3][4][5] Lishayniklardan boʻyoq, atir-upa ishlab chiqarishda hamda tabobatda foydalaniladi.

Lishayniklar (Lichenes) - zamburugʻlarning maxsus bir guruhi; suv oʻtlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar L.ga tuban oʻsimliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. L. haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qili-shiga binoan, ikki sinf: xaltachali L. (maʼlum boʻlgan deyarli hamma L.) va bazidiyali L.ga (bir necha oʻnlab tur) ajratiladi. Koʻk-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvoʻtlar L.ning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, L.ning har bir turiga maʼlum bir suvoʻt turi toʻgʻri keladi.

L.ning poʻstloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari boʻladi. Poʻstloqsimon L. sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki poʻstloq shaklida. Bargsimon L. birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar koʻrinishida. Butasimon L. ancha murakkab tuzilgan boʻlib, shoxlari osilib tushgan yoki tik oʻsadigan oʻsimlik tupini eslatadi. L. anatomik tuzilishiga koʻra gome-omer (suvoʻtlar L. tanasi boʻylab tekis tarqalgan) va geteromer (suvoʻtlar L. tanasining faqat ustki poʻstlogʻi ostida joylashgan) boʻladi.

L. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.

L.ning suv shimadigan maxsus organi yoʻq; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvoʻtlardagi fotosintez tezligi L. tallomidagi suvning miqdoriga bogʻliq; L. kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki toʻxtaydi. Poʻstloqsimon L. butasimon L.ga nisbatan sekin usadi. L. yiliga oʻrtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha usadi. Haroratning koʻtarilishi yoki pasayishi L.ga uncha taʼsir qilmaydi. L. yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda — daraxtlar, togʻ jinslari, tuproq va yashil oʻsimliklar barglarida, teri, suyak, qogʻoz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. L. hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland togʻlarda keng tarqalgan. Yaqingacha L. tanasidagi zamburugʻlar bilan suv oʻtlari orasidagi oʻzaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan boʻlib, ayniqsa, zamburugʻning parazitlik xususiyati yaqqol koʻzga tashlanadi. L. unumsiz joylarda oʻsishi tufayli boshqa oʻsimliklar uchun zamin tayyorlaydi. Baʼzi butasimon L. esa bugʻularning asosiy ozigʻi hisoblanadi. Dorivor (ichni krtiradigan, yumshatadigan, kon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) L. ham bor. L.dan mik-roblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim L.dan parfyumeriya sanoatida, lakmus va boʻyoq tayyor-lashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida oʻsadigan poʻstloq L.i zararkunanda hasharotlar uchun pana joy boʻlganligi sababli salbiy ahamiyatga ega.[6]

Manbalar

  1. F.S. Dobson (2000) Lichens, an illustrated guide to the British and Irish species. Richmond Publishing Co. Ltd., Slough, UK
  2. Morris J, Purvis W.. Lichens (Life). London: The Natural History Museum, 2007 — 19 bet. 
  3. Ferry, B.W., Baddeley, M.S. & Hawkworth, D. L. (Editors) (1973) Air Pollution and Lichens. Athlone Press, London.
  4. Rose C.I., Hawksworth D.L. (1981) Lichen recolonization in London's cleaner air. Nature
  5. D.L. Hawksworth and F. Rose(1976) Lichens as pollution monitors. Edward Arnold, Institute of Biology Series, No. 66. 60pp. ISBN 0-7131-2554-3: 0713125551(pbk.)
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar