Nodir devonbegi madrasasi (Buxoro): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
+
Qator 11: Qator 11:
|Joylashuv nomi = shahar
|Joylashuv nomi = shahar
|Joylashuvi = Buxoro
|Joylashuvi = Buxoro
|Manzil = J. Ikromiy MFY<br/>Mehtar anbar koʻchasi
|Manzil = J. Ikromiy MFY<br/>Mehtar anbar koʻchasi<br/>([[Labihovuz ansambli]])
|lat_dir =N|lat_deg =|lat_min =|lat_sec =
|lat_dir =N|lat_deg =|lat_min =|lat_sec =
|lon_dir =E|lon_deg =|lon_min =|lon_sec =
|lon_dir =E|lon_deg =|lon_min =|lon_sec =

27-Sentyabr 2020, 09:59 dagi koʻrinishi

Madrasa
Nodir devonbegi madrasasi
Nodir devonbegi madrasasi bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil J. Ikromiy MFY
Mehtar anbar koʻchasi
(Labihovuz ansambli)
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Nodir devonbegi
Homiylar Nodir devonbegi
Binokorlik 1619-yil1620-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Nodir devonbegi madrasasi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnchng vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (162223). Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan mad-rasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi may-donga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serha-shamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo kushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tas-viri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldas-ta ravokdardagi nakshlar bilan oʻzaro uy-gʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan huj-ralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi kayta jilolandi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil