Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Asadbek Botirqulov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 56: Qator 56:
# {{Roziman}} --[[Foydalanuvchi:Mirzoulug'bek|Mirzoulug'bek]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Mirzoulug'bek|munozara]]) 13:37, 26-Sentabr 2020 (UTC)
# {{Roziman}} --[[Foydalanuvchi:Mirzoulug'bek|Mirzoulug'bek]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Mirzoulug'bek|munozara]]) 13:37, 26-Sentabr 2020 (UTC)
# {{Roziman}} <b>[[Foydalanuvchi:Vikichizar|<font color="blue">Viki</font><font color="orange">chi</font><font color="red">zar</font>]]</b><sup><big>[[Foydalanuvchi munozarasi:Vikichizar|<span style="color:orange">munozara</span>]]</big></sup> 17:07, 26-Sentabr 2020 (UTC).
# {{Roziman}} <b>[[Foydalanuvchi:Vikichizar|<font color="blue">Viki</font><font color="orange">chi</font><font color="red">zar</font>]]</b><sup><big>[[Foydalanuvchi munozarasi:Vikichizar|<span style="color:orange">munozara</span>]]</big></sup> 17:07, 26-Sentabr 2020 (UTC).
{{Roziman}} --[[Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov|Jamshid Nurqul]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Jamshid Nurkulov|munozara]]) 19:56, 26-Sentabr 2020 (UTC)
# {{Roziman}} --[[Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov|Jamshid Nurqul]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Jamshid Nurkulov|munozara]]) 19:56, 26-Sentabr 2020 (UTC)
<!--# {{Roziman}} --~~~~ -->
<!--# {{Roziman}} --~~~~ -->



27-Sentyabr 2020, 04:41 dagi koʻrinishi

Asadbek Botirqulov

Ushbu nomzod haqida fikringizni bildirib, ovoz bering (7/0/0); 19:01, 29-Sentabr 2020 (UTC) da tugatish rejalashtirilgan. Ushbu soʻrovni oʻtkazganingizdan soʻng, <!-- va --> ni olib tashlang.

Nominatsiya

Administratorlikka nomzodimni qoʻyganimning bir qancha sabablari mavjud. Vikipediyada chalkash maqolalar juda koʻp. Bir shaxs uchun ikkita, baʼzan uchta maqola ham yaratilgan. Har bir kichik muammo uchun administratorlarga murojaat etish ham meni, ham administratorlarni bezitadi. Oʻz vaqtida kerakli ishni amalga oshira olmaganim uchun asta-sekin vikiga boʻlgan ishtiyoqim soʻnishi mumkin deb qoʻrqaman. Men xohlardimki, vikipediyadagi keraksiz sahifalarni hammasini oʻchirish va ikkita maqolalarni birlashtirib, kerakmasini oʻchirishni va ularni yangidan vikimaʼlumotlarga ulashni. Shu kabi holatlarni oʻz vaqtida toʻgʻirlash uchun menga baʼzi huquqlar yetishmayapti va oʻz vaqtida amalga oshira olmayapman. Shu sababli administratorlikka oʻz nomzodimni qoʻyishga qaror qildim. — Bu xabarni Asadbek Botirqulov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Foydalanuvchi haqida maʼlumot

Asadbek Botirqulov (mun. · hissasi · oʻchirilgan hissasi · maqolalar · fayllar · maʼlumot · qaydlar · filtrlar · toʻsishlar · huquqlar)

Tahrirlar soni 12,200 barcha tahrirlar, ulardan 12,401 (99,4%) tahrir maqolalar nomfazosida
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish 41% katta oʻzgarishlarda va 59% kichik tahrirlarda
Birinchi tahriri kuni 2017-06-24 17:37
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni 10,5
Skype
Ovoz berish oʻtkaziladi 2020-09-22 dan 2020-09-29, 15:00 UTC gacha

Munozara

"Vikipediyada chalkash maqolalar juda koʻp. Bir shaxs uchun ikkita, baʼzan uchta maqola ham yaratilgan. Har bir kichik muammo uchun administratorlarga murojaat etish ham meni, ham administratorlarni bezitadi". Administratorlikka nomzodingizni qoʻyganligingizning asosiy sababi faqat shumi? Biror-bir maqolani oʻchirilishi kerak deb hisoblasangiz, ushbu maqolaga {{delete}} andozasini qoʻshing, biz tezda oʻchiramiz (agar rostdan ham oʻchirilishi kerak boʻlsa). Hech qanday administratorga murojaat qilishga hojat yoʻq. Keyin hech kim bezimaydi, sababi administratorning vazifasi shu, agar bir kun bundan bezib qolaman deb oʻylaganda, administratorlikka nomzodini qoʻymagan boʻlar edilar. Malikxan munozara 05:02, 23-Sentabr 2020 (UTC)

"Ammo yangi huquqlar bilan samaradorlik yanada ortishiga ishonaman". Samaradorlik yanada ortishi deganda nimani nazarda tutyabsiz? Malikxan munozara 05:12, 23-Sentabr 2020 (UTC)
@Malikxan: Agar standart savollarga berilgan javoblarni yaxshilab koʻrib chiqsangiz asosiy sabablarni koʻrasiz. "Ammo yangi huquqlar bilan samaradorlik yanada ortishiga ishonaman" Bunga men shunday izoh beraman: Mohammad Raxim IMuhammad Rahim I bu bir shaxs haqida ikki maqola. Birinchisida deyarli hech narsa yoʻq, ammo boshqa tillarga shu ulangan. Ikkinchisi asosiy maqola, ammo uning oʻziga alohida vikidata ochilgan. Men bularga siz aytgandek {{delete}} qoʻyib ketishim mumkin, lekin chalkashlik yanada koʻpayib ketadi. Agar menda adminlik huquqlaridan oʻchirish boʻlsa, bu kabi axlatlarni bir chekkadan oʻchirib, vikidataga toʻgʻri ulashimni aytmoqchiman. Qisqasi maqsadim vikini axlatlardan tozalash, maqolalar sifatini oshirish. Asadbek Botirqulov (munozara) 05:50, 23-Sentabr 2020 (UTC)
Sizning {{delete}} tegini qoʻshib chiqishingiz chalkashlikni nega koʻpaytiradi deb oʻylaysiz? Maqolalar sifatini oshirish uchun administratorlik statusi sizga kerakmi? Keyin, iltimos, maqsadingizni qisqacha emas, batafsil ifodalab bering. Malikxan munozara 07:25, 23-Sentabr 2020 (UTC)
Standart savollardagi javoblarda aniq va batafsil koʻrsatilmaganmi? - Kagansky (munozara) 09:23, 23-Sentabr 2020 (UTC)
@Kagansky: Standart savollardagi javoblarga batafsil javob koʻrdim deb oʻylamayman. Men yuqorida koʻrsatilgan administratorlikka nomzodini qoʻyganligi sababi yuzasidan savollar beryabman. Ishonamanki, Asadbek Botirqulov ushbu savollarga aniq va batafsil javob beradi. :) Malikxan munozara 09:31, 23-Sentabr 2020 (UTC)

Rozilar

  1.  Roziman. Muxriddin Azimov (munozara) 19:21, 22-Sentabr 2020 (UTC)
  2.  Roziman. OʻzVikiga qiziqib qolgan foydalanuvchilar, ancha vaqtdan buyon, birinchilardan boʻlib Asadbek Botirqulovni tanib qolishyapti. Ilgarigi yillarga nisbatan aktiv foydalanuvchilar koʻpayib boryapti. Aktiv adminlar yana bittaga koʻpayishsa yomon boʻlmas edi. — Kagansky (munozara) 19:58, 22-Sentabr 2020 (UTC)
  3.  Roziman. Xusinboy Bekchanov (munozara) 02:09, 23-Sentabr 2020 (UTC).
  4.  Roziman. Umarxon III (munozara) 07:04, 23-Sentabr 2020 (UTC).
  5.  Roziman. Siz kabi shijoatli foydalanuvchilar borligidan bagʻoyatda xursandman! Malikxan munozara 07:00, 26-Sentabr 2020 (UTC)
  6.  Roziman --Mirzoulug'bek (munozara) 13:37, 26-Sentabr 2020 (UTC)
  7.  Roziman Vikichizarmunozara 17:07, 26-Sentabr 2020 (UTC).
  8.  Roziman --Jamshid Nurqul (munozara) 19:56, 26-Sentabr 2020 (UTC)

Qarshilar

Betaraflar

Izohlar

Hurmatli Abdulla, Akmaljon Nabiev, Amir Temur, Malikxan, Changez36, Jamshid Nurqul, ITPRO.UZ, Khasan azim1, MirshohidIsmatov, Muxriddin Azimov, Nataev, Nataeva, PlanespotterA320, Umarxon III, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, ovoz berishda ishtirok eting! :)

Nomzodga savollar

Standart savollar
1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
A: Vikpediya mezonlariga asoslanib sahifalarni tezda oʻchirish, ensiklopedik ahamiyatga ega yoʻqotilgan sahifalarni tiklash, biror bemanilik va vandallik qiladigan foydalanuvchilarni oʻz vaqtida chetlashtirish. Maqolalarni muhofazalash, muhofazalangan sahifa/nomfazolarda tahrirlar qilmoqchiman.
2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
A: Oʻrtacha. Ammo yangi huquqlar bilan samaradorlik yanada ortishiga ishonaman.
3. Sizda Vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
A: Menda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlgan. Avvaliga qizishganman, ammo keyin bosiqlik bilan hal qilganman. Bundan keyin bu kabi holat boʻlsa ham yaxshi yoʻl bilan hal qilaman.
4. Sizda qoʻshimcha hisob yozuvi bormi? Izoh: Siz bu savolga javob berishga majbur emassiz.
A: Ha bor: Xirat
Ikkinchi hisob yozuvi nima uchun kerak? — Xusinboy Bekchanov (munozara) 02:13, 23-Sentabr 2020 (UTC).
@Xusinboy Bekchanov: Birinchi boʻlib vikipediyada Xirat profili bilan tahrirlashni boshlaganman. Ammo oz vaqt oʻtib parol va loginimni yoʻqotib qoʻydm va hozirgi sahifamni ochdim. 2020-yil sentabr oyida eski profilimning paroli yozilgan uch yillik daftarimni topganimdan soʻng, qiziqib oldingi profilimga kirib koʻrdim. Ammo undan aktiv holda foydalanmayman. Bu sahifaga qarasangiz, tahrirlar orasidagi uch yillik farqni koʻrishingiz mumkin. 2017-yil iyul — 2020-yil 7-sentabr.
5. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha?
A: Ha, texnik sabablarga koʻra, tasodifan bloklanib qolganman.
6. Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
A: Ular bilan shaxsan tanish emasman.
7. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
A: Yoʻq.
Malikxandan qoʻshimcha savollar

Avvalambor, hamjamiyatimizga xizmat qilishni taklif qilganingiz uchun tashakkur. Quyidagi savollarga batafsil javob kutaman, ishonamanki, javoblaringiz meni qoniqtiradi. Malikxan munozara 17:23, 23-Sentabr 2020 (UTC)

8. Hozirgi siyosatimiz va amaliyotimiz haqida fikringiz qanaqa va qoʻllab-quvvatlashni xohlamayotgan foydalanuvchilarga (shu jumladan menga ham) nimani taʼkidlab oʻtmoqchisiz?
Hozirgi vikipediyaning siyosatiga ijobiy baho beraman. Oldinga qarab bormoqda. Ammo kamchiliklar ham yoʻq emas. Men administratorlardan koʻproq mehnat talab qilgan boʻlar edim. Ular faqatgina maqola oʻchirish yoki tiklash, foydalanuvchilarni bloklashni emas, balki yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishini xohlardim. Har bir odam oʻz fikriga ega va meni qoʻllab-quvvatlamayotgan foydalanuvchilarning fikrini xurmat qilaman. Demak, menda qandaydir kamchilik bor va ular buni menga ochiq va oydin aytishlarini ham iltimos ham talab qilaman.
9. Sizningcha, Vikipediyani yangi hissa qoʻshuvchilar uchun qulay joyga aylantirishda administratorning roli qanday? Vikipediyada yangi hissa qoʻshuvchilarni kutib olish uchun administrator sifatida qanday harakatlarni amalga oshirmoqchisiz?
Administrator vikipediyaga tahrir uchun kelgan yangi foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlashi kerak. Qachonki admin erinmasdan foydalanuvchilarga vikipediyaning kichik detallarini tushuntirsa, yangi foydalanuvchilar tahrirlashni tezda oʻrganadilar va ular vikipediyaning ahamiyatini yanada kuchliroq anglaydilar. Admindan foydalanuvchilarga kuchliroq eʼtibor kerak. Men hozirgi kunda admin boʻlmasam ham viki rivoji uchun qoʻlimdan kelganini qilayapman deb oʻylayman. Menga koʻp foydalanuvchilar telegram hisobimga bogʻlanib, nima uchun munozara sahifasini yaratib chiqasiz deb soʻrashadi? Men endi vikipediyaga kirganimda, Nataev munozara sahifamni yaratganlar. Men vikini shundagi koʻrsatmalar bilan oʻrganganman. Bu ham bir foydalanuvchilarni kutib olish. Ularning maqolalarini tekshirib, telegram, munozara sahifalarida xatolarini tushuntiraman va boshqa yordamlarni koʻrsataman.
10. Vikipediyada administrator sifatida odatdagi kunni tasvirlab bera olasizmi?
Yangi foydalanuvchilarni kutib olish (har kuni ham kelavermaydi), yangi maqolalarni patrullash, xatolarini toʻgʻirlab, agar katta xato boʻlsa, iloji boricha maqola muallifiga tushuntirish.
11. Faqat administrator boʻlish uchungina hissa qoʻshadigan, keyin tahrirlashni toʻxtatib, yoʻqolib ketadigan foydalanuvchilar haqida nima deb oʻylaysiz?
Ajoyib savol! Bu kabi koʻplab adminlar mavjud turli vikipediyalarda. Men bunday insonlardan nafratlanaman. Administrator boʻlish, bu yanada koʻproq hissa qoʻshish demakdir. Men bu kabi adminlarni qoidalarda belgilangan tartibda vaqtidan oʻtib ketgan boʻlsa, oʻz lavozimidan ozod qilishni taklif qilaman. (Albatta hammada muammo va tashvish mavjud. Ammo admin boʻlgandan keyin, hech boʻlmasa har hafta vikipediyada koʻrinish berishi lozim).
12. Muayyan foydalanuvchilarga, ayniqsa, ular muammolarga duch kelganda, ularga yoʻl koʻrsatuvchi sifatida ishlashni rejalashtirmoqdamisiz? Siz ilgari shunday qilganmisiz?
Xa bu kabi ishlarni koʻp amalga oshirganman va oshirmoqdaman. Bundan keyingi rejalarimda ham ushbu vazifalar eng ustuvorlaridan.
13. „Kechirasiz“ deyishdan tashqari qoʻpol administrativ qarorlar uchun javobgarlikni olishga tayyormisiz?
Xa javob beraman. Va hech shubha qilmaymanki, vikipediyadagi hamma administratorlar oʻzlari qabul qilgan qarorlarning javobgarligini oʻz zimmasiga oladi, hech kim mustasno emas.

@Malikxan: oʻylaymanki men bergan javoblar sizni qoniqtirdi. Men administratorlikni faqat vikipediyani rivojlantirish maqsadida olmoqchiman va boshqa niyatim ham yoʻq. Men oʻzbekcha vikipediyani sifatini oshishini, oʻzbek tilida kontent koʻpayishini xohlayman. Agarda bu lavozimga loyiq topilmasam ham, adminlar bilan birdek hissa qoʻshishga tayyorman. Savollar uchun raxmat. Bu saralangan savollar sizning vikipediyani qanchalar sevishingizni koʻrsatmoqda.

@Asadbek Botirqulov: Savollarga javobingiz meni qoniqtirdi, balki aʼlo darajada. Agar administrator boʻlishingiz, maqolalar yaratish kabilarga taʼsir koʻrsatmasa, juda ham xursand boʻlar edim. :) Malikxan munozara 06:53, 26-Sentabr 2020 (UTC)
@Asadbek Botirqulov: Yana bir qoʻshimcha savol. Agar sizning administrator boʻla olmasligingiz, Vikipediyaga boʻlgan ishtiyoqingizni soʻndirishi mumkinmi? (bu savol sizning Oʻz vaqtida kerakli ishni amalga oshira olmaganim uchun asta-sekin vikiga boʻlgan ishtiyoqim soʻnishi mumkin deb qoʻrqaman gapingiz asosida berildi)? Malikxan munozara 07:12, 26-Sentabr 2020 (UTC)
@Malikxan: oʻrinli savol. Yoʻq soʻndirmaydi. Hammada ham shaxsiy muammo bor. Muammolarim bilan ovora boʻlib (masalan: oʻqishga kira olmaslik) qolishim mumkin. Ammo hech qachon soʻnmaydi. Inson biror lavozimda boʻlar ekan, oʻsha lavozimga loyiq boʻlishga intiladi. Agar menda administratorlik boʻlsa, yanada masuliyatli boʻlaman va qoʻldan kelgancha oʻz majburiyatlarimni bajaraman. Asadbek Botirqulov (munozara) 08:00, 26-Sentabr 2020 (UTC)