Samarqand davlat universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Haqberdiyev Javohir Isrofil o'g'li tahrirlari Kagansky versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
"ВИКИПЕДИЯ_(2).jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Sealle Insufficient or doubtful author or license; OTRS validation required (F1) tufayli oʻchirgan edi.
Qator 1: Qator 1:
{{Taʼlim muassasasi|nomi=Samarqand davlat universiteti|tasvir=[[File:ВИКИПЕДИЯ (2).jpg|thumb|Samarkand state university]]|xalqaronom=Samarkand State University (SamSU)|asos_yil=1420||turi=davlat|rektor=Rustam Xalmuradov|talabalar=22 000 dan ziyod|fakultet=18|bakalavriat=mavjud|magistratura=mavjud|doktorantura=mavjud|manzil=140104, Oʻzbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy|vebsayt=http://samdu.uz/}}
{{Taʼlim muassasasi|nomi=Samarqand davlat universiteti|tasvir=|xalqaronom=Samarkand State University (SamSU)|asos_yil=1420||turi=davlat|rektor=Rustam Xalmuradov|talabalar=22 000 dan ziyod|fakultet=18|bakalavriat=mavjud|magistratura=mavjud|doktorantura=mavjud|manzil=140104, Oʻzbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy|vebsayt=http://samdu.uz/}}
'''Samarqand Davlat Universiteti''' (Samarqand universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, '''qisqacha:''' SamDU) — [[Samarqand]]dagi oliy o‘quv yurti bo‘lib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.
'''Samarqand Davlat Universiteti''' (Samarqand universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, '''qisqacha:''' SamDU) — [[Samarqand]]dagi oliy o‘quv yurti bo‘lib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.



24-Sentyabr 2020, 16:56 dagi koʻrinishi

Samarqand davlat universiteti
Xalqaro nomi Samarkand State University (SamSU)
Asos solingan 1420
Oʻquv yurti turi davlat
Rektori Rustam Xalmuradov
Talabalari 22 000 dan ziyod
Fakultetlar 18
Bakalavriat mavjud
Magistratura mavjud
Doktorantura mavjud
Manzili 140104, Oʻzbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy
Vebsayti http://samdu.uz/

Koordinatalari: 39°38′40.922860029117″N 66°57′40.022301764138″E / 39.64470079445253248°N 66.96111730604559398°E / 39.64470079445253248; 66.96111730604559398 G O

Samarqand Davlat Universiteti (Samarqand universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, qisqacha: SamDU) — Samarqanddagi oliy o‘quv yurti bo‘lib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-yil 22 yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamat., tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4-yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929-yil noyabrda ishchilar fakulteti, 1930-yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930-yil 22 yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.

1933-yil 20 yanvarda Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat universiteti (Oʻzbekiston Davlat Universiteti)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992-yil Samarqand Davlat Universiteti bilan birlashtirildi), 1935-yil tibbiyot fakulteti negizida Samarqand tibbiyot instituti tashkil etildi. Shuningdek, universitet negizida SamarqanddaQ.x., Tijorat, Chet tillar institutlari ham tashkil topdi. 1941 i. universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-yil noyabrdan 1944-yil oktabrgacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960-yildan Oʻzbekiston Davlat Universiteti Samarqand davlat universiteti (Samarqand Davlat Universiteti) deb atala boshladi.

Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.

Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, pedagog, psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv-yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va professor, 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. Samarqand Davlat Universiteti ni bitirganlar orasida olimlardan I. Moʻminov, S. Umarov, U. Orifov, Ya. Gʻulomov, A. Bahovuddinov, Q. Zokirov, V. Abdullayev, M. Osimov, A. Narzikulov, A. Adhamov, A. Otaxujayev, B. Valixoʻjayev, Sh. Vohidov, yozuvchi va shoirlardan Hasan Poʻlat, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Sh. Rashidov, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Dushan Fayziy, Omon Matjon, N. Narzullayev, B. Boyqobilov va boshqa bor.

Untda 1930-yildan „Ilmiy asarlar“ toʻplami (1998-yildan „Samarqand Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi“), 1957-yildan „Samarqand universiteta“ gaz. nashr etiladi [1].

Samarqand universitetining tarixiy ildizi Temuriylar davriga borib taqaladi. Ilmu-fan, maʼnaviyat va maʼrifat targʻibotchilari boʻlgan Temuriylar hukumronligi davrida Samarqand mintaqasida va umuman Movarounnahr hududida, fan, taʼlim taraqqiyoti uchun toʻliq maʼnodagi zaminu-asos yaratildi. Sohibqiron Amir Temur va uning davomchilari tomonidan bunyod etilgan qator madrasa-maktablar, nafaqat diniy taʼlim maskani boʻlib qolmasdan, ular dunyoviy bilimlar beruvchi makon ham edi. Ushbu madrasalardagi saboqlarning 70 % dan ortigʻini dunyoviy predmetlar tashkil qilgan. Aslida Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshgʻariy kabi allomalarni voyaga etkazgan yurtda taʼlim tizimini yanada taraqqiy qildirish, ilmu-fanni yuksaltirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlganligi hech qanday bahsni talab qilmaydi.

Tarixi

Oʻzbekiston SSR hukumatining buyrugʻi bilan 1927-yilning 22-yanvar kuni Samarqand shahrida Oʻzbek Pedagogik Instituti tashkil etildi. 1930-yili universitet nomi Oʻzbek Davlat Pedagogik Akademiyasiga almashtirildi.

1933-yilda Pedagogik Akademiya va Oʻzbek Davlat tibbiyot instituti huzurida Oʻzbek Davlat Universiteti tashkil etildi.

1941-yilda ushbu universitetga Pedagogika va oʻqituvchilar instituti qoʻshildi. Oʻsha-yili universitetga Alisher Navoiy nomi berildi.

1961-yili Oʻzbek Davlat Universiteti, Samarqand Davlat Universiteti deb nomlandi.

Fakultetlari

Hozirgi vaqtda universitet tarkibiga quyidagi fakultetlar kiradi:

Universitet manzili

Oʻzbekiston Respublikasi, 703004, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15

Mashhur bitiruvchilar

Manbalar

  1. Ibodulla Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar