Mamluklar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Maqola davlat to'g'risida
Qator 12: Qator 12:
{{hist-stub}}
{{hist-stub}}
{{authority control}}
{{authority control}}
[[Turkum:Musulmon sulolalari]]
[[Turkum:Turkiy sulolalar]]
[[Turkum:Turkiy davlatlar]]
[[Turkum:Turkiy davlatlar]]

7-Sentyabr 2020, 17:10 dagi koʻrinishi

Mamluklar davlati - Misrda (1250—1517) va Suriyada (1516 yilgacha) oʻrta asrlarda mamluklar sulolasi boshqargan davlat. 1250 yil mamluk harbiy boshliqlari ayyubiylarnj taxtdan agdarib hokimiyatni qoʻlga kiritgan. Mamluklarning 2 sulolasi maʼlum: Bahriylar (asosan, turkiy qavmlardan boʻlib 1250—1390 yillarda hukmronlik qilgan) va Burjiylar (asosan, kavkazliklar 1390—1517 yillarda hukmronlik qilgan). Mamluklar (ularning soni 9— 12 mingga yetgan) 24 ta bey qoʻmondonligi ostida xizmat qilishgan. Ushbu beylar yirik mulkdorlar boʻlib, eng yaxshi yerlar, davlatning hunarmandchilik korxonalari, bojxonalardan keladigan daromadlar va boshqa ga egalik qilganlar. Mamluklar davrida, 13—14-asrlarda davlat boshqaruvi tizimi isloh qilingan, sunʼiy sugʻorish tizimi yaxshilangan, madaniyatning yuksalishi kuzatilgan. Mamluklar ilgari davrlarda shakllangan harbiylen tizimini saqlab qolganlar.

13-asrda mamluklar qushini moʻgʻullarni tormor etadilar (1260 yil 3 sentabrdagi Ayn-Jolut jangi), salibchilarni Falastin va Suriyadan siqib chiqarganlar (1268), ismoiliilar — hashshoshiylarni tormor keltirganlar (1273). Mamluklar davlatining eng yirik sultonlari: Oybek (1250-57), Beybars I (1260-77), Qalovun (1279—90), Barsbey (1422—38), Gʻuriy (1501 — 16). 1516—17 yillarda turk sultoni Salim I qoʻshinlari Suriya, Misr va Falastinni bosib olib, Mamluklar davlatini tugatgan. Turklar bosqinidan keyin Misrdagi yerlarning bir qismimamluk zodagonlariga qoldirilgan, buni evaziga ular Qohiradagi turk poshosiga oʻlpon toʻlashlari lozim boʻlgan. 17-asr oxiridan Usmonli turk imperiyashning zaiflashuvi oqibatida mamluklar amalda oʻz hukmronliklarini tiklashgan. Faqat Misr poshosi Muhammad Ali (1805—48 yillarda hokimlik qilgan) davridagina mamluklardan yerlar tortib olingan, 1811 yil esa mamluk beylari yoppasiga qirib tashlangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil